O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§.MBBT va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə126/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

9.2-§.MBBT va uning tarkibiy qismlari


Ob’yektlarni sinflapga ajratish deyilganda, barcha ob’yektlar to’plamini birorta norasmiy belgi (alomati) bo’yicha qism to’plamlarga ajratishni tuShunamiz. MB ni ko’pligini hisobga olib, uni sinflarga ajratish belgilari xilma – xil. Hozirgi kunda MB ni quyidagi sinflari ko’p ishlatiladi:

  1. MB ma’lumottasvirlash shakliga qarab: video, audio, Multimedia guruhlariga ajratish mumkin.

  2. Video MB MA’LUMOTLARINI ko’rinishiga qarab o’z navbatida matnli va grafik tasvirli bo’ladi.

  3. Matnli MB ma’lumot strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo’linadi.

  4. Strukturalashgan MB o’z navbatida ma’lumotmodeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyatsion, ob’yektli relyatsion, ob’yektga yo’naltirilgan MB ga bo’linadi. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari strategik va dinamik Shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo’linadi. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko’p foydalanuvchili MBga bo’lamiz va ular ma’lumotsaqlanishiga qarab operatsion va analitik bo’ladi.

Sanab o’tilgan guruhlardan tashqari iqtisodiy nuqtai nazardan pulli va pulsiz MB ga bo’linadi. Shuningdek, murojaat qilish darajasiga qarab: ommabop va murojaati cheklangan MB ga bo’linadi.

9.3-§. MB ni mantiqiy va fizik tasvirlash.


Ma’lumot tavsiflash va ular orasidagi munosabat aloqalar o’rnatish 2 xil bo’ladi:

  1. Logik yoki mantiqiy;

  2. Fizik;

Fizik tasvirlashda ma’lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi. Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan ma’lumot tasvirlash ko’rinishi tushuniladi.

Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini qanday bo’lishini (qurilishi) o’rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, amerika standartlashtirish kommiteti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo’lib chiqdi.

1. Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o’zini ma’lumotlartasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o’ziga kerakli zarur bo’lgan ma’lumotko’radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo’yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi ma’lumotishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma’lumotlarxodimlar bo’limi qism tizimida ishlatiladi.


2. Kontseptual bosqich – markaziy boshqarish zvenosi bo’lib, bunda MB eng umumiy holda tasvirlanib, u Shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma’lumotqamrab oladi. Umuman kontseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob’yektlarning muhim xossalarini akslantiradi.
3. Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma’lumot tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma’lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta’minlab beradi.
Mantiqiy mustaqillik bitta ilovani o’zgartirishni, Shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o’zgartirmasdan amalga oshirishni bildiradi.
Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma’lumotbir qattiq diskdan boshqasiga ko’chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o’tkazishni bildiradi.
MBBT ni tarkibi.
MBBT Shunday programma qobig’iki, uning yordamida jadvallarni strukturasi, jadvallar orasidagi bog’lanish, jadvallarni ma’lumotlar bilan to’ldirgandan keyin, uning yordamida MB yaratiladigan programma vositasidir. Shu munosabat bilan MBBT bir qancha tarkibiy qismlardan iborat.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə