O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə158/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Protokol nomi

Protokol nimaga dostup berishi mumkinligi

http://

HTTP (veb) serverlariga

https://

Shifrlangan ba’zi bir HTTP (Web) serverlarga

file://

Foydalanuvchi qattiq diskidagi fayllarga

ftp://

FTP server fayllariga

gopher://

Gopher menyu va fayllariga

news://

Usenet yangiliklar serverlari gruppasiga

news:

Aniq Usenet yangiliklar gruppasiga

mailto:

Aniq elektron pochta adresiga

telnet:

Telnet udalen serveriga

XML (eXtensible Markup Language).


XML tili ham HTML tiliga o’xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni Shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlarjoylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi. HTML teglari hujjatni ekranda ko’rinishini ifodalaydi. XML teglari hujjatdagi ma’lumottavsiflash uchun ishlatiladi. Undan tashqari XML yordamida yangi teglarni yaratish mumkin. XMLda ma’lumotlarto’zilmaviy holda saqlanadi. XML asosan ma’lumotlaralmashinuvida ko’p ishlatiladi, chunki XML platformadan mustaqil bo’lib, HTTP orqali ishlashi juda qulay.
XHTML
XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brao’zerlarda push-kanal hosil qilishda qo’llaniladi.
CMS haqida
Har qanday sayt HTML (HyperText Markup Language), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig’indisidan iborat bo’ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.
Internet tarmog’i endigina rivojlana boshlagan va ilk saytlar yaratila boshlanga vaqtlarda barcha web saytlar to’liq HTML kodlar asosida yaratilgan. Bunday saytlar sahifalarida ko’rish orqali ma‘lumotga ega bo’lishdan boshqa hech qanday amaliyot bajarishning imkoni bo’lmagan. Shuning uchun to’liq HTML yordamida tashkil etilgan saytlar foydalanuvchilarga faqat ma’lumotberish, ya’ni ma’lumotko’rsatib berish imkoniyati bilan cheklangan.
Bugungi kunda saytlar orqali faqat ma’lumotolish bilan cheklanib qolmaysiz. Hozirgi zamonaviy saytlarda ma’lumotolish bilan bir qatorda berilgan ma‘lumotni tahrirlashingiz (masalan, Wikipedia), yangi ma’lumotqo’shishingiz (masalan, saytlarda fikr bildirish – Comment), bir turdagi ma‘lumotni o’zatib, online tizimda boshqa bir turdagi ba’lumot shaklida qabul qilib olish (masalan, video fayllarni online tizimda mp3 formatiga o’tkazish), soni cheklanmagan foydalanuvchilarning bir vaqtning o’zida online muloqotga kirishish (masalan, chat) va boshqa interaktiv amaliyotlarni bajarishingiz mumkin. Bu, o’z navbatida, faqat HTML ishlatilgan zamonga nisbatan hozirgi paytda internetda saytlarning yaratilishi sezilarli rivojlanganligini bildiradi.
Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, HTML yoki boshqa biror murakkab web dasturlash tilini bilishingiz majburiy emas. Hatto birorta ham kodni yoza olmasangiz ham zamonaviyligi, dizayni, murakkab amaliyotlarni bajara olishi jihatlaridan zamon talablariga to’la javob bera oladigan sayt yarata olish imkoniyatiga egasiz. Bunda Sizga CMS yordam beradi!
CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu maxsus web dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi web dastur, huddi kompyuterlar uchun mo’ljallangan dasturlar singari, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotyig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o’rnatish jarayonining nihoyasida Siz kiritgan MA’LUMOTLARda tayangan, o’zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.
Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko’pchilik saytlarning asosi hisoblangan CMS dasturlarini keltirib o’tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko’p foydalaniladigan, asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana ko’plab dasturlar mavjud.
1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlarkiritib boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS Shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishmoqda. WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun millionlab shablonlar (sayt ko’rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik qo’shimchalar) yaratilgan.
2. Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz mumkin. Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, “extension” (kengaytma, plagin)lar yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik dasturni qo’shishingiz kifoya!
3. Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.


11.2-§. Web sayt yaratish texnalogiyasi.


Web-sahifa, Web-sayt, Web-server
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlash zarur:
1. Web-sahifa;
2. Web-sayt;
3. Web-server.
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o’z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo’yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.
Web-sahifa - o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brao’zer) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlarbirlashmasi - multimediyali h ujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojatlar kirishi mumkin.
Web-sayt - bir qancha Web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server - tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan Web- serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. Web-serverlar ma’lumotlarbazalari va multimediyali ma’lumotbir biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server tehnologiyalari ishlatiladi.
Web-texnologiya klassifikastiyasi (10-rasm).

(10-rasm).
Web-tehnologiyani asosini quyidagi ikkita tushuncha tashkil qiladi:

  1. Axborotni statik tasvirlash;

  2. Interfaol o’zaro aloqa.

Axborotni statik tasvirlash. Ma’lumotlarsegmentida joylashgan ma’lumotlarstatik ma’lumotlardeb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo’yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o’zgarmay qoladi. To’plamdagi xotira esa ish­lash davomida to’ldirib boriladi va zarur bo’lgan paytda bu xotira bo’shatib qo’yilishi mumkin.
Razmetkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlarWeb-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotjoylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini, interfaol o’zaro aloqa qismini ham asosan ikkita qismga ajratish mumkin:

  1. klient tomonidagi dasturlarlash (client-side);

  2. server tomonidagi (server-side).

Klient tomonidagi sstenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotto’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu sstenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.
Server tomonida bajarilishi kerak bo’lgan sstenariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi.
Ssenariyli tillar. "Klient-server" texnologiyasi
Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog’onasiga chiqqan. Web-saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o’xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda. Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: klient tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu texnologiyalarni tuShunish uchun avvalo bevosita "klient-server" texnologiyasini tuShunish kerak.
Web-sahifaning interaktiv dasturi senariy deb ataladi.
Bunday atama dasturning natijasiga bog’liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifasida foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir. Shu tariqa sstenariylar klient tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi sstenariylarga bo’linadi. Klient tomonida bajariluvchi sstenariylar brao’zer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi sstenariylar esa Web-server yordamida bajariladi.
Klient tomonidagi sstenariylar.
Klient tomonidagi sstenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotto’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu sstenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə