O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə155/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

:
bu HTTP, FTP va Gopher lardir.
faylning o’zokdagi kompyuter fayl sistemasidagi to’liq manzilini aniqlaydi.
Bu sxemaning ko’plab foydalanuvchilarga tanish bo’lgan boshqacha tasviri Shunday ko’rinishga ega.
Bog’lanish sxemasi: //mashina nomi/domen nomi/faylning to’liq nomi. Bog’lanish sxemasi nomi Internet kompyuter adresi bilan ikkita qiya chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta qiya chiziq bilan faylning to’liq nomi bilan ajratiladi. Ko’pchilik xollarda URL HTTP, FTP va Gopheraap ko’rsatgan ko’rinishga ega. URL ni batafsilrok tuShunish uchun real misoldan foydalanamiz
HTTP:// www. youthcenter. com /index.html
Bu URL adres tarkibiy qismlarini ko’rib chikaylik: HTTP resursdan foydalanishda gipertekst (HuperTeht Transfer Protocol) protokoli ishlatilyapti.
www. youthcenter. Com
Ushbu ma’lumotjoylashgan Internet saxifa nomi index.html faylning kompyuterdagi tula nomi. Ko’pchilik WWW saxifalar nomlanishi Shu sxemaga mos keladi. E`tibor bergan bo’lsangiz, ba`zan HTTP, FTP yoki gopher tipidagi resurslarga murojaat qilinganda, faylning to’liq nomi bitta kiyshik chiziq bilan tugallanadi. Bu aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etilganda sodir bo’ladi. Bu adresga murojaat qilinganda, kompyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni beradi. HTTP ningstandart indeksli fayli odatda index.html (yoki index. htm) deb ataladi. Shu bilan birga u yana home.html, homepage.html, welcome.html yoki deaulthtml deb atalishi mumkin.1997 yildan boshlab O’zbekistonda Internet Provayderlar xizmat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 40 dan ziyod Internet provayderlar ishlamoqda. Ba‘zi provayderlarning nomi va saxifa manzilini kuyida keltiramiz.
Provayder: Internetga bog’lanishni, o’zatilgan elektron pochtani etkazishni va saqlashni ta‘minlaydi. Bog’lanish uchun zarur narsalar bilan ta‘minlashi, sistemani sozlash bilan bog’liq to’liq ko’rsatmalar berishi shart. Internetga bog’lanish uchun oldin serverga so’ngra butun dunyoga bog’lanish mumkin Internet Provayderni tanlash bo’yicha maslaxatlar Internet tezligi va sifati Provayderga bog’lik. Shuning uchun Provayderni ganlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofik.
• Qaysi tarmoqlar bilan ma’lumotalmashadi, tarmog’ning ma‘lumotni utkaza olish kobiliyati.
• FTP imkoniyatining berilishi.
Aloqa tezligi va sifati, modemga telefon qila olish kobiliyati, provayder modemi turi (bir xil korxona modemlari muntazam aloqani o’rnatadi).
• Texnik xizmat ko’rsatilishi.
Modem: Internetda yaxshi ishlash uchun modem (moduyator-demodulyator) ning tezligi katta bo’lishi kerak. Eng kaimda ma’lumoto’zatish va qabo’l qilish tezligi 28,8 Kb/sek. bo’lishi shart. Modem ishlab chiqaruvchi firmalar ichida eng ommabopi bu US Robotis bo’lib ikki xil: Sportster-havaskorlar uchun va Courier-professionallar uchun modemlarini ishlab chiqadi. Modemlar ikki tipda ichki va tashqi bo’ladi. Tashqi modem SOM porti orqali ulanadi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə