O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə157/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Nazorat savollari:


  1. Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot bering.

  2. Lokal tarmoq deb nimaga aytiladi?

  3. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi?

  4. Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushuncha va atamalari?

  5. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX).

  6. Global kompyuter tarmoqlari deb nimaga aytiladi?

  7. Ishchi stantsiya deganda nima tuShuniladi?

  8. Internet xalqaro tarmog’i haqida ma’lumotbering?

  9. Internetga qanday ulanish usullari mavjud?

  10. Internetda adres tushunchasi va uning turlari?

  11. Internetga ishlash qanday amalga oshiriladi?


XI BOB. WEB SAYTLAR YARATISHGA YO’NALTIRILGAN DASTURIY TA‘MINOTLAR.

11.1-§. HTML (HyperText Markup Language).


HTML (HyperText Markup Language) maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlarWeb-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotjoylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotva HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlaro’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlarva boshqalarni oladi.
Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotformatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brao’zer oynasida ma’lumotlarturlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotjoylashtirish va tahrirlash uchun yo’zlab teglar mavjud. Butunjaxon o’rgimchak to’rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma’lum qismi Shunday ajratiladiki, natijada o’sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki saxifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo’lmasa, ma‘lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.
Har bir Web-saxifa o’zida bir nechta gipermatn yoki gipermurojaatlarni mujassam etishi mumkin. Gipermurojaatlar Web-saytlar bo’ylab harakatning asosi hisoblanadi. Murojaatni tanlaganda foydalanuvchi brao’zer oynasiga yuklanuvchi yoki yordamchi programmani ishga tuShuruvchi URL bilan bog’langan adresga «tushib» qoladi. Ba’zan gipermurojaat natijasi e-mail yoki FTP serverga yo’llanma beruvchi yangi Web-saxifani ochilishiga olib keladi.Foydalanuvchi murojaatni tanlab olishi uchun Web-dizayner uni yaratishi kerak.
Gipermurojaat yaratish uchun (anchor, yakor) elementidan foydalaniladi. U o’zida yo’llanma beruvchi URL adresni ko’rsatuvchi href atributi bilan to’ldiriladi. Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak. Gipermurojaat yaratish uchun (anchor, yakor) elementidan foydalaniladi. U o’zida yo’llanma beruvchi URL adresni ko’rsatuvchi href atributi bilan to’ldiriladi. Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak.
Gipermurojaatni yaratishda agar Internetdagi xizmat yoki adresdan foydalanmoqchi bo’lsak albatta uning to’liq adresini ko’rsatish shart. Agar o’zimizda bor bo’lgan Web-saxifalardan gipermurojatlar yaratmoqchi bo’lsak ba’zi bir ishni osonlashtiruvchi xolatlar mavjud.

(6-rasm)
(1) ning adresi : "Service/service.HTML"
Asosiy papkadan ixtiyoriy ichki papkadagi veb-saxifaga murojaat : "Papka_nomi/fayl_nomi.HTML" ko’rinishda beriladi.
(2) ning adresi : "../index.HTML"
Ixtiyoriy ichki papkadan asosiy papkadagi asosiy Web-saxifaga murojaat: "../asosiy_fayl.HTML" ko’rinishda beriladi.
(3) ning adresi : "Tovar2.HTML"
Bir papkadagi veb-saxifalardan bir-biriga murojaat : "fayl_nomi.HTML" ko’rinishda beriladi
Internet xizmatlarining ko’pchiligiga dostup (ruxsat, yo’l) adresastiya sxemasi (URL) yordamida qiziqtirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini beradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o’zining format adresiga ega. URL dan foydalanib, Web-brao’zerlar yordamida ixtiyoriy hujjat va xizmatlarga dostup olish mumkin. URL quyidagi tartibda yoziladi:
Protokol://internet_adres /yo’l /fayl_nomi.kengaytma yoki Protokol://internet_adres
URL ga misol:http://www.microsoft.com/windows/index.html
Bu erda:http://-protokol;
www.microsoft.com – internet_adres (Microsoft kompaniyasining Web- serverining nomi)/
windows/ - yo’l
Index - fayl_nomi
Html - kengaytma
11.1-jadval. URL da qo’llaniladigan protokollar ro’yxati.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə