O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə84/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Format

Kengaytmasi

Eslatma



Excel ish kitobi

.xlsx

Excel 2007ning standart ish kitobi formati. Makroslardan holi. XML-hujjatlarning siqilgan ZIP-arxividir.

Makrosli Excel ish kitobi

.xlsm

Makroslarni qoʻllay olishi bilan farqlanadi

Ikkilik Excel ish kitobi

.xlsb

Makroslarni qoʻllay oluvchi va ma’lumotikkilik formatda saqlovchi Excel ish kitobi. Hujjatlarni XMLga nisbatan tez ochadi.

Makrosli Excel andazasi

.xltm

Ishchi kitoblar uchun andaza sifatida yaratilgan va makroslarni qoʻllay oladi. Eski. xlt formatni oʻrniga.

Ustqurma Excel

.xlam

Excelga qoʻshimcha funksional imkoniyatlar va vositalar qoʻshish uchun moʻljallangan.

MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma’lumotlarjadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma‘lum qismiga boshlangʻich va birlamchi ma’lumotlarkiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlangʻich ma’lumotlarustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotkiritish mumkin:



Matnli ma’lumotlarsarlavha, belgi, izohlarni o’z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin Shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana Shu yacheykada hosil boʻladi. Agar Shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlarboʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. EXCELning asosiy ishlov berish ob`yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya’nielektron jadval hisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə