O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə82/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Nazorat savollar.


1. Matn muharrriri tarixini aytib bering?
2. Word matn taxrirlagichini asosiy grafik funksiyalari nimalardan iborat?
3. Rasmlarni yaratish va ularni o’rniga qo’yish qanday amalga oshiriladi?
4. Matnni taxrirlashning asosiy boskichlarini aytib bering.
5. WORD matn muharriri qanday imkoniyatlarga ega?
6. WORD matn muharririni ishga tushirish usullarini aytib bering.
7. WORD interfeysi oynasining to’zilishini aytib bering.
8. Uujjatlarni chop etish qanday amalini tuShuntirib berring?
9. Matnni bichimlash (formati) deganda nimani tuShunasiz?
10. Bichimlash buyruqlari qaysi menyuda joylashgan?
11. «Шрифт» buyruqining «Шрифт», «Интервал» va «Анимация» qismlarini tuShuntirib bering.
12. «Абзац» buyruqi yordamida qanday ishlar bajariladi?
13. Xujjatning ma’lum bo’lagi qanday chop etiladi?
14. Word matn taxrirlagichini asosiy «Таблица» funksiyalari nimalardan iborat?
15. Jadvallarni yaratish va ularga qo’shish, olib tashlash qanday amalga oshiriladi?
16. Word matn taxrirlagichini asosiy «Файл» menyusi nimalardan iborat?
17. Найти va Заменить amallari qanday amalga oshiriladi?

VII BOB. SONLI MA’LUMOT QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI. MICROSOFT EXCEL JADVAL MUHARRIRINING KENG IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH.

7.1-§.Elekrton jadval.


Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumot saqlash va qayta ishlashga mo’ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o’lchovli massivlar (ko’pincha ish varaqlari deb ataladi) bo’lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko’rinishdagi diagrammalarni ko’rish, murakkab iqtisodiy tahlil o’tkazish, turli xo’jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin va x.k.
Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:
- elektron jadvallarni yaratish va tahrir qilish;
- elektron jadvallarni bezash va chop etish;
- formulalar orqali bolangan ko’p jadvalli funksiyalar yaratish;
- diagrammalarni ko’rish, ularni o’zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;
- elektron jadvallar bilan ma’lumotbazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumotlarni so’rovga muvofiq tanlash;
- jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish;
- jadvallar ko’rinishida tashqi ma’lumotbazasi ma’lumotlaridan foydalanish;
- «nima-agar» ko’rinishidagi iqtisodiy masalalarning параметрlarini birma-bir tanlash yo’li bilan yechish;
- optimizatsiya masalalarini yechish
- ma’lumotstatistik qayta ishlash;
- slayd-shou yaratish;
- makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va h.k.
Jadval protsessorlari asosan bajaradigan funksiyalari to’plami va interfeysning qulayligiga ko’ra farqlanadi. Shuning uchun faqat keng tarqalgan dasturiy mahsulotlarni ko’rib chiqamiz.
PC Data of Reston firmasini ba’olashiga ko’ra, personal kompyuterlar uchun eng ommaviy bo’lgan Excel (Microsoft firmasi), Lotus 1-2-3 (Lotus Development firmasi) elektron jadvallari va Quattro Pro (Word Perfect – Novell Aplications Group firmasi) jadval protsessorlaridir.
Agar 1982 yili yaratilgan Lotus 1-2-3 elektron jadvali elektron jadval yaratuvchilar uchun etalon bo’lgan bo’lsa, hozirda paytda u o’zining peshqadam o’rnini yo’qotdi. «Home PS» jurnali labaratoriyasining o’tkazgan testi natijalari Excelning ko’p параметрlari bo’yicha yaqqol ustunligini ko’rsatdi. Lotus 1-2-3 ning yagona ustunligi – uning ishlashi ishlash tezligi, lekin u ham sezilarli emas. Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo’nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar tomondan turlicha aniqlangan.
Microsoft firmasi Excelning funksional vositalari to’plamini yaxshilashga asosiy e’tiborning qaratgan va bunda Shubhasiz uning mahsuloti boshqa elektron jadvallar orasida peshqadamlik qiladi. Excelda ko’p funksiyalar boshqa elektron jadvallarga qaraganda mukammal ishlangan. Masalan o’zaro tutashtiruvchi jadvallar yaratish dasturlari Lotus 1-2-3 da Exceldagi «Master svodnqx tablis» kabi mukammal emas. Bundan tashqari Excelda massivlarni ishlatish imkoni - ko’p masalalarni yechishda samarali, formulali yechimni ta‘minlaydi. Formulalar va funksiyalarda diapazonlar nomini qo’llash esa jadvallar bilan ishlashda katta qulaylik yaratadi.
Lotus firmasi asosiy kuchini gururli ishlash vositalarini yaratishga yo’naltirdi va bunda yaqqol o’zib ketdi. Lotus 1-2-3 paketining 4.0 versiyasi «nima-agar» tamoyili bo’yicha modellashtirish uchun Version Manager bilan to’ldirildi, 5.0 versiyasi esa marShurutlashtirish va Notes aloqa vositalari bilan to’ldirildi. Bu esa boshqa paketlarda yaratish mumkin bo’lmagan amaliy dasturlarni yaratish imkoninni beradi. Lotus 1-2-3 bir qator kuchli tomonlarga egaki, bunda grafiklar yaratish va tahrirlashning soddaligini hamda uch o’lchovli jadvallarning o’ta mantiqiy to’zilishini kiritish mumkin. Yana jadvallar bilan guruhli ishlashni takomillashtirish ko’zda tutilmoqda: Team Consolidate foydalanuvchilar gururiga elektron jadval nusxasini taxrir qilish va keyin uni birlashtirish imkonini yaratadi. Paketning Windows 95 versiyasi uchun Lotus Script dasturlash tili ham qo’shiladi.
Quattro Pro paketi test natijasida yetarli darajada yuqori ba’o oldi, lekin paketning xech bir xususiyati o’ziga katta e’tiborni tortmadi. Eng jozibali tomoni ma’lumotsaralash imkoniyati va foydalanishning qulayligi bo’lib, u Excelda ham juda ajoyib amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda Quattro Proning grafik imkoniyatlarini o’zlashtirishda murakkabliklar, yordamchi ma’lumothajmining yetarli emasligi ko’zatildi.
Hozirgi paytda elektron jadvallar bozorida yo’zaga kelgan vaziyatga ko’ra yagona karvonboshi Microsoft firmasi bo’lib, elektron jadvallardan foydalanuvchilarning 80%i Excelni afzal ko’radi. Mahsulot sotish ‘ajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda Lotus 1-2-3, keyin esa Quattro Prohisoblanadi Boshqa elektron jadvallar masalan SuperCalc ulushi juda oz.


7.2-§. Excel elektron jadval dasturi tarixi va versiyalari.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə