O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§. Excel formulalar va formulalar yordamchisi bilan ishlash



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə88/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

7.5-§. Excel formulalar va formulalar yordamchisi bilan ishlash.


Jadvallarda har hil funksiya va formulalarni ishlatish mumkin. Ularni yozishdan avval = belgisini qo’yishingiz kerak. Funksiyalarda + (qo’shish), - (ayirish), *(ko’paytirish), /(bo’lish), ^(darajaga kutarish) belgilarini ishlatishin-giz mumkin. Formulalarda xonalar nomi faqat lotin harflar bilan berilishi shart. Masalan agar A1 va V12 xonalardagi sonlarni bir biriga qo’shish kerak bo’lsa u holda formulamiz quyidagicha bo’ladi: =A1+V12
Asosiy funksiyalar:
МИН (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish
МАКС (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish
СРЗНАЧ (xonalar) xonalardagi sonlarni o’rtachasini topish
СУММ (xonalar) xonalardagi sonlarni ygindisini topish
ЕСЛИ (shart, to’g’ri, noto’g’ri) shart bo’yicha amalni bajarish
СЧЁТЗ (xonalar) bo’sh bo’lmagan xonalar sonini aniqlash
СЧЁТЕСЛИ (xonalar, shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniqlash
СЕГОДНЯ ( ) bugungi kunni qo’yish
СТЕПЕНЬ(son, daraja) ko’rsatilgan sonni kerakli darajaga kutarish
ЗНАК(xona) ko’rsatilgan xona ichidagi malumatlar ishorasini aniqlash
CОС(son) ko’rsatilgan sonni kosinusini aniqlash
СИН(son) ko’rsatilgan sonni sinsini aniqlash
Formulalarda bir nechta xonalar ko’rsatilgandap ular o’rtasidagi : belgi "dan gacha" ma’noni bildiradi. Shu bilan birga ; belgisi esa "bilan" ma’noni bildiradi.
Masalan: =СУММ(A1:F11) bu A1 dan F11 gacha to’rtburchak soxadadagi ma’lumotlarsummasini topish ma’noni bildiradi.
=СУММ(A11;C15) bu A11 va C15 xonalardagi sonlar summasini topish ma’noni bildiradi.
Xonalarni sichqoncha yordamida ko’rganimizda SHIFT tugma bilan tanlanganlar "dan gacha", CTRL bilan esa "va" ma’nosini bildiradi. Formulalarda kushtirnok «» ichida yozilgan mantlar o’zgartirilmasdan ekranda chiqariladi.
Masalan: =ЕСЛИ(A1=5, "A’lo", "A’lo emas" ) bu agar A1 xonadagi son 5 ga teng bo’lsa u holda formula xonasida "a’lo" so’zi yoziladi, aks holda esa "a’lo emas" so’zi yozilish ma’nosini bildiradi.
Formula bor xonani avtoro’yxat bilan to’ldirganimizda ichidagi formula o’zgarish satri yoki usto’nga qarab o’zgaradi.
Masalan: Agar =ЕСЛИ(A1=5, "A’lo", "A’lo emas" ) formulasi bor xonani pastka avtoro’yxat bilan yo’li bilan to’ldirsak, u holda pastki xonada bu formula =ЕСЛИ(A2=5, "A’lo", "A’lo emas" ) ga o’zgaradi. Agar uni o’ng tomonga to’ldirsak u holda o’ng tomondagi xona formulasi =ЕСЛИ(B1=5, "A’lo", "A’lo emas" ) ga o’zgaradi.
Agar sizga avtoto’ldirish yoki nusxa olish natijasida hosil bo’lgan formulada biror bir xona nomi o’zgarmas bo’lishi kerak bo’lsa, u holda uning nomi oldida $ belgisini qo’yishingiz kerak.
Masalan: =ЕСЛИ ($A$2=5, "A’lo", "A’lo emas" ) formulada A2 xona nomi o’zgarmas. Agar $A$2 urniga $A2 u holda faqat satr nomeri o’zgaruvchan, agar esa $A$2 urniga A$2 bo’lsa u holda faqat ustun nomi o’zgaruvchan bo’ladi.

7.3-rasm. Funksiyalar bilan ishlash bo’limi.

Formulalar bilan ishlashda bizga yordam beruvchi va qulayliklar yaratuvchi Excel formulalar masterini (yordamchisini) ishga tushirish uchun yordamchi asboblar (tugmalar) satrida joylashgantugmani bosishimiz kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi hosil qilinadi.



7.4-rasm. Funksiya qo’yish oynasi.
Ushbu oynada formula yaratishning birinchi qadamda biz formula yoki funksiyani tanlashimiz kerak. КАТЕГОРИЯ nomli berk ro’yxatda kerakli formulalar guruhini tanlaymiz:
1) 10 недавно использовавшихся - 10 oxirgi ishlatilgan formulalar
2) полный альфавитный перечень - alfavit bo’yicha formulalarning to’liq ro’yxati
3) финансовые - iqtisodiy formulalar ro’yxati
4) дата и время - vaqt va sana bilan ishlash formulalar
5) математические - matematik formulalar
6) статистические - statistik formulalar
7) ссылки и масивы - giperyo’llanmalar va massivlar bilan ishlash formulalar.
8) работа с базой данных - ma’lumotlarombori bilan ishlash formulalar
9) текстовые - matn bilan ishlash formulalar
10) логические - mantiqiy formulalar
11) проверка свойств и значений - xonalar ichidagi ma’lumottekshiruvchi formulalar.
Formula tanlangandan keyin oynaning pastki qismida Shu formulaning ma’nosi yoki yordamchi ma’lumotlarchiqariladi. Birinchi qadam bajarilgandan keyin ikkinchi qadamga utamiz.

7.5-rasm. Mantiqqiy funksiya (ЕСЛИ) qo’yish oynasi.
Ushbu qadamda quyidagi oyna hosil qilinadi. Ushbu oynada formulaning elementlarini ko’rsatishimiz kerak. Ularni klaviaturadan yoki sichqoncha yordamida ko’rsatishimiz mumkin. Sichqonchadan foydalanish uchun ma’lumotlarkiritish soxasining o’ng tomondagi tugmaga bosamiz natijada dialog oyna kichkinalashtirilib siz sichqoncha yordamida ish soxaning ixtiyoriy xonani tanlashingiz mumkin. Xona tanlangandan keyin yana Shu tugmani bosib formula yordamchisi bilan ishlashni davom etishingiz mumkin. Formula tayyor bo’lgandan keyin OK tugmani bosishimiz kerak.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə