O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§. Excelda formula va funksiyalar bilan ishlash



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə89/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

7.6-§. Excelda formula va funksiyalar bilan ishlash


Formula – bu bir katakning qiymatni hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud. Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan.

Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z ichiga olgan.

Formula kiritish: Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.

  1. Bir katakni belgilang.

  2. Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.

  3. Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.


Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang.
4. A1 katakning qiymatni 3 ga o’zgartiring.

Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatni qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri!
Formulani tahrirlash: Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar qatorida ko’rsatadi.

1. Formulani tahrirlash uchun, formulalar qatoriga bosing va formulani o’zgartiring.

2. Enter tugmasini bosing.
Amallar tartibi: Excel odatdagi standart tartib bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar formulaning biror qismi qavs ichida bo’lsa, o’sha qism avval hisoblanadi. Keyin ko’paytirish va bo’lish amallarini bajaradi. Ular tugagandan so’ng, formuladagi qo’shish va ayirishni bajaradi. Quyidagi misolga qarang.

Dastlab, Excel ko’paytirishni bajaradi (A1 * A2). Keyin, A3 ning qiymatni chiqqan natijaga qo’shadi. Boshqa bir misol:

Excel avval, qavs ichidagilarni hisoblaydi. Keyin, chiqqan natijani A1 katakning qiymatiga ko’paytiradi.
Formuladan Nusxa olish/Qo’yish: Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa ko’chirilgan katakka mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib chiqadi. Buni tuShunish uchun quyidagilarni bajaring.
1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting.

2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki CTRL + c)ni bosing…

…so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’ (Параметры вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing.

2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning pastki o’ng burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan bir xil natijani beradi!

Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə