O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə134/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

«Mijoz – server» arxitekturasi quyidagicha qurilgan:

  1. Ma’lumotlarbazasi fayllar to’plami shaklida maxsus kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi.

  2. MBBT ham taromq serverida joylashadi.

  3. Mijoz kompyuterlaridan iborat bo’lgan lokal tarmoq mavjud bo’lib, har bir kompyuterda MB bilan ishlovchi mjoz dasturi o’rnatilgan.

  4. Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ma’lumottanlash/yangilash uchun serverdagi MB ga murojat qiladi. Murojat qilish uchun maxsus SQL so’rovlar tili ishlatiladi, ya’ni serverga faqat so’rov teksti jo’natiladi.

  5. MBBT da serverdagi MB ning fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotlarsaqlanadi.

  6. MBBT serverdagi MA’LUMOTLARga murojatni qayd qiladi va serverda ma’lumotqayta ishlash amallari bajariladi va natija mijoz kompyuteriga yuboriladi. Shu tarzda MBBT natijalarni mijoz dasturiga yuboradi..

  7. Dastur esa o’zidagi foydalanuvchi interfeysi yordamida natijalarni tasvirlab beradi.

Bajariladigan fnunktsiyalar server va mijoz o’rtasida qanday taqsimlanganini kurib chiqamiz
mijoz dasturi funksiyalari:

  1. So’rovlarni serverga jo’natish.

  2. Serverdan olingan so’rov natijalarini talqin qilish.

  3. Natijalarni biror shaklda foydalanuchiga ko’rsatish (foydalanuvchi interfeysi).

Server funksiyalari:

  1. Mijoz –dasturlardan so’rovlarni qabul qilish.

  2. So’rovlarni talqin qilish.

  3. MB ga so’rovlarni optimallashtirish va bajarish.

  4. Natijalarni mijoz-dasturga jo’natish.

  5. Xavfsizlik tizimini va murojatnichegaralash.

  6. MB butunligini boshqarish.

  7. Ko’p foydalanuvchili ish rejimi stabilligini ta’minlash.

«Sanoat» MBBT lari «mijoz – server» arxitekturasiga asoslanadi. Sanoat MBBT lari deb atalashiga sabab, aynan Shu tipdagi MBBT lar o’rta va yirik masshtabli korxona, tashkilot va banklarning axborot tizimlarining faoliyatini ta’minlab beradi. Sanoat MBBT lariga MS SQL Server, Oracle, Gupta, Informix, Sybase, , DB2, InterBase va boshqalar misol bo’ladi [2].
Qoidaga ko’ra, SQL – serverga bitta xodim yoki xodimlar guruhi (SQL – server administratori) tomonidan xizmat ko’satiladi. Ular ma’lumotlarbazasini fizik harakteristkalarini boshqaradi, MB turli komponentlarini rostlaydi va qayta aniqlaydi, optimallashtiradi, yangi MB lar yaratadi, mavjud MB larni o’zgartiradi, hamda turli foydalanuvchilar vakolatlarini belgilaydi [2].
Bu arxitekturaning “fayl-server” arxitekturaga nisbatan afzalliklarini ko’rib chiqamiz:

  1. Tarmoq trafiki keskin kamayadi.

  2. Mijoz dasturlarining murakkabligi kamayadi (asosiy yuklama server qismiga beriladi), buning natijasida mijoz kompyuterlarining apparat quvvatlariga bo’lgan talab pasayadi.

  3. Maxsus dasturiy vosita -– SQL-serverni mavjudligi – loyixaviy va dasturlash masalasining kattagina qismi yechiladi.

  4. MB butunligi va xavfsizligi oshadi.

Bu arxitekturaning kamchiligi sifatida apparat va dastriy ta’minot uchun, hamda turli joylardagi ko’p sonli mijoz kompyuterlardagi mijoz-dasturlarni yangilash uchun zarur bo’ladigan yuqori moliyaviy harajatni aytish mumkin. Shunga qaramasdan “mijoz-server” arxitekturasi amalda o’zini oqladi va hozirgi paytda joriy arxitektura asosidagi ko’pgina MB lar mavjud va ishlatilmoqda.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə