O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə133/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Ilova serveri modeli. Ilova sereverini saqlovchi protseduralar yordamida ham tashkil qilish mumkin, lekin ularni amalga oshirish uchun yuqori bosqichli tillar ishlatiladi (masalan, ORACLE – PL/SQL tili). Shuning uchun ilovalar ko’p resurslar talab qiluvchi (ресурсоeмкими) Shu bilan birga bu tillarning imkoniyatlari cheklangan;ular yordamida ma’lumotlar“nozik” qayta ishlashni (masalan, bitlar darajasida) tashkil qilib bo’lmaydi.
Saqlanuvchi protseduralar taqsimlangan ifodalarni ta’minlamaydi, ya’ni Ular kerakli dasturlarni boshqa serverda avtomatikishga tuShurib berishni ta’minlamaydi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun, maxsus vositalar ishlab chiqilgan. Ular ko’pincha tranzaktsiya menedjrlari, tranzaktsiya monitorlari OLTP (ONLINE TRANSACTION PROCESSING) deb ataladi.
Markazlashgan arxitektura.
Ma’lumotlarbazasining ushbu texnologiyada MB, MBBT va dasturiy ta’minot (ilovalar) bitta kompyuterda (meynfreym yoki personal kompyuterda, 12.1-rasm) joylashgan. Bu usul uchun tarmoqni qo’llab – quvvatlash zarur emas va barcha vazifalar avtonom shaklda yuajarilgan. Ishlash tartibi va to’zilishi quyidagicha:

  1. Ma’lumotlarbazasi fayllar to’plami shaklida kompyuterning qattiq diskida joylashadi.

  2. Shu kompyuterning o’zida MBBT va MB bilan ishlovchi dastur ham o’rnatilgan bo’lgan.

  3. Foydalanuvchi dasturni ishga tushirgan va dasturdagi mavjud foydalanuvchi interfeysi yordamida ma’lumoto’qish/yangilash uchun MB ga murojat etgan.

  4. MB ga muroja MBBT orqali o’tgan va MBBT MB ni fizik strukturasi xaqidagi barcha ma’lumotlarsaqlangan..

  5. MBBT foydalanuvchi so’rovlarini bajarish uchun MA’LUMOTLARga murojatni ta’minlab (ma’lumotlarustida turli amallarni bajarish orqali) bergan.

  6. MBBT natijalarni ilovaga bergan.


  7. Ilova esa o’zida mavjud foydalanuvchi interfeysi yordamida so’rov natijasini tasvirlab bergan.

12.1-rasm. Markazlashgan arxitektura


Bunday arxitektura DB2, Oracle, Ingres MBBT larning birinchi versiyalarida qo’llanilgan [1]. Ko’p foydalanuvchilarni ishlash texnologiyasi yoki Multiprogrammalar rejimi yordamida (proqessor va tashqi qurilma baravar ishlagan - masalan, biror foydalanuvchining amaliy dasturi tashqi xotiradan ma‘lumotni o’qiyotgan bo’lsa, boshqa foydalanuvchi dasturi protsessor tomonidan bajarilgan) yoki vaqtni taqsimlash rejimi yordamida (foydalanuvchi dasturlari bajarilishi uchun vaqt kvantlari taqsimlab berilgan) amalga oshirilgan. Bunday texnologiya katta EXM lar (IBM-370, YeS-1045, YeS-1060) davrida keng qo’llanilgan. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi foydalanuvchilar soni oshishi bilan unumdorlikni keskin pasayishi bilan harakterlanadi.


Tarmoq va fayl serverli texnologiya ( «fayl-server» arxitektura).
Qo’yilgan masalalar murakkabligining oshishi, shaxsiy kompyuterlar va lokal hisoblash tarmoqlarining paydo bo’lishi yangi «fayl-server» arxitekturani paydo bo’lbishiga zamin yaratdi. Tarmoq orqali murojat qilish mumkin bo’lgan ma’lumotlarbazasining ushbu arxitekturasida tarmoqdagi bitta kompyuter server sifatida ajratilgan va unda ma’lumotlarbazasining fayllari joylashtirilgan[2]. Foydalanuvchilarning so’roviga mos holda fayllar fayl-serverdan foydalanuvchilarning ishchi stantsiyalariga o’zatilgan va u yerda ma’lumotqayta ishlash bilan bog’liq asosiy ishlar bajarilgan. Bunda markaziy server ma’lumotqayta ishlashda qatnashmasdan faqat fayllarni saqlovchi vazifasini bajargan (12.2 -rasm.).


Mijoz kompyuterlari

12.2-rasm. Arxitektura «fayl-server»


Bu texnologiyani ishlash tartibi Quyidagicha:



  1. Ma’lumotlarbazasi fayllar to’plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (fayl server) qattiq diskida joylashgan.

  2. Lokal tarmoq mavjud bo’lib, undagi har bir mijoz kompyuterida MBBT va MB bilan ishlash uchun dastur o’rnatilgan.

  3. Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega bo’lgan. Ular dasturdagi foydalanuvchi interfeysi yordamida ma’lumotlarbazasidagi ma’lumoto’qish/yangilash uchun so’rovlrni amalga oshirgan.

  4. MB bo’lgan barcha so’rovlar MBBT orqali amalga oshgan va MBBT o’zida fayl serverda joylashgan MB ni fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotsaqlagan.

  5. MBBT fayl serverda joylashgan MA’LUMOTLARga murojatni amalga oshiradi. Buning natijasida MB fayllarining bir qismi mijoz kompyuterga nusxalanadi va qayta ishlanadi. Natijada foydalanuvchi so’rovni bajarish ta’minlanadi (ma’lumotlarustidagi zarur amallar bajariladi).

  6. Zarur bo’lganda (ma’lumotlaro’zgartirilganda) MB ni yangilash maqsadida ma’lumotlarorqaga, ya’ni fayl-serverga o’zatiladi.

  7. MBBT natijalarni dasturga qaytaradi.

  8. Dastur foydalanuvchi interfeysi yordamida so’rov natijalarini tasvirlaydi.

Fayl-server” arxitekturasi yordamida dBase va Microsoft Access kabi mashhur stol MBBT lar yaratilgan. Adabiyotlarda [2] bu arxitekturaning quyidagi asosiy kamchiliklari ko’rsatiladi:

  1. Foydalanuvchilar bir vaqtda bitta ma‘lumotga murojaat etsa unumdorlik keskin pasayadi, chunki joriy ma’lumotbilan ishlayotgan foydalanuvchi o’z ishini tugatishini kutish zarur. Aks holda bir foydalanuvchi tomonidan kiritlgan o’zgartish ikkinchi foydalanuvchining amallari natijasida yo’qotilishi mumkin.

  2. MB ga murojaat etganda barcha hisoblash yuklamasi mijoz dasturi zimmasiga tushadi. CHunki jadvaldan ma’lumottanlash so’rovi beilganda MB ning to’lda jadvali mijoz mashinasiga nusxalanadi va tanlash mijox tomonda bajariladi. Shu tarzda mijoz kompyuteri va taromqning resurslari nooptimal tarzda sarflanadi. Natijada tarmoq trafigi ko’payadi va foydalanuvchilar kompyuterlarining apparat quvvatiga bo’lgan talablar ham oshadi.

  3. Qoidaga ko’ra, alohida yozuvlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan navigatsion yondoShuv qo’laniladi.

  4. Fayl-serverdagi MB ning alohida jadvallariga dasturdan foydalanmasdan instrumentlar vositasi yordamida o’zgartishlar kiritish juda oson (masalan, Paradox va dBase fayllariga Borland firmasining Database Desktop utiliti yordamida); bu imkoniyat yana Shunisi bilan osonlashadi, bunday MBBT larda ma’lumotlarbazasi tushunchasi fizik emas ko’proq mantiqiy tushuncha hisoblanadi. CHunki ularda ma’lumotlarbazasi deganda diskning alohida kataloglarida joylashgan alohida jadvallar to’plami tuShuniladi. Bularning barchasi xavfsizlikni past darajsini bildiradi.

«Mijoz – server» texnologiyasi.
«Mijoz – server» texnologiyasini qo’llash tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlarga asoslanadi bu kompyuterlardan biri maxsus boshqaruv funksiyalarini bajaradi (tarmoq serveri bo’ladi).
«Mijoz – server» arxitekturasi funksiyalarni foydalanuvchi dasturi (mijoz deb ataluvchi) va server funksiyalariga ajratadi. Mijoz–dastur MB saqlanayotgan serverga SQL (Structured Query Language) strukturalashgtirilgan so’rovlar tilidagi so’rovni jo’natadi. SQL relyatsion MB larning xalqaro standarti hisoblanadi. Masofadagi server so’rovni qabul qiladi va faol bo’lgan SQL-serverga beradi. SQL-server – bu masofadagi ma’lumotlarbazasini boshqaruvchi maxsus dastur. SQL-server so’rovni talqin qiladi, bajaradi, szrov natijalarini rasmiylashtiradi va mijoz –dasturiga o’zatadi. Bu jarayonda mijoz kompyuterining resurslari so’rovni bajarishda ishtirok etmaydi. Mijoz kompyuter faqat server MB ga so’rov jo’natadi va natijani qabul qiladi. Keyin natijani zarur shaklda tьalqin qiladi va foydalanuvchiga tasvirlab beradi. Mijoz dasturga so’rovni bajarish natijasi jo’natiladi, ya’ni tarmoq orqali faqat mijozga zarur bo’lgan ma’lumotlarjo’natiladi. Natijada tarmo yuklamasi pasayadi. Qolaversa, so’rov ma’lumotlarbazasi saqlanayotgan joyda (serverda) bajariladi va katta xajmli ma’lumotlarpaketini tarmoq orqali jo’natish zarur bo’lmaydi. Bundan tashqari, SQL-server agar imkoni bo’lsa minimal vaqt va sarf-harajatlarda bajarilishi uchun so’rovni optimallashtiradi. Bunday tizim arxitekturasi 12.3-rasmda tasvirlangan.
Bularning barchasi tizimni tezligini oshiradi va so’rov natijasini kutish vaqtini qisqartiradi. Server tomonidan so’rovlar bajarilganda ma’lumotxavfsizlik darajasi ancha yuqori bo’ladi. CHunki ma’lumotbutunlik qoidasi serverdagi ma’lumotlarbazasida aniqlanadi va ushbu ma’lumotlarbazasidan foydalanuvchi barrcha dasturlar uchun yagona hisoblanadi. Shu tarzda butunlikni qo’llab-quvvatlashda qarama-qarshi qoidalarni vujudga kelishni oldi olinadi. SQL –serverlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan ishonchli tarnzaktsiyalar apparati bitta ma‘lumotni bir vaqtda turli foydalanuvchilar tomonidan o’zgartirilishiga yo’l qo’ymaydi va MB da avariyali tugagan o’zgarishlarni bekor qilish imkoniyati mavjud.



Mijoz kompyuterlari

Arxitektura «klient – server»



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə