O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə83/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Birinchi bosqich: О‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tо‗g‗risidagi Nizom О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktabrdagi "О‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi 270-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi "Ichki ishlar organlarida xizmat о‗tashning vaqtinchalik nizomini tasdiqlash tо‗g‗risida"gi 16-sonli qarori va boshqa xuquqiy hujjatlar bilan tartibga solina boshlandi. Xususan, О‗zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiritildi, Ichki ishlar vazirligi "О‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi Nizomga asosan hamda Konstitusiya va Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanishi belgilandi.
Ikkinchi bosqich: О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta‘minlash Konsepsiyasi tо‗g‗risida"gi qarori respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta‘minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Mazkur konsepsiya asosida hamda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta‘minlovchi yangi tizimni shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 27 martdagi "О‗zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi Farmoni va uning ijrosini ta‘minlash maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 21 apreldagi "Kriminal, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashni kuchaytirish tо‗g‗risida"gi, 2001 yil 7 maydagi "Jinoyatchilikka qarshi kurashda IIVning tergov xizmatlari rolini kuchaytirish haqida"gi, 2001 yil 15 maydagi "Yо‗l harakati xavfsizligini ta‘minlash choralari tо‗g‗risida"gi, 2001 yil 31 maydagi "О‗zbekiston Respublikasida patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash faoliyatini takomillashtirish choralari tо‗g‗risida"gi, 2001 yil 6 iyundagi "Jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktika xizmati rolini kuchaytirish choralari tо‗g‗risida"gi, 2001 yil 25 iyundagi "О‗zbekiston Respublikasida yong‗in xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida" qarorlari shular jumlasidan.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə