O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilindi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə86/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilindi.


1996 yilning 4 martida "О„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish tо‗g‗risida‖gi hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur farmon bo„yicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash;
-O‗zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;
-Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xo`jaligi ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zahira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va hokazo.
Favqulodsa hodisalar milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi omillar sifatida baholanar ekan, shu tariqa hodisalar chog‗ida aholi himoyasining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etilar edi. Bu esa о‗z о‗rnida favqulodda hodisalar tizimini takomillashtirish bо‗yicha ilmiy asoslangan dastur yaratilishi zarurligini kun tartibiga qо‗ydi. 1995-2000-yillar oraligida bu kabi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va hayotga tatbiq etildi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda "Fuqarolik himoyasi tо‗g‗risida"gi Qonun qabul qilindi.
Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati tarkibida quyidagi tuzilmalar faoliyat olib boradi:
-Qoraqalpog‗iston, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
-Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va bartaraf etish Milliy markazi;
-Yong‗in xavfsizligi Markazlari;
-Gidrometeorologik jarayonlarni nazorat qilish markazi;
-Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi;
-Fuqaro muhofazasi Instituti;
-Akademiya qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi;
-Shaxrisabz harbiy-akademik litsey (―Temurbeklar maktabi‖) ;
-―Qamchiq‖ maxsus yong‗in qidiruv-qutqaruv boshqarmasi;
-―Xavfsiz daryo‖ boshqarmasi;
-Respublika seismoprognoz monitoring markazi;
-Yong‗in xavfsizligi va muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;
-Maxsus muhandis-quruvchilik boshqarmasi;
-Respublika moddiy-texnik ta‘minot markazi;
-Maxsus vazifalar bо‗yicha respublika qutqaruv markazi.

Sо‗nggi yillarda tizimni isloh qilish borasida ―Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5066) qabul qilindi (2017 yil 1 iyul).


2020 yil aprel-may oylarida Buxoro viloyatining Olot tumanida yuz bergan kuchli shamol bо‗roni va Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida rо‗y bergan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishda О‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar xodimlarining fidokorona mehnatlari ayniqsa xalqimiz e‘tirofi va olqishlariga sazovor bо‗ldi. Tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy va ma‘naviy yordam kо‗rsatishda butun mamlakatimiz jamoatchiligi о‗zining birdamligi va insoniylik fazilatini namoyon qildi.

  1. Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə