O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə88/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: ―O‗zbekiston‖. 2018.

  • Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -T.: ―O‗zbekiston‖. 2019.

  • Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.:

    ―O‘zbekiston‖. 2020.

    1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston‖. 2021.

    2. Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиѐсий қарашлар, мафкуралар, маданиятлар. - Т.: ―Шарқ‖. 1998.

    3. Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). –Т.: ―O‘zbekiston‖. 2019. 395-427 бетлар.

    4. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 11-том. –Т.: ―Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси‖ нашриѐти. 2005. 92-100 бетлар.

      1. Totalitarizm va Qoraqalpog„iston.


    XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta о‗zgarishlar yuz berdi. 1925 yil 16 fevralda Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xо‗jayli hamda Qо‗ng‗irot tumanlari hududida Qozog‗iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‗iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yil 20 iyuldan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog‗iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
    Qoraqalpoqdar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi. Chunki shu yili 5 dekabrda ular о‗z taqdirlarini О‗zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va tanlagan yо‗lining istiqbolli ekanligini kо‗rsata bildi.
    О‗zbekiston о‗zining davlat mustaqilligini qо‗lga kiritgach, Qoraqalpog‗iston Avtonom Respublikasi mustaqil О‗zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‗iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan о‗zbek xalqi о‗rtasida dо‗stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbо‗yi kengliklarida qadimiy о‗zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. О‗zlarining taraqqiyot yо‗llarini bosib о‗tishdi.
    Qadimiy turkiylarning ikki qavmi yillar mobaynida haqiqiy og‗a-inichilik fazilatlarini kо‗rsatdilar, о‗zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma‘naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning о‗zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bо‗lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bо‗lgan an‘analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
    О‗zbekiston tarkibida о‗tgan 85 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy о‗zgarishlar davri bо‗ldi. Madaniy va ma‘naviy ravnaq, san‘at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xо‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh о‗zbek xalqining beg‗araz yordami, kо‗magi bilan dunyoga keldi.
    Biroq yaqin qо‗shnichilik, qardoshlik va dо‗stlik har ikki xalq uchun qanchalik qimmatli bо‗lmasin, yaqin qо‗shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan о‗tib, og‗ir kunlarda eng ishonchli qurol bо‗lib xizmat qildi. Sovet hokimiyati yillaridagi ma‘muriy- buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug‗ og‗a»larga xos yuzaki
    «millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi.
    Qoraqalpoq va о‗zbek xalqi bir necha о‗n yilliklar mobaynida tо‗planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda о‗z an‘analaridan unumli foydalanish yо‗lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin kо‗rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy о‗zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan dо‗stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bо‗ladi.
    Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bо‗lgan e‘tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‗iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bо‗lgan о‗lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar tо‗plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‗liq bо‗lgan jiddiy muammolar paydo bо‗ldi.
    Tо‗planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yо‗l tanlandi: yagona zamin, yagona makonda
    yashab kelgan о‗zbek va qoraqalpoq xalqlari о‗z taqdirlarini abadiy birlikda kо‗rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma‘nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka о‗zbek xalqi kо‗magida erishdi va о‗zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu kо‗st amalga oshadigan bо‗ldi.



      1. Yüklə 0,82 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə