O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə84/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Tо„rtinchi bosqich: О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "О‗zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi Farmoni respublikamizda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilishda juda katta ahamiyatga ega bо‗ldi.
Mazkur Farmonda ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Jumladan, ichki ishlar idoralari tizimida kadrlar tayyorlash hamda ichki ishlar idoralari xodimlarini moddiy rag‗batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil sentabrdagi "О‗zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralarida mutaxassislar tayyorlovini takomillashtirish choralari tо‗g‗risida"gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga ichki ishlar idoralari uchun bir necha mutaxassislik yо‗nalishlari bо‗yicha kadrlar tayyorlash vazifasi belgilab berildi.
Bevosita О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan О‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‗yicha Harakatlar strategiyasi asosida tizimni tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarini aholiga о‗z vaqtida va sifatli yordam kо‗rsatadigan, har bir xodim tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qilish»ni о‗z xizmat burchi deb biladigan ijtimoiy yо‗naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan keng kо‗lamli islohotlar davri bо‗ldi. 2016 yil 16-sentabrda mustaqil О‗zbekistonning 25 yillik tarixida ilk bor ―Ichki ishlar organlari tо‗g‗risida‖gi qonun qabul qilinib, unda ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyatining yо‗nalish va tamoyillari belgilab berildi.
О‗z navbatida, О‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‗yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish bо‗yicha mutlaqo yangi davr boshlandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan 5 ta ustuvor yо‗nalishning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bо‗limlarni о‗z ichiga oladi. Jumladan, ikkinchi ustuvor yо‗nalish sifatida mamlakatda qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan kо‗plab vazifalar belgilab berildi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida bosib о‗tilgan yо‗l va orttirilgan tajriba, erishilgan yutuqlar, yо‗l qо‗yilgan kamchiliklarni xolisona baholash, ayni vaqtda bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni tahlil qilish asnosida ichki ishlar organlari oldiga о‗z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bо‗yicha yangi vazifalar qо‗yilmoqda.
О‗tgan qisqa davr ichida ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Ushbu keng kо‗lamli islohotlarning huquqiy asosi sifatida tizim samaradorligini oshirish bо‗yicha 6 ta qonun, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlari hamda 150 dan ortiq hukumat va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli farmonida keyingi yillarda ichki ishlar organlari faoliyatida tо‗planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar tahlil qilinishi barobarida, ularni bartaraf etish, ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning eng muhim yо‗nalishlari hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor ichki ishlar organlari rahbarlarining parlament, deputatlar va keng jamoatchilik oldida о‗z vazifalarining bajarilishi yuzasidan hisobot berish tartibi belgilab berildi. Farmon bilan ―Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi‖ ham tasdiqlandi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligi tо‗g‗risidagi Nizom tasdiqlandi.
Yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosini ta‘minlash maqsadida qisqa davr ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Bunda, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga faqatgina ichki ishlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi deb emas, balki barcha davlat organlari va aholi qatlamlarining vazifasi, ya‘ni umumdavlat va umumxalq ishi sifatida qarash, bu borada barcha davlat va nodavlat tashkilotlari va keng jamoatchilikning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday kо‗rinishiga murosasizlik muhitini yaratish yо‗li bilan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishini ta‘minlashga e‘tibor qaratildi.
Ichki ishlar organlari faoliyatiga doir bо‗lgan boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizimda juda katta islohotlar amalga oshirildi. Xususan:

  • ichki ishlar organlarining yagonalik prinsipini ta‘minlash uchun О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‗i va emblemasi namunalarini tasdiqlash tо‗g‗risida‖gi PF-5602-son farmoni asosida IIVning bayroq va emblemasi tasdiqlandi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi ―Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-2883-son qarori bilan tizimning boshqaruv apparati 70 foizga maqbullashtirib, tuman-shahar IIOlarining shtatlar soni tо‗rt barobarga oshirildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi ―Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‗linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-2896-son qarori bilan mavjud profilaktika inspektorlari soni maqbullashtirildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta‘minlashga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-2906-son qarori bilan profilaktika inspektorlariga biriktirilgan xizmat hududlarida ularga xizmat uylari va imtiyozli kreditlar asosida shaxsiy avtomashinalar ajratilish tizimi yо‗lga qо‗yildi;

  • jinoyat ishlarining sifatli va qisqa muddatlarda tergov qilinishini ta‘minlash maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi ―Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-2898-son qarori bilan О‗zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida nisbatan yangi surishtiruv instituti joriy etildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi ―Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-2940-son hamda 2017 yil 11 iyuldagi ―Yо‗l harakati xavfsizligini ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3127-son qarorlari bilan jamoat tartibini saqlash hamda yо‗l harakati xavfsizligini ta‘minlash samaradorligi yanada oshirilib, patrul-post va yо‗l-patrul xizmatlari sohaga oid bо‗lmagan bir qator vazifalardan ozod etildi;

  • aholiga pasport xizmatlarini kо‗rsatish borasida qо‗shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi ―Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish; sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3126-son qarori bilan sohaga elektron navbat kabi zamonaviy axborot kommunikatsiyalari hamda xorijga chiqish zamonaviy

―Biometrik‖ pasportlar bilan ta‘minlash ishlari yо‗lga qо‗yildi;

  • ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarni jamiyatga tо‗liq moslashuvini ta‘minlash uchun ularni kasbga о‗rgatish va ish bilan ta‘minlash maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi ―Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‗liq bо‗lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3200-son qarori bilan jazoni ijro etish tizimi tubdan isloh qilinib, ularda ishlab chiqarish tizimi yо‗lga qо‗yildi;

  • IIOlari uchun professional kadrlarni tayyorlash maqsadida, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi ―Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3216-son qarori bilan IIV Akademiyasida 7 ta yо‗nalishlar bо‗yicha о‗qitish tizimi va 2 ta ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yо‗lga qо‗yildi hamda joylarda 14 ta akademik litseylar joriy etildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi ―Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3413-son qarori talablari asosida kadrlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, IIOning ―Intizom ustavi‖ va ―Ichki xizmat nizomi‖ amaliyotga tо‗liq kiritildi, xodimlarni ijtimoiy, ma‘naviy va ruhiy ta‘minlash ishlari tizimlashtirildi;

  • Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta‘minlashning yangi modelini shakllantirish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi ―Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish tо‗g‗risida‖gi PQ-3528-son qarori bilan poytaxt miqyosida ichki ishlar bо‗limlari faoliyati yо‗lga qо‗yildi, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyundagi ―Toshkent shahrida jamoat tartibini ta‘minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-3786-son qarori bilan poytaxtda jamoat tartibini saqlash uchun IIOlari, Milliy gvardiya va jamoatchilik bilan birgalikda tashkil etilgan 3 smenali, kunu-tun patrullik xizmati faoliyati yо‗lga qо‗yildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi ―Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bо‗yicha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-3919-son qarori bilan IIOning yagona boshqaruv tizimi sifatida tashkiliy bо‗linmalar, shuningdek, rahbar xodimlar zaxirasini tayyorlash maqsadida Malaka oshirish instituti tashkil etildi;

  • О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi ―Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-4006-son qarori bilan Probatsiya xizmati hamda mahkumlarning huquqlarini tо‗liq kafolatlashga qaratilgan jinoyat- ijroiya qonunchiligini qayta ishlab chiqish ishlari tashkil etildi;

  • joylardagi hokimlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kunlik tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni xalq deputatari kengashida har oyda muhokama qilish tartibi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi

―Jamoat xavfsizligini ta‘minlash samaradorligini oshirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-4075-son qarori talablari asosida yо‗lga qо‗yildi;

  • turizm va transport infratuzilmasi obyektlarida mamlakatimizga kelayotgan xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta‘minlash bо‗linmalari faoliyati О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi ―Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta‘minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ- 4229-son qarori talablari asosida yanada jadallashtirildi.

Yuqoridagilar bilan birga, jazoni о‗tayotgan shaxslarning haq-huquqlarini ta‘minlash borasidan ham ulkan ishlar qilindi. Bu borada ularning jazo о‗tash sharoitlari yaxshilandi. Zamonga mos kelmaydigan eski koloniyalar о‗rniga mahkumlar mehnat qilishlari uchun erkin iqtisod talablariga tо‗la javob beradigan ishlab chiqarish yо‗lga qо‗yildi, jamoatchilik о‗rtasida salbiy nom qozongan ―Jasliq‖ koloniyasi tugatildi. Ilg‗or xorijiy tajribalarga mos ravishda, shuningdek, Konstitusiyamiz talablari asosida mahkumlarga parlament va joylardagi xalq deputatlarini saylash imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, mahkumlarga qarindoshlari bilan qо‗shimcha uchrashuvlar va telefon sо‗zlashuvlarini amalga oshirish, ularning ijtimoiy sug‗urta va pensiya ta‘minotini olish kabi huquqlari doirasi kengaytirildi.
Vazirlik sohaviy xizmatlari va hududiy bо‗linmalarining vazifa va funksiyalarini maqbullashtirish bо‗yicha institusional yondashuv, shuningdek, tizimga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasi va maishiy sharoitlarini yaxshilash kabi amaliy ishlar ularning о‗z xizmat vazifalarini mukammal bajarishlari uchun munosib shart-sharoit yaratish imkonini bermoqda. Bugungi kunda rahbar xodimlarning о‗z faoliyati yakunlari yuzasidan aholi oldida hisobot berish tartibi, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta‘minlash bо‗yicha tashkiliy chora- tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, xodimlarning mas‘uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Eng asosiysi, tizimdagi bu о‗zgarishlar mamlakat rahbariyatining doimiy diqqat e‘tiborida bо‗lib kelmoqda. Yurtboshimizning mamlakat hududlari bо‗ylab qilinayotgan safarlarida, albatta, u yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan bevosita tanishayotganligi, qisqa vaqt ichida bu boradagi ishlarning ahvoli bir necha marta Prezident huzuridagi yig‗ilishlarda keng muhokama etilayotganligi buning isbotidir.
2019 yilning 10 yanvar kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raisligida о‗tkazilgan videoselektor yig‗ilishida ham bu boradagi ishlar tanqidiy muhokama qilinib, Ichki ishlar vazirligiga vaziyatni tubdan yaxshilash, chuqur tahlil asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bо‗yicha ―Yо‗l xaritasi‖ni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
2019 yilga kelib nomigagina faoliyat kо‗rsatayotgan ―Mahalla posboni‖ lavozimi tugatilib, uning о‗rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bо‗yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish bо‗yicha mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, ―hududlar tajribasi‖ni joriy etish, kriminogen vaziyat og‗ir bо‗lgan hududlarda ilmiy-tadqiqot ishlari о‗tkazib, jinoyatchilik ahvoli о‗zgarishini kriminologik prognozlash bо‗yicha uslubiy qо‗llanma ishlab chiqish kabi vazifalar qо‗yildi.
Joylarlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun uyushmagan yoshlar va xotin qizlar bilan ishlash sohasiga ham alohida yondashildi. Bundan tashqari, О‗zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrdagi ―Xotin-qizlarni tazyiq va zо‗ravonlikdan himoya qilish tо‗g‗risidagi‖ qonuni asosida, tazyiq va zо‗ravonlikdan jabr kо‗rgan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi ―Himoya orderi‖ni berish amaliyoti kiritildi.
Xalqimizning mushkulini oson qilish maqsadida, IIO faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Bu borada, aholiga pasport berish va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida qulaylik yaratilib, elektron tarzda navbat kutish tizimi joriy etildi. Fuqarolarga ichki ishlar organlari tizimdagi ayrim xodimlarning noо‗rin xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratilib, 24 soat
faoliyat kо‗rsatuvchi ―1102‖ qisqa raqamli Kollsentr, shuningdek, odam savdosi bilan bog‗liq holatlar bо‗yicha ―99 301-01-01‖ yagona ishonch telefon aloqalari faoliyati yо‗lga qо‗yildi.
Tizimda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar va yangiliklar haqida IIVning www.iiv.uz rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin, tegishli ma‘lumotlar doimiy ravishda joylashtirilib boriladi va keng omma e‘tiboriga havola etishga imkon beradi.
Ichki ishlar organlari faoliyatining jamoatchilikka о‗z vaqtida yetkazib borilishi lozimligini nazarda tutib, tizimda 20 dan oshiq veb-sayt hamda 100 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar joriy etildi.
Davlatimiz rahbari amalga oshirilgan ishlarga baho berar ekan, ―Kо‗rilayotgan choralar natijasida fuqarolarimizda adolat va qonun ustuvorligiga ishonch paydo bо‗lmoqda. Lekin xotirjamlikka berilishga hech kimning haqqi yо‗q, hali oldimizda qilinadigan ishlar kо‗p‖, – deya alohida ta‘kidladi.
Bugungi kunda IIV tasarrufidagi о‗quv muassasalari (О‗zR IIV Akademiyasi, О‗zR IIV Akademik litseylari, О‗zR IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati, О‗zR IIV Nukus
―Temurbeklar maktabi‖ harbiy-akademik litsey) sohani professional kadrlar bilan ta‘minlashda katta о‗rin tutadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida yuz bergan о‗zgarish va yangilanishlarda, yuksalishlarda ichki ishlar xodimlarining ham о‗ziga xos о‗rni va xissasi bor, albatta. Ichki ishlar idoralari huquq-tartibot xizmatlari bilan hamkorlikda el-yurt osoyishtaligi, bunyodkorlik mehnati, xaq-huquqi himoyasini mustahkam ta‘minlab kelmoqda.



    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə