O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111

 
178 
Iroda-bu  shaxs  faolligining  alohida  shakli,  uning  hulq-atvorini  tashkil  etishning  u  tomonidan  qo'yilgan 
maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga 
ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi. 
Iroda  o'zaro  bog'liq  ikkita  vazifaning-undovchi  va  tormozlash  (to'xtatuvchi)  vazifalarning  bajarilishini 
ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi. 
Undovchi vazifasi kishining faolligini bilan ta'minlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi 
aylanib  qaraydi,  o'yinda  tashlangan  to'pni  qaytaradi,  qo'pol  so'zdan  xafa  bo'ladi  va  hokazo)  bilan  bog'liq  bo'lgan 
paytdagi  reativlikdan  farqli  o'laroq  faollik  harakatning  ayni  o'zida  namoyon  bo'ladigan  ichki  holatiga  nisbatan 
sub'yektning  o'ziga  xos  xususiyatini  kuchga  kiritish  harakatini  chiqaradi  (o'zaro  zarur  axborotni  olishga  ehtiyoj 
sezayotgan  kishi  o'rtog'ini  chaqiradi,  jahli  chiqqan  holatda  yon-veridagilarga  qo'pollik  qilishga  yo'l  qo'yadi  va 
hokazo). 
Oldindan  mo'ljallanmaganligi  bilan  farq  qiladigan  tabiiy  xulq-atvordan  farqli  o'laroq,  faollik  ixtiyoriyligi 
bilan, ya'ni ongli ravishdagi maqsadga muvofiq harakatning sharoitlari bilan farq qiladi. Faollik bir daqiqalik vaziyat 
talabi bilan, unga moslashuv, berilgan chegaralarda harakat qilish istagi bilan yuzaga keltirish mumkin va mumkin 
emas,  u  vaziyat  ustunligi  bilan,  ya'ni  asos  qilib  olingan  ma'lumotlarning,  kishining  vaziyat  talablari  darajasiga 
ko'tarila olish, asosiy vazifaga nisbatan ziyod kuchli iroda bo'lgan joydagina mumkindir. 
Irodaning  undovchi  va  tormoz  qiluvchi  funksiyalari  yaxlit  birligidagina  shaxsning  maqsadga  erishish 
yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi. 
Falsafa  va  psixologiyada  idealizm  kishi  irodasini  alohida,  hech  narsa  bilan  belgilanmaydigan  va  hech 
narsaga bog'liq bo'lmagan (ya'ni indeterministik), kishiga  u yoki bu harakatni tanlash va  amalga oshirish imkonini 
beradigan  kuch  deb  qaraydi.  Bunda  butun  psixik  faoliyat  hech  narsa  bilan  belgilanmaydigan,  ongsiz  ravishda 
bo'ladigan  eng  dastlabki  faollikka  bo'ysungan  bo'ladi.  Amerika  psixologi  U.Jems  harakatda  hech  narsaga    bog'liq 
bo'lmagan  irodaviy  hukmga  yetakchi  rol  beradi.  Obrazli  tarzda  bu  quyidagicha  tasavvur  qilinardi:  kishi  o'z-o'ziga 
«Fiat» (lotincha «ha bo'la qolsin!» degan ma'noga ega bo'lgan so'zni bildiradi) deydi va go'yo ana shu birinchi galgi 
mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladi. 
Amalda  kishining  ishlari  va  harkatlari  ob'yektiv  ravishda  belgilangandir.  Irodaviy  harakatni  o'z  ichiga 
oladigan  motivlar  hozir  va  o'tmishda  o'rin  olgan  tashqi  ta'sirlar  natijasi  tariqasida,  kishining  psixik  rivojlanishi 
jarayonida  uning  hayot  va  faoliyat  hodisalari  bilan  faol  munosabati  natijasida  tarkib  topadi  va  yuzaga  chiqadi. 
Irodaviy harakatlarning determinizmlashgaligi fakti (sababiy bog'langanligi) u yoki bu faoliyat usuli kishiga zo'rma-
zo'raki  berilganini,  u  o'z  qilmishlari  uchun  javobgar  emasligini  va  ularning  peshonasiga  yozilganligini  dadil  qilib 
ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi. 
Kishining  tavakkalchilik  sharoitidagi  hatti-harakati  irodaning  xarakterli  ko'rinishlaridan  bir  sifatida 
namoyon bo'ladi. 
Tavakkalchilik-bu sulb'yekt uchun uning cheki noma'lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin 
bo'ladigshan  noqulay  oqibatlar  (jazolash,  og'riq  ta'sirini  o'tazish,  travma,  obro'ni  yo'qotish  va  shu  kabi)  haqidagi 
taxminlar  mavjudligi  sharoitidagi  faoliyatning  xarakteristikasidir.  Tavakkalchilik  paytida  kutilayotgan  noxushlik 
bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg'unlashtirilishi bilan belgilanadi. 
Shunday savol tug'iladi: agar mag'lubiyat ehtimoli ko'p bo'lsa, mag'lubiyat uchun esa jazo ancha kuchli bo'lsa, kishi 
nimani  deb  tavakkal  qiladiq  Psixologiya  tavakkal  qilish  uchun  zarur  shart  sifatida  irodaning  qo'shilishini  nazarda 
tutuvchi tavakkal qilish xatti-harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi. 
Tavakkalchilikning  birinchi  sababi  va  tegishli  ravishda  tavakkalchilikning  birinchi  turi  bu  yutuqqa  umid 
bog'lash,  muvaffaqiyat  qozonilganda  kutilayotgan  kattalikning  muvaffaqiyatsizliklar  oqibati  darajasidan  ortishidir 
(situativ tavakkalchilik). Bu o'rinda muvaffaqiyat motivasiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan 
kuchliroqdir.  Agar  kundalik  hulq-atvor,  garchi  kishidan  irodaviy  qarorni  talab  qiladigan  bo'lsa-da  unchalik  noyob 
narsa emas. 
Xatti-harakatning  xavfli  variantini  afzal  biladigan  hulq-atvor  yoki  tavakkalchilikning  ikkinchi  turi    uchun 
sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir. Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun 
keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi. 
Irodani  tarbiyalash.  Irodani  mustaqil  tarbiyalash  usullari  juda  ham  har  xil  bo'lishi  mumkin.  Ularning 
hammasi quyidagi shartga amal qiladi: 
1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik 
katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga bori, kishi 
o'z irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida baholash lozim va 
bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 
2.  Qiyinchiliklarni,  to'siqlarni  bartaraf  etish  ma'lum  maqsadlarga  erishish  uchun  amalga  oshirish.  Maqsad 
qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchliklarni bartaraf 
etishga qodirdir. 
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va 
yana kechiktirilsa kishining irodasi izdan chiqadi. 
4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak. 
Bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra olish juda muhim. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə