O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111

 
179 
Irodali kishi-o'z vaqtining xo'jayini. O'z faoliyatini oqilona tashkil etar ekan, bu bilan u belgilangan narsani 
shoshilmasdan  amalga  oshiradi.  O'z  irodasini  chiniqtirish  uchun  ishda  va  turmushda  tarqoqlik  va  pala-partishlikka 
qarshi kun sayin kurash olib borishi kerak. 
Sport  bilan  muntazam  shug'ullanishi  kishi  irodasini  chiniqtiradi.  Jismoniy  mashq  bilan  shug'ullanishda 
qiyinchiliklarni  bartaraf  etish  kishining  faqat  mushaklari  emas,  balki  uning  irodasini  chinakam  mashq  qildirish 
hisoblanadi. 
Irodaviy  akt  (irodaviy  harakat)da  uni  motivlashtirishning  barcha  uchto  tomoni  faollik  manbai,  uning 
yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. 
Irodaviy  aktning  bo'g'inlari.  Irodaviy  harakatlar  sababli  har  doim  ozmi-ko'pmi  darajada  anglanilgan 
xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa 
bo'ladi. Intilish  ham differensiyalashmagan,  yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat  motivi. Istak 
faoliyatinning  motivi  sifatida  extiyojning  yetarli  darajada  tushunib  yetilganligi  bilan  xarakterlanadi.  Bunda  faqat 
extiyoj  ob'yekti  emas,  balki  uni  qondirishning  mumkin  bo'lgan  yo'llari  ham  tushunib  yetiladi.  Faoliyatning  butun 
sabablari  kishining  yashash  sharoitlarini  aks  ettirish  va  uning  extiyojlarini  fahmlash  natijasi  hisoblanadi.  Ana  shu 
sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida 
turli  extiyojlar  ahamiyatining  o'zgarishi  munosabati  bilan  motivlar  kurashi  paydo  bo'ladi,  bir  istak  boshqa  istakka 
qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va 
unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. 
Irodaviyxatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki 
ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va 
niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. 
Irodaviy  zo'r  berish.  Irodaviy  aktning  eng  muhim  bo'g'ini-qaror  qabul  qilish  va  uni  ijro  etishdir.  Bu 
ko'pincha  alohida  hissiy  holatning  irodaviy  zo'r  berish  sifatida  tavsiflanadigan  holatning  kelib  chiqishiga  sabab 
bo'ladi.  Irodaviy  zo'r  berish  hissiy  hayajon  shakli  bo'lib,  kishining  harakatga  qo'shimcha  motivlarni  vujudga 
keltiradi.  Irodaviy  zo'r  berish  natijasida  bir  xil  motivlarning  haraktini  to'xtatib  qo'yib,  boshqalarning  harakatini 
xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo'ladi. Irodaviy kuch g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv, charchash 
kabilan  ustidan  qozonilgan  g'alaba  anchagina  hissiy  zavq  beradi,  o'z  ustidan  erishilgan  g'alaba  singari  boshdan 
kechiriladi.  Tashqi  to'siq  yengib  o'tish  lozim  bo'lgan  ichki  qiyinchilik,  ichki  qarshilik  kabi  boshdan  kechiriladigan 
bo'lsa, u irodaviy zo'r berishni talab qiladi.  
Irodaviy  kuch-g'ayrat  odamlarning  barcha  qaxramonlik  ishlariga  zarur  qism  bo'lib  kiradi.  Irodaviy  kuch-
g'ayrat sarflash odati manonatli fe'l atvorni shakllantirishning majburiy shartidir. 
Irodaning  individual  xususiyatlari.  Iroda  faoliyatning  ichki  qiyinchiliklarini  yengishga  qaratilgan  ongli 
tuzilma va o'z-o'zini boshqarish sifatida avvalo o'ziga, o'z hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir.  
Abulyasiya-bu miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo'qligi, harakat qilish 
yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini tushungan holda ish qila olmaslik. 
Apraksiya-miya  tuzilishining  shikastlanishi  natijasida  kelib  chiqadigan  harakatlar  maqsadga  muvofiqligining  murakkab 
buzilishidir.  Agar  nerv  to'qimalarining  buzilishi  miyaning  peshona  qismlarida  to'xtab  qolsa,  xattiqharkatlarni  erkin  to'g'rilashni 
buzilishida namoyon bo'ladigan apraksiya boshlanadi. Bu berilgan programma va irodaviy aktning bajarilishini qiyinlashtiradi.  
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi, kishi shaxsini eng 
yaxshi tomondan ko'rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro'yxati juda katta: qaxramonlik, sabotlik, qat'iylik, mustaqillik, o'zini tuta 
bilish va boshqalar.  
Qat'iylik-irodaning indhividual xususiyati bo'lib, mustaqil ravishda qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so'zsiz amalga 
oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog'liq. Qat'iy odamda boshlangan motivlar kurashi tezda qaror qabul qilish va qarorni ijro etish 
bilan tugallanadi. 
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o'zaro mustahkam bog'langan, lekin bir-biriga to'la mos 
kelmaydigan nisbatan uchta turi tushiniladi. Bu birinchidan individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi 
motiv. Bu sub'yektni faoliyat ko'rsatishga qanday ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi. Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga 
qaratilganligi,  nima  uchun  qandaydir  boshqa  xulq-atvor  emas,  balki  xuddi  shunaqasi  tanlanganligini  izohlab  beradi.  Uchinchidan 
motivlashtirish  kishi  aloqa  va  faoliyatni  o'zi  boshqaradigan  vosita  hisoblanadi.  Bu  vositalarga  emosiyalar,  istaklar,  qiziqishlar  va 
boshqalar kiradi. Jumladan, emosiya u yoki bu axloq aktining shaxsiy mohiyati hisoblanadi. 
Motiv  va  motivatsiya  muammosi  jahon  psixologiyasida  turli  tuman  nuqtai  nazardan  yondoshish  orqali  tadqiq  qilib 
kеlinmoqda. Motivning tadqiqot tarixidan kеlib yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini 
ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o`ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli 
ekanligi ilmiy manbalarda ta'kidlab o`tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo`zg`atuvchilar va qo`zg`ovchilarning barcha 
turlari  (ko`rinishlari,  modalliklari,  shakllari)ni  o`z  ichiga  oladi  (chunonchi  motivlar,  ehtiyojlar,  qiziqishlar,  maqsadlar,  intilishlar, 
motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). 
S.L.Rubinshtеyn motivning psixologik mohiyati to`g`risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali 
hosil  bo`ladigan  dеtеrminatsiyadir;  motiv  –  bu  shaxs  xulq-atvorining  kognitivistik  jarayonini  bеvosita  tashqi  olam  bilan  bog`lovchi 
sub'еktiv tarzda aks ettirish dеmakdir. Shaxs o`zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo`ladi. Insonning xulq-atvorini 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo`luvchi motivlar shaxsning tuzilishida еtakchi o`rin egallaydi. Motivning tuzilish tarkibiga 
shaxsning yo`nalishi, uning xaraktеri, emotsional holati, qobiliyati, ichki kеchinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya 
fanida to`plangan nazariy ma'lumotlarning ko`rsatishicha, shuningdеk, bir qator psixologlarning fikricha, xaraktеr shaxs motivlarining 
dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, dеgan ta'limot mavjud. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə