O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111

 
191 
temperamentdan ko'ra ko'proq darajada bog'liq bo'ladi, uning shakllanib borishi odamning butun umri bo'yi davom 
etadi.  Shunga  qaramay,  xarakter  shaxsning  barqaror  xususiyatlarini  tashkil  etadi,  odamning  yurish-turishi  hamda 
uning  atrofdagi  muhitga  o'z-o'ziga  qanday  ko'z  bilan  qarashi  shu  xususiyatlarga  bog'liq  deb  hisoblanadi.  Xarakter 
keyinchalik mustahkamlanib, qaror topib boradigan va odamning yurish-turishi hamda atrofdagilarga munosabatini 
belgilab  beradigan  temperamentga  va  tashqi  ta'sirotlarga  ko'rsatiladigan  reaksiyalar  shakliga  qarab  mujassamlanib 
boradi.  
Shaxs munosabatlari xarakteri hislatlarining individual o'ziga xos xususiyatlarini ikki xil tarzda aniqlaydi. 
Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo'ladigan har bir tipik vaziyat. Emosional kechinmalarning 
individual o'ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog'liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari 
iroda, hissiyoti, diqqat, tafakkur xususiyatlarga ham bog'liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo'ladigan tirishqoqlik 
va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatga bo'lish emas, balki diqqatning to'planishiga harakatlarning aniqligi, 
irodaviy  zo'r  berishga  va  shu  kabilar  bog'liqdir.  Shu  sababli  harakat  usullariga  turli  psixik  jarayonlarning  ustunlik 
qiluvchi ta'siriga bog'liq holda xarakterning intelektual, emosional va irodaviy hislatlarini ajratish mumkin. 
Odam  xarakteri  jamiyat  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Jamoaning  mehnat  faoliyati  va  hayoti,  undagi 
odamlarning xarakter sifatlari bilan belgilanadi. Ba'zi og'ir xarakterli o'quvchilar tufayli sinfdagi intizom, o'quvchilar 
o'ratsidagi  munosabatdan  sinfning  psixologik  muhiti  buzilishi  mumkin.  Shu  sababli  har  bir  pedagog  xarakter 
strukturasini,  xarakter  shakllanishiga  ta'sir  etuvchi  omillarni,  o'quvchilarda  xarakterni  tarbiyalash  yo'llarini  yaxshi 
bilishi lozim. 
Xarakter-bu odam faoliyati va xulq-atvori xususiyatlarini belgilovchi, uning shaxs sifatida bir butun holda 
tashkil topishidir. Xarakter hayotning, voqelikning turli jihatlariga odamning barqaror munosabatlarini ifoda etadi. 
Xarakter  hayotiy  ta'sir  ko'rsatish  va  tarbiya  berish  orqali  shakllantiriladi:  shu  bilan  birga  u  oliy  nerv 
faoliyatining  tabiiy  tipi  bilan  ham  bog'liqdir.  Nerv  faoliyatining  tipi  xarakterning  ayrim  xususiyatlarini  ham, 
umuman,  xarakterning  o'zini  ham  oldlindan  belgilay  olmasada,  biroq  bosh  miya  qobig'ida  tevarak-atrofdagi 
muhitning  ta'siri  paydo  bo'ladigan  hamda  sub'yektning  psixik  rivojlanish  sohasidagi  yutuqlarini  tegishli  tarzda 
in'ikos etuvchi muvaqqat aloqalar sistemasini shakllantiruvchi turli shart-sharoitlar yaratishini ta'minlaydi. 
Sintetik  jihatdan  qarab  chiqiladigan  xarakter  sosial  muhitdan  olingan  ta'surotlarning  o'ziga  xos 
integrasiyasidan  iborat  bo'ladi.  Xarakter  muayyan  zvenolar,  komponentlardan  tashkil  topadi.  Shular  orasida 
dunyoqarash,  e'tiqod  yetakchi  o'rin  tutadi.  Xarakter  ko'p  qirralidir.  Uning  xususiyatlari  g'oyat  xilma-xil  bo'lib,  bu 
turlilik eng faol, yetakchi va barqaror xarakterdagi belgilardan tashkil topadi. 
Xarakterning  dinamik  tomoni  temperayent  bilan  ham  belgilanadi:  u  oliy  nerv  faoliyatining  tipini  ifoda 
etadi.  Temperament  xarakterga  ta'sir  ko'rsatadi,  unda  muayyan  belgilarning  shakllanishiga  qulaylik  yaratadi.  Yoki 
bunga  qarshilik  ko'rsatadi.  O'z  navbatida  temperamentning  xususiyatlari  xarakter  hislatlari  orqali  tartibga  solib 
turiladi. Ular yordamida niqoblanadi va ma'lum darajada xarakter hislatlarning ta'siri ostida unga moslasha boradi. 
Shaxsning  umumiy  psixik  strukturasining  shakllanishida  iroda  xarakterga  muayyan  ahamiyat  va  salmoqli 
vazn  baxsh  etadi.  Xarakterning  ijobiy  tomonlari  yoki  kamchiliklari  ko'p  jihatdan  irodaning  kuchli  yoki  kuchsiz 
bo'lishi  bilan  belgilanadi:  xarakterning  irodaviy  belgilariga  xos  bo'lgansosial  ahamiyat  ma'naviy  jihatdan  yaxshi 
tarbiyalangan iroda orqali belgilanadi. 
Xarakter  hislatlarini  aniqlash  odamni  u  yoki  bu  darajada  uzoq  vaqt  va  sistemali  ravishda  har  xil  faoliyat 
turlarida,  xilma-xil  vaziyatda  va  ko'proq  tegishli  tipik  shart-sharoitlarda  o'rganib  chiqishni  taqozo  etadi.  Undagi 
yetakchi  xarakter  hislatlarini  bilib  olgach,  o'sha  kishining  u  yoki  bu  sharoitda  o'zini  qanday  tutishini  bir  qadar 
aniqlik  bilan  oldindan  aytib  berish  mumkin.  Odamning  xarakterini  tushunish  uchun  xarakterning  yetakchi 
komponentlarini, shaxsning axloq-odabiga oid hislatlarini aniqlash lozim. 
Xarakter  hislatlarining  dinamikasi  ham  hisobga  olinishi  kerak:  turli  vaziyatlarda  bir  kishining  o'zida 
turlicha xarakter belgilari va hatto bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan belgilar ham namoyon bo'lishi mumkin. 
Xarakterning  shakllanishida  shart-sharoitlarning  xilma-xilligi  va  ularning  dinamik  tarzdagi  murakkab 
o'zaro  aloqalar  xarakter  xilma-xilligi  vujudga  keltiriladi.    Xarakter  kishining  tashqi  ko'rinishiga  ta'qsir  qilarkan, 
uning xatti-harakatlarida, xulq-atvorida, faoliyatida  yorqin ifodasini topadi. Xarakter to'g'risida avvalo odamlarning 
xatti-harakatlari  asosida  xukm  chiqarish  kerak.  Ularning  mohiyati  ana  shu  xatti-harakatlarida  ancha  to'laroq  aks 
etadi. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Xaraktеr haqida tushuncha. 
2. Xaraktеr hislatlari va shaxsning munosabatlari. 
3. Xaraktеrning fiziologik asoslari. 
4. Xaraktеrning tarkib topishi. 
5. Xaraktеr va tеmpеramеnt. 
6. Xaraktеr va faoliyat. 
 
 
 
 
 
 
 


 
192 
15- Mavzu: SHAXSNI KASBIY KAMOLOTI. 
Ayollarni u yoki bu kasb soqasida bandligi masalasini ko`rganda shu faktni qisobga olmasdan bo`lmaydi, 
ulardagi maskulin – fеministlikni ifodalanishiga qarab, ular turli kasblarga moyil bo`ladilar. L.Tеrman va 
K.Mayklzlarning tadqiqotlariga ko`ra, u yoki bu kasbni tanlashi, ulardagi maskulinlik va fеministlik xususiyatini 
qanchalik ifodalangani bilan boqliq. 
 
Erkaklar guruqlari 
Injеnеrlar, arxitеktorlar          - 80 
Yuristlar, sotish bG`ga agеntlar,  - 70 
bankirlar, administratorlar     - 60 
O`qituvchilar, vrachlar, ilmiy   
xizmatchilar, mеxaniklar. 
 O forеs xizmatchilari
kommеrsantlar                            - 50 
quruvchilar, fеrmеrlar             - 40 
Politsiyachilar, o`t o`chiruvchilar  - 30 
Jurnalistlar, artistlar,  
Din arboblari                           - 20 
O`rta maktab va kollеdjlarning  
o`qituvchilari 
 
       50 
qamshiralar 
60 
Boshlanqich sinf o`qituvchilari, 
 kotibalar 
 
       70 
Uy bеkalari, San'atkorlar     80 
Tikuvchi, sartaroshlar,  
stеnografistkalar  - 
90 
Oqsochlar 
 
100 
Buni Е.Taslеrning (2001) Gеrmaniyaga emigratsiya qilgan ayollarda ochib bеrdi. Shunda qilib maskulinligi 
ochiq ifoda qilgan ayollar,  chaqiruvchi tipidagi kasblarni tanlashga moyildirlar, ya'ni raqobat bilan boqliq bo`lgan 
(xususan, ishbilarmonlarda) fеministik ochiq ifoda bo`lgan ayollarda esa ―xizmat‖ tipidagi kasblarni tanlaydilar, 
ya'ni an'anaviy ayollarniki dеb hisoblab kеlingan. Bu  yordam  maskulin, fеmin va  androgеnlarni soni anchagina 
tеbranib  turishi  mumkin  turli  tanlovlarda  oxirgilarini  spеtsifikasiga  qarab  Е.Taslеrning  ma'lumotlariga  ko`ra 
ayollar  o`rtasida  raqobat,  kurashga  to`siqlarni  еngib  o`tishga  qarakat  qiladiganlarida  gеndеr  tiplar  quyidagicha 
bo`lgan: fеminlar – 43%, maskulinlar – 30%, androgеnlar – 27% qammasi bo`lib S.Bеm mеtodikasi bo`yicha 60 
ta ayol tеkshirilganlar. 
 
V.T.  Gorchakova  (2000),  modifikatsiyalashgan  proеktiv  mеtodikani  TAT  ishlatgan,  ochib  bеrdi, 
psixologik  jinsni  sonli  solishtirishi  quyidagicha  bo`lgan  ayollarniki  –  42%,  erkaklarniki  –  38%  va  20%  - 
ambivalеnt sub'еktlarini ko`rsatadi. Xudi shunday solishtirish o`zini-o`zi baqolashda ochib bеrilgan 43%, 33% va 
24% ni tashkil qiladi. 
 
Mеning ma'lumotlarimga ko`ra, xuddi shu mеtodika bilan pеdagogika univеrsitеtni sport fakultеti 
talabalarni  tеkshirganda,  faoliyatni  spеtsifikasi  maskulin  qizlar  ko`proq  bo`ldi,  fеminlarda  esa  kamroq  darajani 
tashkil qiladi.   
 
Turli fakultеt talabalari o`rtasidagi maskulin, fеmin va androgеn tipdagilarni soni. 
 
Jinsiy  tiplar 
Sport  fakul`tet 
Psixologik,yuridik fakul`tet 
Erkaklar 
Мас      кулинли 
76.6 
83.3 
Фем      Feminli 
12.7 
5.6 
Анд       Androgenli 
11.7 
11.1 
Ayollar 
Мас       кулинли 
54.7 
18.2 
Фем        Feminli  
34.0 
60.0 
Анд        Androgenli  
11.3 
21.8 
 
       
  
Boshqa  ma'lumotlar  psixologik  va  yurist  kasbini  tanlagan  qizlardan  olingan.  Ulardan  ko`pchiligi 
ochiq  ifodalangan  fеminlik  bor.  Biroq  ular  orasida  maskulinlik  ko`proq,  xudi  shu  fakultеtni  yigitlarga  nisbatan 
fеmin (18.2% va 56%). Turli fakultеt yigitlari bir-biridan ozgina farq qiladi. 
Maskulin  erkak  va  ayollarni  solishtirish,  fеmin  erkak  va  ayollarday,  biologik  faktor  haqida  ko`proq 
farqlarni  ochib  bеrishda  gapirishga  asos  bo`ladi.  Masalan,  gеndеr  (ijtimoiy)  pozitsiyadan  maskulin  ayollarni 
paydo  bo`lishini  baqolash  qiyin,  ularni  fеnimin  ruqda  tarbiyalanganligi  biologik  ayol  sifatida  va  fеmin 
erkaklarning paydo bo`lishida, ular tarbiyasida qarama-qarshi yo`nalish bo`lishiga qarab tushuntrish qiyin bo`ladi. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə