O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta



Yüklə 112 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü112 Kb.
#133245
  1   2

O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUXANDISLIK- IQTISОDIYOT INSTITUTI
QОShIDAGI AKADEMIK LITSEYI


FIZIKA
FANI O`QITUVCHISI
TO`RAYEVA MUNOJATNING
YO'L TO'G'RI CHIZIQLI O'ZGARUVCHAN HARAKAT. TEZLIK VA TEZLANISH GRAFIKLARI TEKIS O'ZGARUVCHAN HARAKATNING TENGLAMASI GRAFIGI
MAVZUSIDA



NAMANGAN-2009


Ushbu dars ishlanmasi akademik litseyning barcha yo’nalishidagi talabalar fоydalanish uchun tavsiya qilinadi.


Tuzuvchi M. To`rayeva


Taqrizchi Yo.Mirzakarimova
Mavzu: Yo'l To'g'ri chiziqli o'zgaruvchan harakat. Tezlik va tezlanish grafiklari Tekis o'zgaruvchan harakatning tenglamasi. grafigi
Darsning maqsadi: Yo'l To'g'ri chiziqli o'zgaruvchan harakat. Tezlik va tezlanish grafiklari Tekis o'zgaruvchan harakatning tenglamasi,grafigi mavzularini o`quvchilarga tushuntirish.


Darsning borishi:a)salomlashish,b)davomatni aniqlash,s)o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.


O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Tezlik deb nimaga aytiladi? O'rtacha va oniy tezlik deb qanday tezlikka aytiladi?
2.To'g'ri chiziqli tekis harakat deb qanday harakatga aytiladi? Harakat tenglamasini yozing va grafigini chizing.
3.Harakat qonuni va harakat grafigi nima?

Yangi mavzu bayoni:

Tabiatda vaqt o'tishi bilan tezligi o'zgarib turadigan harakat ko'p uchraydi. Masalan, tramvay, trolleybus va avtobuslarning harakatini kuzatar ekanmiz, yo'lning ba'zi qismlarida sekinroq harakatlanishini, to'xtash joylarida esa tezlik nolga teng boiishini ko'ramiz. Bunday harakat notekis harakat yoki o'zgaruvchan harakat deyiladi.


Vaqt o'tishi bilan tezligi o'zgaradigan harakat o'zgaruvchan harakat deyiladi.
Harakat trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan o'zgaruvchan harakat to'g'ri chiziqli o'zgaruvchan harakat deb ataladi.
O'zgaruvchan harakatning eng sodda turi tekis o'zgaruvchan harakatdir. Bunday harakatda har qanday teng vaqt oraliqlari davomida tezlik ayni bir kattalikka o'zgaradi, binobarin, tezlanish o'zgarmas (a = const) bo'ladi.
Tekis o'zgaruvchan harakatni tekis tezlanuvchan va tekis sekinlanuvchan harakatlarga ajratiladi.
Har qanday teng vaqt oraliqlarida tezligi bir tekis ortib boradigan harakat tekis tezlanuvchan harakat deyiladi. Tekis tezlanuvchan harakat o'zgarmas musbat tezlanishli harakatdir, bunda tezlanish yo'nalishi tezlik (yoki harakat) yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi.
Har qanday teng vaqt oraliqlarida tezligi bir tekis kamayib boradigan harakat tekis sekinlanuvchan harakat deb ataladi. Tekis sekinlanuvchan harakatda tezlanish manfiy (a < 0) bo'lib, bunda tezlanish tezlik yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalgan bo'ladi.
Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish harakat davomida o'zgarmas boigani uchun uni hisoblashda ixtiyoriy vaqt oralig'ini, masalan, butun vaqt oralig'ini olish mumkin. Agar jismning u0 boshlang'ich tezligi /vaqt davomida v qiymatgacha o'zgargan bo'lsa, tezlanish ta'rifiga ko'ra
(8)
bo'ladi, bundan
υ=υ0 + at (9)
ekanini topamiz. Bu formuladan tekis o'zgaruvchan harakat uchun vaqtning ixtiyoriy qiymatidagi yoki trayektoriyaning ixtiyoriy nuqtasidagi tezligini, ya'ni oniy tezligini hisoblash mumkin.
(9) formula υ0 boshlang'ich tezlikka ega bo'lgan tekis tezlanuvchan harakatning tezligini ifodalaydi. Bunday harakat har doim qandaydir harakatning (masalan, tekis harakatning) davomi bo'ladi.
Tinch holatdan boshlangan tekis tezlanuvchan harakatda υ0= 0 bo'lgani uchun (9) formuladan
υ = at (10)
kelib chiqadi. Bu formula boshlang'ich tezlikka egabo'lmagan tekis tezlanuvchan harakatning tezligini ifodalaydi.
Tekis sekinlanuvchan harakatda a < 0 ekanini nazarga olsak, u holda (9) formula
υ = υ0-at (11)
ko'rinishga keladi. Bu formula oxirgi tezligi nol bo'lmagan tekis sekinlanuvchan harakatning tezligini ifodalaydi. Oxirgi tezligi nol bo'lgan (υ = 0) tekis sekinlanuvchan harakatning boshlang'ich tezligini
υ0=at (12)
formuladan hisoblab topish mumkin.
Barcha o'zgaruvchan harakatlarning o'rtacha tezligi kabi, tekis o'zgaruvchan harakatning o'rtacha tezligini ham ( ) formula yordamida aniqlash mumkin. Lekin bunday harakatda tezlik bir tekis ortib yoki kamayib borayotganligidan foydalanib, o'rtacha tezlikni osongina topish mumkin. Buning uchun v0 boshlang'ich va v oxirgi tezliklarni qo'shib, hosil boigan yig'indini ikkiga bo'lish lozim, ya'ni
(13)
16 - rasmda υ0 boshlang'ich tezlikli tekis o'zgaruvchan harakatning tezlik grafiklari keltirilgan. Bu rasmdagi 1 va 2 to'g'ri chiziqlar mos ravishda u0 boshlang'ich tezlikka ega bo'lgan tekis


tezlanuvchan (a > 0) va tekis sekinlanuvchan (a < 0) harakatga, 3 to'g'ri chiziq esa boshlang'ich tezliksiz (υ0= 0) tekis tezlanuvchan harakatga tegishlidir. Rasmdan ko'rinadiki, agar υ0= 0 boisa, tezlik grafigi koordinata boshidan o'tuvchi, υ0 0 bo'lganda esa, ordinata o'qidan u0ga teng kesmani ajratuvchi to'g'ri chiziqdan iborat bo'ladi. Shuningdek, 1- rasmdan tezlanish son jihatdan



ga teng ekanini ko'rish qiyin emas.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish o'zgarmas (a = const) boigani uchun uning vaqtga bog'lanish grafigi vaqt o'qiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqdan iborat bo'ladi (2- rasm).

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə