O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135
KITOB

Reimport operastiyalari
- o‘z mohiyatiga ko‘ra – amalga oshmagan eksport 
operastiyalaridir, ular mamlakatga undan oldin olib ketilgan tovarlarni qayta olib 
kelishni bildiradi. Ularga xaridor tomonidan brak qilingan, aukstionda sotilmagan, 
konsignastion omborlar orqali sotilmagan tovarlarning qaytarib kelishi kiradi. 
Konsignastiya shartnomasiga
- ko‘ra prinstipial (konsignant) tovarlarni agent 
(konsignator) omboriga keyinchalik ularni konsignatorning bozorida sotilishi uchun 
olib boradi. Konsignant tovar sotilganga qadar uning egasi bo‘ladi. 
Oferta
- bo‘lajak bitimning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga oladi, bular 
tovarlarning nomi, miqdori, sifati bahosi, yetkazib berish shartlari, yetkazib berish 
muddatlari, to‘lov shartlari, idish va o‘rash xususiyati, qabul qilish-topshirish tartibi, 
yetkazib berishning umumiy shartlaridir. 
To‘lov balansi - 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va ularning butun 
bog‘lanishlarining holati tahlil qilish imkonini beradigan umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkich
.
Tovar va hisob-kitob hujjatlari.
Hujjatlarning bu guruhi tovarlarning baho, 
sifat va soni bo‘yicha tavsifini beradi. Hujjatlarni sotuvchi o‘z blankasida 
rasmiylashtiradi, xaridor esa ushbu hujjatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
Muhim hisob-kitob hujjati 
tijorat schyot-fakturadir. 
Unda yetkazib berilgan 
tovar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan, schyotda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lash haqida 
sotuvchining xaridorga talabi mavjud bo‘ladi. Odatda schyotlar 4-5 nusxalarda chop 
etiladi. Bundan maqsad ularni turli tashkilotlarga taqdim qilishdir. Shuning uchun 
shartnomada schyot bajarilishi kerak bo‘lgan nusxalarning soni albatta ko‘rsatiladi. 
Bajaradigan funkstiyalariga ko‘ra schyotlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
schyot-faktura, maxsus schyot, dastlabki schyot.
Schyot-faktura 
odatda tovarni xaridorga jo‘natilganda tovar bilan birga yozib 
beriladi. Schyot-faktura o‘z ichiga ikkita hujjatni oladi: tovar uchun to‘lanishi kerak 
bo‘lgan mablag‘ni summasini ko‘rsatgan hujjat va tovar bilan birga yo‘llanadigan 
yukxatidir. Bojxona organlarining talabi bo‘yicha ko‘plab mamlakatlarda schyot-
faktura tasdiqlangan blankalarda yozib beriladi. Bunday schyotlar bir vaqtning o‘zida 
tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat ham hisoblanadi va tovarga tirkib 
qo‘yiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə