O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
KITOB

IZOHLI LUG‘AT 
 
Bank kafolati 
– unga ko‘ra bank ushbu hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda aytilgan 
tarafga ko‘rsatilgan summani to‘lash majburiyatini oladi. Inkasso ko‘rsatmasi – bu 
hujjat vositasida moliyaviy va (yoki) tijorat hujjatlarini akstept qilish va (yoki) to‘lov 
o‘tkazish uchun qayta ishlash yoki unda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni 
boshqa shartlarda taqdim etish maqsadida bankka yo‘riqnoma yoki topshiriq beriladi. 
Bank trattasi
– uchinchi taraf foydasiga qo‘yiladigan tratta. U bir bank 
tomonidan boshqasiga yoki bankning bo‘limi tomonidan markaziy bo‘limga yoxud 
shu bankning boshqa bo‘linmasiga beriladi.
Barter operastiyasi
- bu bir yoki har xil turdagi tovarlarning ma’lum miqdorini 
baho qiymati miqdoriga mos keladigan boshqa tovar yoki tovarlarga almashish 
operastiyalaridir. 
Bojxona ittifoqi
— ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi 
mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o‘tkazishidir.
Bojxona tarifi
— tovar oqimlarining chegarani kesib o‘tishida davlat tomonidan 
olinadigan soliq miqdori ko‘rsatilgan tartiblangan tovarlar ro‘yxati. 
Bojxona hujjatlari-
tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun 
rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarga quyidagilar kiradi: bojxona deklarastiyasi, import 
va valyuta listenziyalari, tovarning qaerdan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma, konsullik fakturasi, tranzit hujjatlari, veterinar, sanitar va karantin 
guvohnomalari va boshqalar. 
Bojxona deklaratsiyasi
asosiy bojxona hujjati bo‘lib, yukni tasarruf qiluvchi 
shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni 
import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi.
Valyuta
— ma’lum bir davlatning qonun bilan o‘rnatilgan pul vositasi (milliy 
valyuta), bir yoki bir necha etakchi mamlakatlarning valyutasi ko‘rinishidagi jahon 
rezerv pullari, Xalqaro valyuta fondi va Evropa valyuta tizimi a’zolari tomonidan ko‘p 
tomonlama xisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari. 
GATT-
Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo operastiyalarini 
o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni 
birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.
Distribyutorlar
– shunday vositachilarki, ular o‘z nomi va o‘z hisobidan tovar 
sotish bilan shug‘ullanadi, ularning o‘zi tovarlarning buzilish yoki yo‘qolishi, hamda 
xaridorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi natijasida vujudga keladigan qaltislikllarni o‘z 
bo‘yinlariga oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə