O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135
KITOB

O‘tkaziladigan vasiqa 
– amaldagi qonunlarga muvofiq berilgan yoki 
imzolangan hujjat. U bir shaxs tomonidan boshqasiga yo‘llangan so‘zsiz bajarilishi 


152 
kerak bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi. Bu talab hujjat taqdim etilishi bilanoq talab 
bo‘yicha yoki aniq belgilangan sanada yoxud hujjatning o‘zida ko‘rsatilgan sanada 
ma’lum summadagi pulni hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga yoki uning buyrug‘iga ko‘ra 
yoxud ushbu hujjatni taqdim etuvchiga to‘lashni talab qilishdan iborat.
Eksport va import listenziyalari – 
mamlakatga aniq tovarlarni olib kirish va 
olib chiqish ustidan nazorat mavjud bo‘lganda maxsus davlat organlari tomonidan 
beriladigan hujjatlar. Eksport va import listenziyalari tegishli eksportchi yoki 
importchining o‘z mamlakatida listeziya berish bilan shug‘ullanadigan arizasi asosida 
beriladi.
Eksport listenziyasi
unda ko‘rsatilgan tovarlarni ma’lum vaqt ichida eksport 
qilishga berilgan ro‘xsatni o‘z ichiga oladi. 
Import listenziyasi
- unda ko‘rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki 
shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o‘tilgan vaqt 
davomida olib chiqib ketishga ro‘xsat beradi. 
Bojxona deklarastiyasi
asosiy bojxona hujjati bo‘lib, yukni tasarruf qiluvchi 
shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni 
import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi. Bojxona deklarastiyasi 
bojxonaga qonunda belgilangan muddat ichida taqdim etiladi, bu muddat tovar 
bojxonaga kelib tushgan kundan boshlab bir kundan tortib, ikki haftagacha bo‘lishi 
mumkin.
Shartnoma - 
bu moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi kelishuvini 
xalqaro tijorat amaliyotiga muvofiq hujjatlashdir. 
To‘lov shartlari
– bu to‘lovning valyutasini, usulini va yetkazib berilgan tovar 
uchun hisob-kitobning tartibini, to‘lov uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning 
ro‘yxatini, asossiz ravishda to‘lovni kechiktirish yoki shartnomaning to‘lov 
shartlarini boshqacha buzishlardan himoya choralarini belgilab qo‘yadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə