O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


To‘lov-bank operastiyalari bo‘yicha hujjatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
KITOB

To‘lov-bank operastiyalari bo‘yicha hujjatlar. 
Bitim taraflari o‘rtasidagi 
hisob-kitoblar ular shartnomada kelishib olingan shaklda amlaga oshiriladi, bunda 
ham sotuvchining ham xaridorning, ba’zan uchinchi bir mamlakatning bankidan 
foydalaniladi. Bu to‘lovlarning har bir bosqichi hujjatlashtiriladi va umuman to‘lov 
hujjatlari to‘lovning ma’lum shaklini amalga oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘i yoki 
bankning mijoz topshirig‘ini bajarganligi haqidagi hisobotidan iborat bo‘ladi.
Tovar akkreditivini ochishga ariza
– uning vositasida mazkur hujjatda 
ko‘rsatilgan shartlarda tovarning qiymatini to‘lash uchun akkreditiv ochish to‘g‘risida 
topshiriq berilgan hujjatdir. 
Tovar akkreditivi
– to‘lovchi va uning banki o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, 
unda bank tovar akkreditivi ochish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bu akreditiv 
bo‘yicha benefistiar to‘lovni, ma’lum shartlarda va kelishilgan hujjatlarni taqdim 
etgandan keyin trattalarni tasdiqlashi yoki hisobga olishi, shuningdek, basharti 
hujjatda aytib o‘tilgan bo‘lsa trattalarni olishi, tasdiqlashi va hisobga olishi zarur 
bo‘ladi. Akkreditivlar o‘z shartlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin; akkreditivning 
barcha shartlari unda qayd etiladi hamda shartnoma shartlariga mos kelishi shart. 
 
Tovar akkreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilib olganlik 
to‘g‘risidagi xabarnoma –
bank tovar akrreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun 
qabul qilib olganligini bildiradigan hujjat. 
Tovar akkreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqidagi xabarnoma 
– 
bank tovar akrreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqida xabar qiladigan hujjat. 
Inkasso to‘lovi haqidagi xabarnoma 
– bank inkasso to‘lovi o‘tkazilganligi 
haqida xabar qiladigan hujjat. Unda mablag‘lardan foydalanishning batafsil 
ma’lumotlari va usullari keltiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə