|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtaTo‘lov-bank operastiyalari bo‘yicha hujjatlarKITOBTo‘lov-bank operastiyalari bo‘yicha hujjatlar.
Bitim taraflari o‘rtasidagi
hisob-kitoblar ular shartnomada kelishib olingan shaklda amlaga oshiriladi, bunda
ham sotuvchining ham xaridorning, ba’zan uchinchi bir mamlakatning bankidan
foydalaniladi. Bu to‘lovlarning har bir bosqichi hujjatlashtiriladi va umuman to‘lov
hujjatlari to‘lovning ma’lum shaklini amalga oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘i yoki
bankning mijoz topshirig‘ini bajarganligi haqidagi hisobotidan iborat bo‘ladi.
Tovar akkreditivini ochishga ariza
– uning vositasida mazkur hujjatda
ko‘rsatilgan shartlarda tovarning qiymatini to‘lash uchun akkreditiv ochish to‘g‘risida
topshiriq berilgan hujjatdir.
Tovar akkreditivi
– to‘lovchi va uning banki o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib,
unda bank tovar akkreditivi ochish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bu akreditiv
bo‘yicha benefistiar to‘lovni, ma’lum shartlarda va kelishilgan hujjatlarni taqdim
etgandan keyin trattalarni tasdiqlashi yoki hisobga olishi, shuningdek, basharti
hujjatda aytib o‘tilgan bo‘lsa trattalarni olishi, tasdiqlashi va hisobga olishi zarur
bo‘ladi. Akkreditivlar o‘z shartlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin; akkreditivning
barcha shartlari unda qayd etiladi hamda shartnoma shartlariga mos kelishi shart.
Tovar akkreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilib olganlik
to‘g‘risidagi xabarnoma –
bank tovar akrreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun
qabul qilib olganligini bildiradigan hujjat.
Tovar akkreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqidagi xabarnoma
–
bank tovar akrreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqida xabar qiladigan hujjat.
Inkasso to‘lovi haqidagi xabarnoma
– bank inkasso to‘lovi o‘tkazilganligi
haqida xabar qiladigan hujjat. Unda mablag‘lardan foydalanishning batafsil
ma’lumotlari va usullari keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|