151
tavsifi beriladi yoki tovar sifatining ma’lum standartlarga yoki buyurtmaning texnik
shartlariga mos kelishi ko‘rsatiladi. Sifat sertifikati tegishli vakolatli organlar, davlat
organlari, savdo
palatalari tomonidan beriladi, lekin ayrim hollarda,
tayyorlovchi
firma tomonidan ham berilishi mumkin.
Sinab ko‘rish bayonnomasi s
otuvchi tomonidan xaridorning vakili bilan birga
ilgaridan belgilangan kun va soatda sotuvchining subyektsida to‘la sinovlar
o‘tkazilganidan keyin tuziladi. Bayonnoma tayyorlangan
tovarning buyurtma
shartlariga mos kelishini ko‘rsatgan holda sinovlarning natijalarini batafsil bayon
qiladi. Agar shartnoma shartlarida tovarni eksportchining
mamlakatida sinab
ko‘rgandan so‘ng qabul qilish-topshirish aytib o‘tilgan bo‘lsa, u holda sinab ko‘rish
bayonnomasi asosida taraflar qabul qilish-topshirish hujjatini imzolaydilar.
Yuklab jo‘natishga ruxsatnoma
tovarning buyurtma shartlariga mos kelishini
aniqlash maqsadida yetkazib beruvchining subyektida qabul qilish uchun uskunalarni
sinab ko‘rish o‘tkazilganidan keyin xaridorning vakili tomonidan beriladi. Yuklab
jo‘natishga ruxsatnomada shartnoma bo‘yicha yetkazib berish sanasi, tayyor bo‘lgan
sana va o‘tkazilgan
sinovlar sanasi, ushbu tovar ma’lum mamlakatga xaridor
vakilining yo‘riqnomasiga mos ravishda jo‘natilishining
mumkinligi haqidagi
ko‘rsatma bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: