152
kerak bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi. Bu talab hujjat taqdim
etilishi bilanoq talab
bo‘yicha yoki aniq belgilangan sanada yoxud hujjatning o‘zida ko‘rsatilgan sanada
ma’lum summadagi pulni hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga yoki uning buyrug‘iga ko‘ra
yoxud ushbu hujjatni taqdim etuvchiga to‘lashni talab qilishdan iborat.
Eksport va import listenziyalari –
mamlakatga aniq
tovarlarni olib kirish va
olib chiqish ustidan nazorat mavjud bo‘lganda maxsus davlat organlari tomonidan
beriladigan hujjatlar. Eksport va import listenziyalari
tegishli eksportchi yoki
importchining o‘z mamlakatida listeziya berish bilan shug‘ullanadigan arizasi asosida
beriladi.
Eksport listenziyasi
unda ko‘rsatilgan tovarlarni ma’lum
vaqt ichida eksport
qilishga berilgan ro‘xsatni o‘z ichiga oladi.
Import listenziyasi
- unda ko‘rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki
shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o‘tilgan vaqt
davomida olib chiqib ketishga ro‘xsat beradi.
Bojxona deklarastiyasi
asosiy bojxona hujjati bo‘lib,
yukni tasarruf qiluvchi
shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni
import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi.
Bojxona deklarastiyasi
bojxonaga qonunda belgilangan muddat ichida taqdim etiladi,
bu muddat tovar
bojxonaga kelib tushgan kundan boshlab bir kundan tortib, ikki haftagacha bo‘lishi
mumkin.
Shartnoma -
bu moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning
oldi-sotdi kelishuvini
xalqaro tijorat amaliyotiga muvofiq hujjatlashdir.
To‘lov shartlari
– bu to‘lovning valyutasini, usulini va yetkazib berilgan tovar
uchun hisob-kitobning tartibini, to‘lov uchun taqdim
qilinadigan hujjatlarning
ro‘yxatini, asossiz ravishda to‘lovni kechiktirish yoki shartnomaning to‘lov
shartlarini boshqacha buzishlardan himoya choralarini belgilab qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: