O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ortish-jo‘natish hujjatlari –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
KITOB

Ortish-jo‘natish hujjatlari – 
deb
 t
ovarni yuklash munosabati bilan tuziladigan 
hujjatlar (odatda ular shartnomada sanab o‘tilgan bo‘ladi)ga aytiladi. 
Inkasso to‘lovi haqidagi xabarnoma 
– bank inkasso to‘lovi o‘tkazilganligi 
haqida xabar qiladigan hujjat. Unda mablag‘larni jo‘natishning batafsil ma’lumotlari 
va usullari keltiriladi. 
Bank kafolati 
– unga ko‘ra bank ushbu hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda aytilgan 
tarafga ko‘rsatilgan summani to‘lash majburiyatini oladi.
Bank trattasi
– uchinchi taraf foydasiga qo‘yiladigan tratta. U bir bank 
tomonidan boshqasiga yoki bankning bo‘limi tomonidan markaziy bo‘limga yoxud 
shu bankning boshqa bo‘linmasiga beriladi.
O‘tkazma vasiqasi 
– amaldagi qonunlarga muvofiq berilgan yoki imzolangan 
hujjat. U bir shaxs tomonidan boshqasiga yo‘llangan va so‘zsiz bajarilishi kerak 
bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi.
Eksport listenziyasi
unda ko‘rsatilgan tovarlarni ma’lum vaqt ichida eksport 
qilishga ruxsatni o‘z ichiga oladi. 
Import listenziyasi
unda ko‘rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki 
shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o‘tilgan vaqt 
davomida olib chiqib ketishga ruxsat beradi. 


153 
Konsullik fakturasi
– eksportchi tomonidan o‘z mamlakatida tayyorlangan va 
importchining diplomatik vakolatxonasiga taqdim etiladigan hujjat bo‘lib, u konsullik 
yig‘imi to‘langanidan keyin taqdim etiladi va keyin importchi tomonidan schyotda 
ko‘rsatilgan tovarni olib kirish munosabati bilan taqdim etiladi.
Fraxta qilishga ariza
– tovar yetkazib beruvchi tomonidan yuk tashuvchining 
istalgan transport vositasi, yukni jo‘natish vaqti va shu kabilarni ko‘rsatgan holda yuk 
uchun joy band qilib qo‘yishni so‘rab jo‘natiladigan hujjat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə