O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2000-2010 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida о‗tish davrining obyektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich о‗tish vazifasi kun tartibiga qо‗yildi.

Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.

Shu bilan birga, Islom Karimovning ―... erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik hukuqiy davlat qurish, inson, uning manfaati, huquq va erkinliklari sо‗zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga kо‗tarilgan, jahon miqyosida obrо‗-e‘tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz о‗z oldimizga qо‗ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yо‗lning bir qismi, xolos‖ (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j. –T., “О„zbekiston”. 2011. B-39.), degan fikrlari yuqoridagi mulohazalarimizni tasdiqlaydi.

Mustaqil davlatimiz 2010 yildan boshlab yangi - turtinchi bosqichga qadam qо„ydi. Ushbu bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.

Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, sо‗z erkinligini ta‘minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə