O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə10/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Marketing 08972

Tayanch iboralar



  • Marketing

  • Ehtiyoj

  • Talab

  • Tovar

  • Taklif

  • Ayirboshlash

  • Marketingni boshqarish

  • Marketing kontseptsiyalari

  • Konyuktura

  • Bozor

  • Tijorat

  • Narx



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:



  1. Marketing nima, uning qanday ta’riflarini bilasiz?

  2. Marketing boshqaruvining 4 ta asosiy bosqichlarini bilasizmi?

  3. Korxona muvaffaqiyatli ishlashi uchun qaysi bozorni qo’llashi zarur?

  4. Marketingni boshqarish nimani anglatadi?

  5. Talab nima, uning qanday turlarini bilasiz?

  6. Marketing kontseptsiyalari nima, uning nechta turi bor?

  7. Marketing kontseptsiyasining mohiyati nimada?

  8. Marketingni boshqarish jarayonlarining nechta bosqichlari mavjud?

2-mavzu. Marketingning ob’ektiv qonunlari va tomoyillari


Reja:



    1. Marketingning umumiy tavsifi.

    2. Bozor munosabatlari imkoniyatlarining tahlili.

    3. Marketing izlanishlari.




      1. Marketingning umumiy tavsifi

Bozor munosabatlariga o’tish davrida xo’jalik yurituvchi barcha sub’ektlar - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik tizimidagi sub’ektlarda ularning funktsional vazifalari tubdan o’zgaradi. Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o’rnini zamonaviy usullar egallab, unda talab va taklif, raqobatchilik, o’z strategiya va taktikasini aniqlashda korxonalarga hamkorlik qilish uchun korxonalarni tanlash erkinligi va iqtisodiyotning erkinlashuvi asosiy rol o’ynaydi.


Bozor munosabatlari bevosita baholar darajasiga, moliyakredit tashkilotlari orqali kredit ajratishdagi uning ustama foizlari, sug’urta shartlari, valyuta kursi va boshqalar ta’sir etadi. Ana shu omillar ishlab chiqarish korxonasining tuzilishini, ishlab chiqarish masshtabini, korxonalar resurslarini joylashtirish, yangi mahsulot ishlab chiqarish va ularni bozorda sotilishini ta’minlash bo’yicha qarorlar qabul qilish va boshqalar bilan belgilanadi.
Raqobat natijasida mehnat taqsimotining tobora chuqurlashuvi asosida davlatning iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarishdagi roli tubdan o’zgaradi. Davlatning bevosita rahbarligida atrof-muhit ekologiyasini saqlash, davlat mudofaasi, mehnat havfsizligini ta’minlash kabi masalalar hal qilinadi.
O’tish davrida nafaqat ishlab chiqarish masalalari, balki har bir rahbarning, asosan, chet el firmalari, korxonalari bilan ishlayotgan korxona rahbari o’z strategiyalarini bozor sharoitiga qarab o’zgarishiga erishish lozim. Normal holda ishlayotgan bozorni tashkil etish murakkab va uzoq muddatli. Ma’lumki, mahsulotlari ko’p bo’lgan bozor, mahsulotlar taqchil (defitsit) bo’lgan yoki monopol bo’lgan bozordan tubdan farq qiladi. Bu farq asosan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi farqdir.
Mahsulotlarga boy bozorda ishlab chiqaruvchilar o’zaro raqobatlashib, turli mahsulotlarning sifatini yaxshilashga yoki bahosini kamaytirishiga majbur bo’ladilar, ya’ni iste’molchining talabiga bo’ysinishga majburdirlar.
Shuning uchun bu kabi bozorni iste’molchi bozori deb ham ataydilar. Taqchil (defitsit) bozorda esa iste’molchilarning talabi ishlab chiqaruvchilarning talabidan ko’p bo’lib, bunda iste’molchi ishlab chiqaruvchining taklifiga bo’ysinishga majbur. Shuning uchun bu kabi bozorni ishlab chiqaruvchilar bozori deb ataydilar.
Raqobatli bozorda iste’molchining haq-huquqlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan (bozorni boshqaruvchi sifatida) tadbirlar belgilanadi va amalga
oshiriladi. Buning maqsadi oxir-oqibatda iste’molchi ishlab chiqaruvchini, mahsulotni, bahoni tanlasin, aksincha emas.
Ko’rinib turibdiki, korxonaning ichki va tashqi faoliyati uning bozor munosabatlarida o’zini qanday tutishi bilan, aniq strategiya va taktika ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar gohida korxonada quyidagi o’zaro qarama-qarshi bo’lgan masalalarni hal qilishni talab etadi:

  • ishlab chiqarishning tez o’zgaruvchanligini ta’minlash;

  • iste’molchi talabiga ko’ra mahsulot turlarini o’zgartirib borish;

  • yangi texnika va texnalogiyani tezkorlik bilan almashtirib, uning o’rniga zamonaviylarni o’rnatish;

  • turli ehtiyot qismlar, tayyor mahsulotlarning ma’lum zaxirasiga ega bo’lish;

  • tobora narxi tushib borayotgan mahsulotlarning sifatini yax-shilash va hokazo.

Demak, korxona faoliyati bevosita tovar, xizmat bozorlarini o’rganish, uning qonun-qoidalariga amal qilishga ko’p jihatdan bog’liq ekan. Bozor, uning qonun- qoidalari, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni marketing fani o’rgatadi.
Ammo marketing iqtisodiy faoliyat tizimi bo’lganligi bois keng tushunchadir. Bir tomondan u bozor, undagi talab va taklif, iste’molchi xohishiyu, ishlab chiqarish yo’nalishini har tomonlama va mukammal o’rganishni bildirsa, ikkinchi tomondan bozorga va undagi taklifga ta’sir ko’rsatish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning talab va takliflarini muvofiqlashtirish strategiyalari va taktikalarini ishlab chiqishni anglatadi.
Korxona marketingining asosiy maqsadi - vaqtning berilgan oralig’ida korxonaning rentabelligini oshirishdir.
Marketing asosi - aniq yo’nalishga va kompleksga ega bo’lishdir. Marketing tadqiqotlariga korxonaning barcha foaliyatini ishlab chiqarishdan tortib bozorda sotilishigacha bo’lgan bosqichlar bo’ysundirilishi kerak. Buning ma’nosikorxonada qanday ish bajarilishidan qat’i nazar, ular har tomonlama tahlil qilinishi, o’rganilishi va uning asosida qaror qabul qilinishi kerak. Marketologlar «Biz mahsulotni sotmaymiz - biz iste’molchi talabini qondiramiz» deyishadi. Bu ularning asosiy shiori hisoblanadi.
Marketingning vazifalarini quyidagi uchburchak orqali sxematik ifodalash mumkin:
Korxona Bozor



Iste’molchi
Marketingning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bozorni kompleks tadqiq qilish;

  • mahsulot turini rejalashtirish;

  • talabni to’laqonli qondirish uchun tadbirlar ishlab chiqarish;

  • qondirilmagan talabni o’rganish, ya’ni potentsial iste’molchini topish;

  • mahsulotni sotish bo’yicha tadbir ishlab chiqish;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish.

Zamonaviy marketing paydo bo’lganidan buyon bir necha bosqichni bosib o’tdi. Bu o’zgarishlar mahsulotni seriyali va ommaviy ishlab chiqarilishi bilan bog’liq.
Marketingni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish asoslari XX asrning boshlariga to’g’ri keladi, chunki bu davrda keng miqyosda ishlab chiqarish rivojlanib, raqobot rivojlana boshladi.

  1. bosqich.

Bu bosqich ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda marketing tushunchasi mahsulotni ishlab chiqaruvchidan xaridorgacha bo’lgan jarayonni nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlikdan iborat degan mavzuni shakllantiradi.

  1. bosqich.

Bu bosqich 1929-1933 yillarda yuzaga kelgan takror ishlab chiqarishdagi inqiroz bilan bog’liq. Marketing bunda sotuv bilan bog’liq bo’lgan mazmunini yo’qotadi. Marketing bilan shug’ullanuvchi tijorat tashkilotlari tashkil etila boshlandi. 1926 yilda AQShda Marketing va reklama bo’yicha Milliy Assotsiatsiya tashkil etildi. Bu tashkilot 1973 yilda Amerika marketing uyushmasiga aylantirilib, qayta tashkil etildi. Bugungi kunda bu tashkilot o’z atrofiga 25 mingga yaqin tadqiqotchilar, biznes vakillari va o’qituvchilarini birlashtirgan.

  1. bosqich.

Bu bosqichda marketing boshqaruv rusumidan ishlab chiqarish bozoriga arendatorlangan tizimiga o’zgaradi. U quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi:

  • korxonalar xaridorga kerak bo’lgan mahsulotnigina ishlab chiqaradi;

  • sotuvchi bozori xaridor bozoriga aylanadi;

  • korxona, firmalar ko’p mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltiriladi;

  • bozorda mahsulot ko’payib, raqobat keskinlashadi;

  • aholi va korxonalarda daromad ulushi ortib boradi. 4-bosqich.

Bu bosqich marketingni mintaqalararo (transkontenental) korparatsiyalarning faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi tizimga aylanishi bilan xarakatlanadi. Bunda marketing rejalari xaridorning talablari maqsadlarini
birlashtiradi, davlat tomonidan bozorning boshqarilishi va resurslarni baholanishi mazkur rejalarga kiritiladi. Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, §arbiy Evropa va boshqa rivojlangan davlatlar o’z faoliyatlarini marketingga asoslaydilar. Marketing xarajat talab etiladigan sohaga aylandi. Masalan, 1970 yillarda AQShda 1 dollar bahosidagi mahsulotning 55 tsenti marketinga, 45 tsenti ishlab chiqarish, sotish bi- lan bog’liq xarajatlarni va foydani tashkil etadi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə