O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə11/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Marketing 08972

Marketing tamoyillari. Har bir fanning predmeti va uning uslublari bo’lganligi kabi marketing ham alohida fan sifatida har bir oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari, biznes maktablarida o’rgatilmoqda. Bu fanning o’ziga xosligi shundan iboratki, u fan sifatida ham belgilangan. Bu maqsadga erishishni vazifa qilib qo’yadi. Shu bois ham bizning davlatimizda marketing mutaxassisligi oliy va iqtisodiy ta’lim tizimida asosiy kasb etib joriy etiladi. Bu sohada bilimli bo’lgan odamning marketing tamoyillarini chuqur bilishi taqozo etiladi. Marketing tamoyillari bozorga kirish faoliyatini yurituvchi uchun eng oliy vazifadir.
Bozorga kirish nihoyatda katta harakatni talab qiladi. Bu harakatda marketing dasturini tuzish bosh vazifadir. Ushbu xujjat (barcha jarayonlarni o’z ichiga olgan) bozorga kirish yo’llarini o’zida mujassamlashtiradi. Bozorni chuqur o’rganish asosida unga kirib olish yo’llari belgilanadi. Shunga ko’ra bozorga kirib olishning ko’plab yo’llari mavjud: bozorga davlatning iqtisodiy siyosati asosida, raqobat kurashi asosida, raqobatsiz yangi mahsulot yaratish bilan mavjud tovarlarning iqtisodiy va tashkiliy turlarini o’zgartirish evaziga va boshqa ko’plab yo’llar bilan kirish mumkin. Bularda har bir yo’lning o’z xususiyati bo’lgani kabi ularning yagona iqtisodiy tashkiliy asosi ham mavjud. Bozorga kirish barcha faoliyatining iqtisodiy barkamolligi raqobat kurashiga shu faoliyatining bardosh bera olishi, ishlab chiqarish jarayonining zamonaviy texnologiya va ilmiy texnika tarraqqiyoti natijalariga tayanganligi, ishchi xodimlarning malakasi, xom ashyo va materiallar sifati va boshqa ko’plab omillarga bog’liqdir. Shuning bilan birga marketing faoliyatini qanchalik darajada mukamalligi ham bozorga kirishni ta’minlovchi omillarning asosiylaridan hisoblanadi. Marketing tamoyillaridan yana biri bozorda mustahkam o’rnashishdir. Bu tamoyil avvalombor bozor talablariga asoslangan.
Bozor talablari narx-navo, tovar sifatida va qo’shimcha xizmatning mavjudligidir. Demak, yaratilgan va sotilayotgan tovarning narx-navosi, sifatli bo’lishi har bir ishlab chiqaruvchining eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bozordagi talab va taklif orasidagi muqobillik narx-navoning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bozorni o’rganish, eng avvalo, bozor shart-sharoitlarini bajarish imkoniyati katta ahamiyatga egadir. Bozor talablarining beqarorligini va shu vaqtning o’zida tovarlar raqobati asosida iqtisodiy imkoniyatlarini belgilash bozordagi har bir sotuvchining asosiy niyatlaridan hisoblanadi.
Bu tamoyil mazmunan monopol ta’sir ko’rsatuvchi darajasiga etishish ma’nosini ham anglatishi mumkin. Biroq monopol ta’sir ham bozorda yagona hukmron darajasini yanada mustahkamlashning asoslarini barpo etish bilan bog’liq. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bozorga ta’sir ko’rsatish qobiliyati cheksiz bo’lmaydi, balki talab va taklif negizida yaratilayotgan tovarning sotilishi aholining sotib olish qobiliyati doirasida. Tovarni hozirgi vaqtdagi va istiqboldagi
iste’mol qobiliyati va boshqa omillar uning bozordagi narxini muntazam chegaralab turadi. Bu esa o’z navbatida yangi mahsulot yaratish bo’yicha beto’xtov izlanishlar olib borishga undaydi. Bozorni uzluksiz o’rganib borish evaziga shu vaqtning o’zida mavqeini mustahkamlab ham boradi.
Bunday mavqe jahon ahamiyatiga ega bo’lgan tovarlar ishlab chiqarishga erishish, ularning sifatiga va narxiga to’la kafolat berish, hamda mustahkam moddiy texnika bazasiga suyangan faoliyatni kengaytirish demakdir.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə