O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə19/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Marketing 08972

Marketingni boshqarish - uni tashkil qilishda firma oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish, hayotga tadbiq etish va nazorat qilish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Marketingni boshqarish jarayoni bir biridan ajralmas uch qismdan iborat:

  1. Tashkiliy jarayon - firma bo’limlarini kerakli bozor axborotlari bilan ta’minlash;

  2. Izlanishlar olib boruvchi jarayon - firma marketing faoliyatidagi - bozor, assortiment, baho, reklama doiralarida uslubiy va tadqiqot ishlarini bajarish;

  3. Dasturiy-nazorat jarayon - maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani shakllantirish va bozor faoliyatini joriy nazoratini olib borish.

Marketingni boshqarish uni maxsus xizmat orqali olib boriladi. Marketing xizmati har bir korxonada bajarilishi ko’zda tutilgan o’ziga xos aniq vazifalar, ishchilarning huquq va burchlari korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro munosabati va boshqalar hisobga olingan Nizom asosida tashkil etiladi.
Tashkilotlarda marketing xizmatlarini tashkil qilish. Marketing xizmati korxonalarda iqtisodiy ahvol (foyda, baho va kon’yuktura) o’zgarib borayotgan bozordagi iste’molchilarning talabi bilan korxona ishlab chiqarishi savdo va xo’jalik faoliyati munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi.
Marketing xizmati - bu bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun etishmay turgan shunday bir faoliyatdirki u ishlab chiqarish, moliya, savdo xo’jalik, texnologiya, kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zaxiralarini qondirish va foyda olishga asoslangan yo’nalishlar jarayonini yaratadi.
Marketing xizmat vazifalari - uning o’ziga xos tamoyillari asosidan kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to’plash va tahlil qilish;

  • Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo’jalik faoliyatini reklama qilish;

  • Moliyaviy va boshqa jihatlar bo’yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish uchun zarur hisob - kitob ko’rsatkichlarini tayyorlash;

  • Talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish.


Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə