O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə18/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Marketing 08972

Tayanch iboralar

    • Ishlab chiqaruvchi bozori

    • Marketolog

    • Marketing tamoyillari

    • Funktsiyali boshqarish

    • Geografik tamoyil

    • Kon’yuktura

    • Marketing majmui

    • Taqchil tovar

    • Korxona

    • Assotsiatsiya



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



  1. Iste’molchi bozori deganda nimani tushunasiz?

  2. Marketingning asosiy vazifasi nimalardan iborat?

  3. Marketingning rivojlanishi bosqichlarini bilasizmi?

  4. Marketingning ikkita asosiy tamoyili qaysilar?

  5. Marketingning maqsadi nima?

  6. Xaridorlar harakati qanaqa omillarga bog’liq?

  7. «Iste’molchi-shoh» tamoyilini tushuntirib bering.

  8. Marketing izlanishlarining maqsadi nima?

  9. Marketing izlanishlari tarkibiga nimalar kiradi?

  10. Bozor talabi nimalarga bog’liq?

  11. Bozor munosabatlariga nimalar ta’sir etadi

3-mavzu. Marketing faoliyatini tashkil etish va uning usulllari Reja:

  1. Marketing faoliyatini tashkil etish.

  2. Mahsulotning hayotiy bosqichlari jarayoni.




    1. Marketing faoliyatini tashkil etish

Marketingni tashkil etish deganda, uning vazifalarini bajaruvchi bo’limlarning tuzilishi va ularning o’zaro mas’uliyatlarini, hamda bog’liqliklarini ifodalovchi tizimini yaratish tushuniladi. Bunday tizim oddiy firma (korxona) dan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha sub’ektlar davlat yoki nodavlat, tijorat yoki notijarat, tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida faoliyat ko’rsatayotgan muassasalar va tashkilotlarda tuzilgan marketing xizmatlarini o’z ichiga oladi.


Marketingni tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
- marketing xizmatining maxsus vazifalari, bozordagi tovar harakatini o’rganish, baho, talabining shakllanishi, sotishni rag’batlantirish va qarorlarni bajarilishini uyushtirish shaklida mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar marketingi, har bir ma’lum bozor segmentlari bo’yicha muayyan bir davrga belgilangan eng yuksak iqtisodiy samaraga yo’nalgan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraladi. Biroq korxona bozor konyukturasidagi o’zgarishlarga muvofiq o’zining ilmiy texnikaviy ishlab chiqarish va sotish rejalarini muntazam o’zgartirib turish imkoniyatiga ega bo’lganida, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, strategik va taktik vazifalarini hal etishda zaruriy moslashuvini ta’minlash uchun o’z moddiy va aqliy resurslaridan mohirona foydalanilgandagina bu reallikka aylanadi. Bunday sharoitda marketing, korxona ishlab chiqarish tijorat faoliyatini uzoq muddatli va operativ rejalashtirish uchun ishlab chiqarishning ekspert dasturini tuzish, korxona jamoasining ilmiy texnikaviy, texnologik investitsiya va ishlab chiqarish, sotish ishlari uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Marketingni boshqarish esa korxona boshqarish tizimining muhim elementi bo’ladi.
Maqsadni tanlash. Ko’pgina rahbarlar hozirgi paytda o’z korxonalarining asosiy maqsadi sifatida eng yuqori foyda olishni ko’rsatadilar. Katta foyda olish haqida ham, yaqin kelajakda foydani ko’paytirish haqida ham hamisha gapiravermaslik kerak. Masalan, agar korxona yangi bozorga kirib bormoqchi bo’lsa avval boshida hech qanday foyda olmasligi, aksincha hatto zarariga ishlashi mumkin. Bundan tashqari ko’pgina mamlakatlarda qabul qilingan foydaga qarab soliqning ortib borishi korxonaga rejalab qo’yilganidan ortiqcha foyda olish maqbul emasligini isbotlaydi.
Marketingning tan olingan peshqadamlari bo’lmish yaponlar tajribasidan kelib chiqadigan bo’lsak asosiy maqsadlar (afzalligiga, tartibiga qarab) quydagilardan iborat:
sotish hajmi kengaytirish;
o’sish suratlari oshirish; bozordagi hissasi ko’paytirish; rejalangan foydaga erishish.
Bular foydaning hajmi, foydaning nisbatani, barcha sarmoyadagi foyda me’yori, foydaning hissadorlar sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin. Maqsadlarni ishlab chiqishda ular korxona xodimlarining niyatlarini aks ettirish zarurligiga alohida e’tibor berish kerak. Aks holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan ichki uzilishi ro’y beradi. Shuni anglash zarurki, korxonada marketingning chinakamiga joriy qilinishi uchun unga tegishli xizmatni tuzishning o’zi etarli emas. Marketing bo’limi diqqat markaziga mahsulotning provard iste’molchilari bilan bog’liq barcha muammolar tushadi, bu paytda bo’linmalar o’z e’tiborini turli vazifalarga qaratgan bo’ladi. Shuning uchun ham marketing bo’limi butun faoliyatni muvofiqlashtirib turishini tan olish mutlaq tabiiydir. Korxonaning aniq marketing mo’ljalining garovi ham ana shudir.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə