O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə17/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Marketing 08972

Marketing izlanishi nima? Marketing faoliyatini aniqlashda marketing izlanish ishlari olib boriladi. Marketing izlanishi marketing jarayonini to’laligicha o’z ichiga oladi. Izlanish belgilangan ko’rsatkichlar va yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi. Demak, marketing izlanishi bu bozorda yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni belgilangan maqsad yo’nalishida olib borish demakdir.
Marketing izlanishi qabul qilingan (har bir aniq sharoitda) qoida va uslublar yordamida olib boriladi. Izlanishning maqsadi erishilgan yoxud erishilishi mumkin bo’lgan daraja va holatni tahlil qilish, shu tahlil negizilari va ilg’or tajribalarni o’rganish asosida mazkur holat uchun rivojlantirilishi mumkin bo’lgan uslub va shakllarni tanlash va ularni baholashdir. Marketing izlanishi qabul qilingan qoidaga binoan uch yo’nalishda olib boriladi:
Bozorni chuqur tadqiq qilish va undagi jarayonlarni o’rganish, hamda shu bozor ishtirokchisining imkoniyatlarini baholash. Shu kabi ilmiy izlanishlar majmuidan tashkil topgan marketing izlanishlari hozirgi kunda barcha marketing faoliyat yurgizuvchilar uchun yo’nalish hisoblanadi. Agar bozorni tadqiq etish, shu bozordagi holatni va uning kelajakdagi rivojini o’rganish va baholash bo’lsa, bozordagi iqtisodiy munosabatlar va raqobatchilarni o’rganish esa shu bozor ishtirokchisi uchun zarur bo’lgan rivojlanish yo’llarini belgilab olish imkonini beradi. O’z imkoniyatlarini baholash esa shu bozorda faoliyat yurgizish chegarasi va uni kengaytirish, ishlab chiqarish kuvvati va mahsulot turi hamda sifati kabi imkoniyatlarni baholash bilan chambarchas bog’liq. Marketing izlanishlarining tarkibi:

  1. bozor sharoitini tarkibi;

  2. talabni o’rganish va tahlil qilish;

v) taklifni o’rganish va tahlil qilish;
g) xaridorni tovarga qo’ygan shartlarini o’rganish;

  1. bozorni rivojlantirish istiqboli tahlili;

  2. savdo uslubi va shakllarni o’rganish;

yo) raqobatchi firmalar faoliyatini o’rganish va baholash;
j) tovar sotib oluvchi firmalar faoliyatini o’rganish;
z) savdo, siyosat, huquq, transport, tijorat, tajribalar sharoitlarini o’rganshi;
i) firma xo’jalik faoliyatining tahlili;

  1. mahsulotning raqobatbardoshligi tahlili;

  2. firmaning raqobatbardoshligining tahlili;

  3. firmaning raqobat imkoniyatlarini baholash. Bulardan ba’zi birlari ustida to’xtalib o’tamiz:

Bozor sharoitini tadqiq etish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog’liq, shart-sharoitlarni o’rganishni nazarda tutadi. Bu o’rganish bozorning asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko’rsatish bo’yicha imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul munosabatlari va oldi- sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi mavqei, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo’llari kabi jarayonlarni chuqur o’rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tovar-pul munosabatlari negizida muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning rivojlanish yo’nalishlari hamda shunday aloqalar o’rnatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Bozor sharoitni tadqiq etish tovar turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Agar har bir iste’mol tovarlari bo’yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining tabaqalanishi o’rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu tovarlarni saqlash bilan bog’liq masalalarni hal etish asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan bog’liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o’rganish zaruriyati yotadi. Bu shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko’p iste’mol qilinishi, xaridorning nisbatan oz bo’lishi asosan bir manzilga ko’p tovar-mahsulot etkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko’p qo’llanilishi, tovar etkazib berishda transport aloqasi va turlarini ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to’g’ri baholash esa bozor sharoitini o’rganishda qo’llaniladigan uslublar turkumining mukammaligiga bog’liqdir.


    • Iste’molchi bozori


Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə