O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə16/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Marketing 08972

3. Marketing izlanishlari

Marketing vazifalari yuqoridagilardan kelib chiqadi va ular bajarilishi lozim bo’lgan joriy va kelajakdagi barcha turdagi ishlarni nazarda tutadi. Birinchi holda marketing dasturini o’z vazifalariga va ikkinchi holda marketing dasturini bajarish bilan bog’liq vazifalarga bo’lish mumkin. Marketing tizimida har bir jarayon uchun aniq vazifalar belgilangan bo’lishi shart va bu vazifalar, aytib o’tilgandek, marketing tamoyillari va maqsadlaridan kelib chiqadi. Qabul qilingan qoidaga binoan tuzilgan marketing vazifalari - mahsulot yaratish, uni ishlab chiqarishga qo’yishi, ishlab chiqarilishini tashkil qilish, sotish va uni rivojlantirish, reklamaga ko’proq e’tibor berish, servis xizmatini tashkil qilish kabi jarayonlarda bajarilshi lozim bo’lgan ishlar turkumini belgilash bilan bog’liq vazifalarni belgilansa, tovar marketingni shu tovarni bozorda sotish bilan bog’liq jarayonlarning har birida aniq vazifalar belgilashni taqazo etadi.


Demak, marketing vazifalari amaldagi tamoyillarni nazarda tutib qabul qilingan maqsadlarga erishish uchun bajarilishi lozim bo’lgan ishlar to’plamidan tarkib topgan. Vazifalarning bir birini to’ldirish xususiyati va bog’liqligi har birining bajarilishini nazarda tutadi. Ular bajarilishini nazorat ostida bo’lishi esa marketing kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Vazifalarning marketing dasturining bajarilishi bilan bog’liq turlari esa aynan shu marketingni qo’llash (joriy etish) bilan bevosita bog’liqdir. Bu jarayon, o’z navbatida asosiy maqsadlarga erishishga imkon yaratadi. Masalan, ishlab chiqarish marketingda shu dasturni tuzish bilan bog’liq tashkiliy ishlar, jumladan, shartnomalarning huquqiy asoslarini, kadrlar malakasini belgilovchi mezonlar turkumini, olingan hududda siyosiy holatni hisobga oladigan, xom ashyo va materiallar zaxirasini belgilash kabi vazifalari pirovard natijasida marketing dasturining bajarilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, marketing vazifalari umumiy holda quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • ilmiy izlanishlarda bozor talabiga mos tovar yaratish va shu ishlab chiqarishning zamonaviy asoslarida bo’lishini ta’minlovchi barcha imkoniyatlardan to’la foydalanish;

  • tovarning bozordagi ahamiyati va mavqeini yanada mustahkamlash uchun uning zamonaviyligini mustahkam va muntazam ushlab turish;

  • ishlab chiqarishning zamonaviy texnika vositalari bilan qurollanib borishini ta’minlash;

  • ishchi-xodimlar malakasini zamon talablari darajasida bo’lishiga erishish;

  • xom ashyo va materiallar bilan ta’minlashning eng ilg’or usullaridan foydalanish va ularning keragidan ortiqcha to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik, eng optimal zaxira miqdoriga ega bo’lish;

  • tovar sifatini muntazam yaxshilab borish;

  • tovarlarni saqlash va shu jarayonlarda ularning hajmiga, sifatiga va boshqa jihatlariga putur etishini oldini olish;

  • tovar sotish va uni raqobatlantirishning ilg’or uslub va shakllaridan foydalanishni yo’lga qo’yish;

  • tovar ishlab chiqarishda ekologiya holatining yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik hamda ekologik jihatdan ishonchli mahsulot yaratish;

  • sotishni rag’batlantirishning asosiy maqsadi hisoblangan tovar sotish hajmini ko’paytirish.

Bunday vazifalarning har biri alohida olingan sharoitda o’z xususiyati va ma’nosiga ega bo’lishi mumkin.
Bunday hol belgilangan vazifalarning realligini ta’minlaydi va ularning to’la bajarilishi mazkur faoliyatning o’z maqsadiga erishishi bilan baholanadi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə