O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Marketingning xizmati funktsiyasi



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə20/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Marketing 08972

Marketingning xizmati funktsiyasi. Marketing xizmati korxonadagi barcha marketologlar faoliyati funktsiyasini bajarishni ta’minlaydi.

    • korxona mahsulotini sotish, savdo, talab va bozor kon’yukturasi, raqobatchilar siyosati, hamda bozor taraqqiyotini oldindan o’rganish va tadqiq qilish;

    • korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqotbatbardoshligi, bahosi, uning assortimentini shakllantirishga oid takliflar berish, kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqidagi yangi g’oyalarni topish;

    • bozorga chiqarilgan mahsulotlarni tez sotish yo’llarini belgilash, sotish va saqlashni tashkil etish, turib qolganlik haqidagi shikoyatlarni o’rganish;

    • reklama tadbirini yo’lga qo’yish orqali mahsulot sotilishini tezlashtirish va aholi talabini shakllantirish.

Marketing xizmati huquqlari ko’rib chiqib tasdiqlash uchun quyidagilarni ishlab chiqadi va taqdim etadi:

    • korxona marketing xizmati faoliyatining qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan yaxlit dasturlarini yaratish;

    • marketing xizmatining korxonadagi boshqa bo’limlar faoliyati bilan aloqasi va koordinatsiyasiga doir takliflar berish;

    • korxona ishchilarining iqtisodiy savdo faoliyatidagi yutuqlarini rag’batlantirish to’g’risida takliflar kiritish;

    • korxona faoliyati bilan bog’liq marketing xizmatiga bog’liq moliyaviy xujjatlar va kadrlar masalasi;

    • korxonaning bozor faoliyati, hisobot va istiqbolini belgilashga oid hujjatlar loyihasini kelishish. Marketing xizmatini korxonada marketing ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari boshqarib boradi. Marketing xizmati rahbari korxonada marketing tadqiqotlarini tashkil etish, reja va takliflarni ishlab chiqish belgilangan maqsadlarga erishish nazorat va rejalarning bajarilishi uchun mas’uldir. Barcha vazifa va majburiyatlar barcha bo’lim xodimlari o’rtasida qamrab olinishi kerak.






regioni




regioni




























A region
B region V region




G region
D region E region




  1. sektor

  2. sektor 3-sektor




  1. sektor

  2. sektor 3-sektor




  1. sektor

  2. sektor 3-sektor



3.3-rasm. Marketing xizmati bo’limining tarkibiy tuzilishi.

Shuning bilan birga tashkiliy tarkib boshqaruvni engillashtiradigan, yuqori natijalarga etkazadigan qonun qoidalar mavjud. Ular qo’yidagilardan iborat:



  1. Boshqaruvning tashkiliy shakli oxirigacha oddiy bo’lishi kerak.

  2. Har bir ishchiga yozma ish instruktsiyasi berilgan bo’lishi kerak. Instruktsiyalar yangilanib turish maqsadida bir yilda ikki martadan tekshirib turilishi zarur.

  3. Aloqalar tizimi samarali va aniq axborotlarga ega bo’lishi kerak.

  4. Ijrochilik va ma’sullik chegarasi aniq, ko’zga tashlanib turadigan bo’lsin.

Asosiy mas’uliyat doimo firmaning bosh rahbarida turadi. Boshqa har bir ijrochi o’z boshlig’i oldida javob beradi.
Marketing direktori o’z apparati bilan:

    • korxonaning eksport (mahsulot chiqarish) imkoniyatlariga mos bozorga yo’llanma bilan ta’minlaydi;

    • bozor sharoitlarini doimo kuzatib tahlil qilib boradiki, korxona va uning ma’muriyati sodir bo’layotgan o’zgarishlariga shay turish kerak;

    • korxona mahsulotlarini xaridorlarga taqdim qilayotgan bozorlarda doimiy harakatdagi sotuvchilardan zarur axborotlar olish faoliyatini rejalashtiradi;

    • ishlab chiqariladigan, doim nazoratda bo’ladigan mahsulotlarning turlarini tavsiya qiladi;

    • bozor yo’nalishini o’rganadi va korxona mahsulotlarining tashqi bozor bilan munosabatini oldindan belgilaydi;

    • bozor strategiyasi bilan tanishtiradi, tovar olib o’tish yo’llarini, savdo- sotiq usullarini tanlaydi, qabul qilingan qarorlar to’g’riligini tahlil qiladi;

    • dizaynli tovarlarni ishlab chiqarish, sotish va baholash borasida boshqa rahbarlarning qarorlaridan kelib chiqadigan marketing harakatlarini

muvofiqlashtiradi va o’tkazadi. Bu harakatlar ushbu uch savolning javoblari bilan bog’liq:
Tashqi bozorga qaysi mahsulotlar chiqarilishi kerak? Ularning bahosi qanday bo’lishi kerak? Qaysi mahsulotlarni qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak?
Yuqorida ko’rsatilgan barcha marketing harakatlariga binoan korxonaning ichki texnologik jarayonlarini xaridorlar ommasini oqilona topqirlik, maqbul narx- navo va yuqori sifatli mahsulotlar bilan jalb etishga moslashtiradi. Ishlab chiqarish texnologiyasi va tartibi, qabul qilingan qarorlar to’g’riligini doimo tahlil qilib boradi;
Yangi mahsulotlarning texnik (xaridorlik) tavsifi, parametri, qatorlar tarkibi va buning butun mahsulot turini xaridorlar qarori va korxona tovarlarini sotish holatlariga ta’siri nuqtai nazardan ko’rib chiqadi;

    • Mahsulot bozorining inqirozi (tushkunligi) bosqichi kelganligi va uni ishlab chiqarishdan va bozorga chiqarishidan to’xtatish haqida o’z vaqtida ko’rsatma beradi;

    • Talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish xizmati faoliyati dasturini belgilaydi;

    • Sotish bo’limi rahbarlari bilan birgalikda bozorlarda tadqiqot o’tkazadi, nazorat qiladi, buning uchun zarur chora- tadbirlar ko’rishni rejalashtiradi.


Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə