O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə25/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Marketing 08972

Tayanch iboralar





O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:



  1. Madaniy omillarning mahsulot sotishga ta’sirini aytib bering.

  2. Marketing tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha ishlar qanday taqsimlangan?

  3. Bo’lajak savdo hajmi qanday aniqlanadi?

  4. «An’anaviy egri chiziq» nimani anglatadi?

  5. «Klassik egri chiziq» nimani anglatadi?

  6. Tovarning hayotiy bosqich jarayoni deganda nimani tushu-nasiz?

  7. Tovarning hayotiy bosqich jarayoni necha turga bo’linadi?

  8. Marketing xizmati nima?

    1. BOB. MARKETING IZLANIShLARI



4-mavzu. Marketing tadqiqotlari


Reja:



    1. Marketing tadqiqotlarining mohiyati va ahamiyati.

    2. Marketing tadqiqotlari turlari.

    3. Marketing tadqiqot o’tkazishning usullari.

    4. Bozorni tadqiq qilish yo’nalishlari va sig’imini aniqlash metodikasi.




      1. Marketing tadqiqotlarining mohiyati va ahamiyati

Marketing tizimi faoliyatining o’ziga xos tomoni va asosiy shart-sharoiti, shuningdek, strategiyasi va taktikasining shakllanishi marketing tadqiqotlari bilan belgilanadi. Amerika Marketing Uyushmasi marketing tadqiqotlari deganda moddiy boyliklar va xizmatlar oldi-sottisidagi bitishuvlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni muntazam to’plash, yozib borish va tahlil etishni tushunadi.


F.Kotler fikricha, marketing tadqiqotlari - bu moddiy boyliklar va xizmatlar muomalasi sohasida qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida muntazam holda muammolarni tahlil etish, asosiy qoidalarni yaratish va ma’lumotlarni jamg’arishdir. Marketing tadqiqotlari tushunchasini boshqa mualliflar ham shu tarzda talqin qiladilar. Masalan, V.B.Ventts marketing tadqiqotlari rahbariyatning bozor masalalari buyicha qarorlari tayanadigan axborotlarni izlash va tahlil etishdan iborat deb qaraydi. Bu qarorlar mahsulot, narxlar strategiyasi, mahsulot sotishni jadallashtirish va taqsimot masalalarini qamraydi. P.E.Grin va D.S.Tull marketing tadqiqotlarini marketing sohasida bir xillashtirish va qaror bilan bog’liq bo’lgan axborotlarni muntazam izlash tarzida izohlaydi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, bozorni boshqarish sohasida optimal qaror hamisha bozor jarayonlarining rivojlanishi yo’nalishlari va qonuniyatlarini, shuningdek, marketing sohasidagi faoliyatga bozor ko’rsatishi ehtimoli bo’lgan javob ta’sirlarini tahlil etish asosida qabul qilinadi. Ikkinchidan, marketing tadqiqotlari tarkibi uning maqsad va vazifalari bilan belgilanadi, o’zaro bog’liq bo’lgan ikki tomon bo’lishini taqozo etadi: aniq bir bozorni tadqiq etish hamda bozorga chiqish va u erda mustahkam o’rin egallash uchun firmaning o’z imkoniyatlarini tadqiq etish (1-jadval). Uchinchidan, marketing tadqiqotlarining maqsadi quydagi asosiy olti savolga javob olishdan iboratdir:

  1. Nimani, qancha va qachon ishlab chiqarish kerak?

  2. Mahsulotni qaysi bozorda joylashtirish kerak?

  3. Iste’molchilarning mahsulotlarni qabul qilishlarini oldindan qanday ko’ra bilish mumkin?

  4. Mahsulot sotishni jonlashtirishni qaerda va qanday boshlamoq lozim?

  5. Taqsimot yo’llarini qanday qilib to’g’ri tanlash mumkin?

  6. Marketing tadqiqotlariga sarflagan xarajatlarning samaradorligini baholashda qaysi mezonlarni qabul qilish mumkin?

4.1-jadval



Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə