O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə28/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Marketing 08972

Savdoni tadqiq etish:

  • ayrim tumanlar bo’yicha sotilgan mahsulot hajmidagi farqlarni aniqlash. Savdo tumanlari chegaralarini belgilash va uni qayta ko’rib chiqish, yangi hududlardagi yashirin imkoniyatlarni tahlil qilish;

  • savdo xodimlari ishi samradorligini tahlil etish, tayyor savdo vakilining mijozlar huzuriga qatnashini rejalashtirish, savdo xodimlarining firma obro’yi va uning raqiblari to’g’risidagi fikrlarini o’rganish;

  • savdo va ko’rgazma o’tkazish usullarini tahlil etish va baholash;

  • taqsimot tarmog’i yo’llari, tovarlar harakati usullarini tadqiq etish;

  • chakana savdo tarmoqlaridagi tovarlar zaxiralarini ro’yxatdan o’tkazish.

  1. O’z firmasining yashirin imkoniyatlarini tadqiq etish:

  • firmaning xo’jalik faoliyati yakunlarini tahlil qilish; moliyaviy ahvolni baholash, firmaning infrastrukturasi, bevosita kapital qo’yilmalar hajmi va joylari to’g’risida ma’lumotlar, iqtisodiy va ilmiy tadqiqot quvvatini baholash;

  • firma mahsulotlarining raqobatbardoshligini tahlil etish;

  • firmaning raqobatbardoshligini tahlil qilish, firmaning raqobat imkoniyatlarini baholash.

  1. Reklamani tadqiq etish tartibi:

  • reklama tarqatish vositalarining samaradorligi va qiyosiy qiymatini tahlil etish;

  • iste’molchining javob harakatlariga ta’sir ko’rsatadigan omillarni tahlil etish;

  • reklama murojaati, reklama dizayni, tasviri va uni tayyorlash ishlarini o’rganish;

  • reklama ishini tashkil etishni o’rganish;

  1. Mo’ljallarni tahlil etish.

  2. Tashqi marketingni tadqiq etish.

Yuqorida keltirilgan ro’yxat to’liqlikka aslo da’vo qilmaydi, faqat umumiy ma’noda tadqiqot faoliyati uchun chegaralarni bir qadar oydinlashtiradi, xolos. Yuqorida sanab o’tilgan har bir guruh doirasida aniq tadqiqot tadbirlari bajariladi, ularning soni va ko’lami esa qo’yilgan muammoning muhimligi bilan belgilanadi.
Marketing amaliyotida eng ko’p tarqalgan ayrim tadqiqot turlarini ko’rib o’tamiz.
Talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»-bozorlar holatini tadqiq etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi:

  1. Bozor segmentatsiyasi;

  2. Iste’molchi talabi sabablarini o’rganish;

  3. Qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.

Tahlil usullari bankka marketing tadqiqotlar o’kazishning zamonaviy uslublarini, mahsulot bo’yicha hamda korxona bo’yicha ishlab chiqilgan marketing dasturi, axborotni tahlil etishning zamonaviy usullarini o’z ichiga oladi. Ular tanlab olingan ma’lumotlar bilan ularning statistik jihatdan ishonchli bo’lishi o’rtasida o’zaro bog’lanishni, asosiy o’zgarishlarni aniqlash, bu o’zgarishlarning kamayishi yoki ko’payishi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga ko’rsatadigan ta’sirini belgilash, shuningdek ulardan har birining boshqarish tarkibidagi muhimlik darajasini oydinlashtirishga imkon beradi.
Andaza modellar banki - marketingning matematik modellari to’plami bo’lib, shartli tarzda mavjud bo’lgan tizim, jarayon yoki natija deb qabul qilinadigan o’zaro bog’liq o’zgaruvchan miqdorlar majmuidan iborat. Andaza modellar javob olishni osonlashtiradi. Keyingi yigirma yil davomida chet el marketingida sohalari uzluksiz holda yangilanib, to’ldirib turiladigan juda ko’p, xilma-xil modellar yaratildi. Andaza modellardan foydalanish harakat
strategiyasiga oid juda ko’p echimlarni olish, tang ahvoldan chiqish yo’llarini topish, bozorni segmentlash, narx o’sishi, yangi tovarlarning sotilishini bashorat qilish, reklama kompleksini tuzish kabi imkoniyatlarni beradi.
g’rdamchi tizimlar - marketing tadqiqotlari va marketing tahlili - yagona marketing axboroti tizimining eng murakkab tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotimiz sharoitida ularni tashkil etish nuqtai nazaridan bu fikrni dadilroq aytmoq lozim. Respublikamizdagi korxonalar xo’jalik faoliyati tajribasi shuni ko’rsatadiki, ularning birontasida ham to’liq shakllangan marketing tadqiqotlari va tahlili kompleksi yo’q. Bozorni o’rganish reklamaning ayrim tarkibiy qismlari hali xaridorga ma’lum bo’lmagan yangi mahsulot ishlab chiqarishga. tayyorgarlik ko’rilayotgan joylarda paydo bo’lmoqda. Ochiq oydin ko’rinmaydigan marketing tadqiqotlari ishlab chiqarish, savdo xodimlari, konstruktorlar, loyihachilar tomonidan mustaqil tarzda boshlandi. Tijorat - axborot markazlari, marketing, konsalting xizmatlari soni o’sib bormoqda. Ular tayyorlagan materiallar qimmatligi hamda sifatining talabga javob bermasligi bilan ajralib turadi. Ammo hozir bizning iqtisodiyotimiz uchun mustaqil axborot xiz-matlarini rivojlantirish, ularning faoliyatini tartibga solish, sog’lom raqobatni yo’lga qo’yish eng muhim masalalardan biridir. Respublikada axborot xizmatlari uyushmasini tashkil etish har qanday tashkilot ishining malaka va mahorat darajasini kafolatlashi mumkin.
Marketing tadqiqotlarini o’tkazishga chet el firma va kompaniyalari katta mablag’lar sarflaydi. Masalan, AQShda yillik sotish hajmi 25 mln. dollar bo’lgan kompaniyalar o’z marketing byudjetlarining 3.5 foizga yaqinini marketing tadqiqotlariga sarflaydi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko’proq, mablag’ sarflaydilar. Buni quyidagi jadvalda (4.2-jadval) ham ko’rishimiz mumkin.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar hozirgi kunda ham o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Bozor bir qarashda oddiy bir tizimini tashkil etsa-da, haqiqatda esa bunday emas. Chunki uning barcha unsurlari doim harakatda bo’ladi. Shuning uchun bozorda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, unda vujudga kelgan mutanosibliklarni o’rganmasdan turib bozorda ish yuritish mumkin emas.
Kompaniya yoki firma (korxona) bozorni o’zlashtirishdan oldin, albatta, kompleks tadqiqotlar o’tkazadi va unga katta mablag’ sarflaydi. Kerakli izlanishlarni o’tkazmasdan tavakkal qilish yaramaydi. Bozor raqobati sharoitida tijorat tavakkalchiligi juda yuqori va qimmatlidir. Korxona marketing xizmati bo’limlarida tovar yoki xizmatni bozorga kiritish, unga bo’lgan talab va iste’mol darajasi, ishlab chiqarish va sotish sharoitlari to’g’risida juda katta miqdordagi axborot to’planadi va tahlil qilinadi.
Marketing xizmati tomonidan qanchalik katta miqdordagi murakkab axborotlarni to’plash, kayta ishlash va tahlil qilish lozimligini tushunish uchun, mahsulot iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish texnologiyasi misolini ko’rib chiqish etarlidir.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə