O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə34/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Ochkolarni hisoblash: Jamoaning barcha ishtirokchilari qatnashadi. Arg’amchi har yerga tekkani hisobga olinadi. Birinchi yosh guruhida eng yaxshi natijalarni jamoaning umumiy natijasi uchun hisoblanadi.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Musobaqani samarali o’tkazish uchun bir nafar yordamchi talab qilinadi. U quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- Start buyrug’ini beradi;
- Arg’amchidan tug’ri sakrashni bajarishini nazorat qiladi va kuzatib boradi;
- Vaqtga qarab turadi;
- Sakrashlarni sanaydi va natijalarni bayonnomalarga qayd etadi.


Cheklangan joyda uch hatlab sakrash.
Qisqacha sharhi: uch hatlab sakrash, mashq cheklangan joyda bajariladi.
140-rasm.

Panjaraning o’rniga obruch qo’yish mumkin: hisob har bir chegaralangan zonada yoki har bir obruch markaziga tushganligi balan o’lchanadi.


Amalga oshirish tartibi: Sportchi o’ziga uch hatlab sakrash zonasini tanlaydi, ya’ni zona muvozanati bilan bir xil bo’lishi uchun. 5 metrdan kam bo’lmagan joydan yugurib kelib sapchish, qadam va sakrashni amalga oshiradi. Ikki urinishdan yaxshisi olinadi. Har bir natija qayd qilib qilinadi va eng yaxshi natija jamoaning hisobi uchun saqlanadi.
7-8 yoshli bolalar uchun musobaqa 2 ta yo’lkagacha o’tkziladi. Sakrash joyi (hisoblash jadvali): 1 m.= 1 ochko; 1,25 m. = 2 ochko; 1,50 m. = 3 ochko; 9-10 yoshli bolalar uchun 1 ta yo’lka ajratilsa etarli bo’ladi. Sakrash joyi (hisoblash jadvali) 1,50 m = 1 ochko; 1,80 m. = 2 ochko; 2,15 m. = 3 ochko
Ochkolarni hisoblash: Reyting jamoaning natijasiga asoslanadi: eng yaxshi natija ko’rsatgan jamoa g’olib hisoblanadi. Qolgan jamoalar reyting ko’rsatkichlari bo’yicha tartiblanadi. Ochkolar oddiy hisoblanadi (9 jamoa: 1-jamoaga 9 ochko, 2 jamoaga 8 ochko va hakozo...).
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Ushbu turni samarali tashkil qilish uchun va o’tkazish uchun 1 nafar yordamchi kerak bo’ladi. U quyidagi vazifalarni bajaradi.
- Musobaqadagi vaziyatlarni kuzatib boradi.
- Natijalarni qayd qilib boradi.
- Hisobni aniqlaydi va uni bayonnomaga qayd qiladi.



Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə