O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Musobaqa o’tkazishda yordamchilar



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə33/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqani samarali o’tkazish uchun ikki nafar yordamchi bo’lishi talab qilinadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarishadi:
- Start buyrug’ini beradi;
- Musobaqani nazorat qiladi va kuzatib boradi;
- Vaqtni o’lchashadi;
- Natijalarni bayonnomalarga qayd etadi.


Har tomonga sakrash.
Qisqacha sharhi: Juft oyoqda har tomonga sakrash.
Amalga oshirish tartibi: Aylana markazdan ishtirokchi oldinga, orqaga va ikki yonga navbatma-navbat sakraydi. Markazdan oldinga sakrashni bajaradi, keyin markazga qaytadi, orqaga sakraydi yana markazga, chap tomonga yana markazga va o’ng tomonga yana markazga sakraydi.
138-rasm.


Ochkolarni hisoblash: Jamoaning har bir ishtirokchiga urinishni amalga oshirish uchun 15 soniyadan vaqt beriladi, shu vaqt davomida ikki oyoqda imkon darajasida ko’proq sakrash zarur. Har bir “kvadrat”ga sakrashni (oldinga, markazga, ikki yon tomonga, orqaga) bajarsa 1 ochko beriladi, bir aylanada maksimal 8 ochko yig’ish imkoni mavjud bo’ladi. Ikki urinishdan eng yaxshi natija qayd qilinadi.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqani samarali o’tkazish uchun har bir jamoaga 1 nafardan yordamchilar zarur bo’ladi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Start buyrug’ini beradi;
- Sakrashni amalga oshirishni nazorat qiladi va kuzatib boradi;
- Vaqtni o’lchashadi va sakrashlar sonini hisoblab boradi;
- Natijalarni bayonnomalarga qayd etadi.


Arg’amchida sakrash.
Qisqacha sharhi: Arg’amchida sakrash (15 daqiqa).
Amalga oshirish tartibi:

Ishtirokchi holatni qabul qiladi, uning oyog’i start holati bilan paralell turadi, arg’amchini ikki qo’li bilan ushlab turadi. Arg’amchini bosh uzra aylantirib juft oyoqlab sakrashni boshlaydi. Bu tsiklik jarayon 15 soniya davomida sakraydi. Bu tur birinchi yosh guruhlari uchun belgilab qo’yilgan. Bolalar ikki oyog’ida sakrash shart. Har bir bolaga 2 martadan urinish beriladi.

139-rasm.




Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə