Agar difraksion panjaraga yorug‘lik tarkibiga kiruvchi barcha rangdagi to‘lqinlari bo‘lgan oq yorug‘lik tushayotgan bo‘lsa, har biri o‘zining difraksion maksimumlarini hosil qiladi. Har bir difraksion maksimumlarning holati to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Bundan markaziy maksimumdan tashqari, bir-biridan qorong‘i yo‘llar bilan ajralgan har bir maksimum kamalak rangda (bunda qizil nurdan boshlab to binafsha nurgacha bo‘ladi) bo‘lishi va uning
ichki chekkasi binafsharang, tashqi chekkasi esa qizilrangda bo‘lishi kelib chiqadi. Chunki binafsharangga eng qisqa to‘lqinlar, qizil- rangga — eng uzun to‘lqinlar mos keladi. Kuzatiladigan difraksiya maksimumlari
difraksion spektir deyiladi.
Nolinchi (markaziy) tartibli spektr oqligicha qoladi, (12.4)
formulaga asosan k = 0 bo‘lganda barcha to‘lqin uzunliklari uchun difraksiya burchagi
0 bo‘ladi. Shuni ham eslatib o‘tishga to‘g‘ri keladiki, difraksiya spektrlari bir-biriga qo‘shilib ketadi. Masalan, ya’ni 2- tartibli spektrning uzun to‘lqinli sohasi 3- tartibli apektrning qisqa to‘lqini sohasi bilan qo‘shilib ketadi.
Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish qonuni va geometrik optikaning boshqa qonunlari yorug‘likning tarqalish yo‘lidagi to‘siqlarning o‘lchamlari yorug‘lik to‘lqinining uzunligidan ko‘p marta katta bo‘lgan hollardagina yetarli darajada aniq bajariladi.
6 0