O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə29/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

54- rasm.
5 8
shisha plastinkaga parallel shtrixlar




55- rasm.
tortuvchi maxsus bo‘lish mashinasi yordamida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan panjaralar shaffof panjaralar deyiladi. Eng yaxshi difraksion panjarada 1 mm da shtrixlar soni bir necha mingga yetadi. Òirnalgan joylar chuqurchalarga o‘xshaydi va uning kengligi b bilan belgilanadi. Bu joyga yorug‘lik dastalari kelib tushganida nur sochiladi va yorug‘lik o‘tmaydi. Shuning uchun ham tirnalgan joylar to‘siqlar vazifasini bajaradi. Òirnalmagan joylar yorug‘likka nisbatan shaffof bo‘ladi va yorug‘lik nurining dastasi o‘tadi. Bu joylar tirqishlar vazifasini o‘taydi. Òirqishning kengligi a bilan to‘siq kengligi b ning yig‘indisini d bilan belgilaymiz: d=a+b. Bu kattalik difraksion panjara davri yoki doimiysi deyiladi. Shu difraksion panjaraga monoxromatik nurlar dastasi tushayotgan bo‘lsin (56- rasm). Òirqishlardagi ikkilamchi manbalar barcha yo‘nalishlarda tarqaluvchi yorug‘lik to‘lqinlarini hosil qiladi. Bu nurlar kogerent bo‘lganligi sababli linza yordamida ekranga yig‘ilsa, u yerda interferension manzara vujudga keladi. Markazda (M nuqtada) optik yo‘l farqiga ega bo‘lmagan nurlar yig‘ilib, interferension maksimumni (F0) hosil qiladi, qolgan nuqtalarda nurlarning yo‘l farqi yarim to‘lqin uzunliklarining toq yoki juft sonlariga to‘g‘ri kelgan almashinib boruvchi minimumlar va maksimumlar (qorong‘i va yorug‘ yo‘llar) hosil bo‘ladi. Biror
burchak bilan aniqlanadigan

B C D
K
1 2
O


E
M1 M M1
yo‘nalishda tarqalayotgan nur- larni ko‘rib chiqaylik. 1 va 2 nur- larning optik yo‘l farqi bo‘lsin va u chizmada DK= oraliq
L bo‘ladi. Chizmadan (BDK uch- burchakdan) nurlarning yo‘l farqi
=d sin (12.2)

  1. rasm.

5 9

ga teng. Agar 2m (m 0,1, 2, ) shart bajarilsa, j burchakka
2
og‘ishgan to‘lqinlar qo‘shilayotgan nuqtada difraksion maksimum
kuzatiladi. U holda
d sin 2m m (12.3)
2
formulani yozish mumkin. Bu formula difraksion panjaraning asosiy formulasi bo‘lib, u maksimum sharti ham deyiladi. Agar

d sin   (2m  1)
2

(12.4)


shart bajarilsa, burchakka og‘ayotgan to‘lqinlar qo‘shilib, difraksiyaning munimumini beradi. Bu yerda m — difraksiyaning maksimum yoki minimum tartibi deyiladi. (12.3) — (12.4) formuladan yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniq o‘lchash mumkin:

d sin .
m
(12.5)

Agar difraksion panjaraga yorug‘lik tarkibiga kiruvchi barcha rangdagi to‘lqinlari bo‘lgan oq yorug‘lik tushayotgan bo‘lsa, har biri o‘zining difraksion maksimumlarini hosil qiladi. Har bir difraksion maksimumlarning holati to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Bundan markaziy maksimumdan tashqari, bir-biridan qorong‘i yo‘llar bilan ajralgan har bir maksimum kamalak rangda (bunda qizil nurdan boshlab to binafsha nurgacha bo‘ladi) bo‘lishi va uning ichki chekkasi binafsharang, tashqi chekkasi esa qizilrangda bo‘lishi kelib chiqadi. Chunki binafsharangga eng qisqa to‘lqinlar, qizil- rangga — eng uzun to‘lqinlar mos keladi. Kuzatiladigan difraksiya maksimumlari difraksion spektir deyiladi.
Nolinchi (markaziy) tartibli spektr oqligicha qoladi, (12.4) formulaga asosan k = 0 bo‘lganda barcha to‘lqin uzunliklari uchun difraksiya burchagi  0 bo‘ladi. Shuni ham eslatib o‘tishga to‘g‘ri keladiki, difraksiya spektrlari bir-biriga qo‘shilib ketadi. Masalan, ya’ni 2- tartibli spektrning uzun to‘lqinli sohasi 3- tartibli apektrning qisqa to‘lqini sohasi bilan qo‘shilib ketadi. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish qonuni va geometrik optikaning boshqa qonunlari yorug‘likning tarqalish yo‘lidagi to‘siqlarning o‘lchamlari yorug‘lik to‘lqinining uzunligidan ko‘p marta katta bo‘lgan hollardagina yetarli darajada aniq bajariladi.
6 0

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə