O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə32/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

qutblagichlar (polarizatorlar) deyiladi.
Keyingi paytlarda yorug‘likni qutblash uchun polaroidlar (qutblash filtrlari) keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Polaroid (qutblagich) qalinligi 0,1 mm ga yaqin bo‘lgan shaffof polimer pardadan iborat bo‘lib, uning ichiga ko‘plab mayda sun’iy qutblovchi kristallchalar, xususan, gerapatit kristallchalari (yod xinin sulfati) kiritilgan bo‘ladi. Polaroidni tayyorlash jarayonida barcha yod xinini sulfati kristallarining optik o‘qlari bir yo‘nalishda oriyentirlanadi. Òurmalin kristall bilan qanday tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsa, polaroid bilan ham shunday tajribalar o‘tkazish mumkin. Polaroidlarning afzalligi shundaki, ularning yordamida yorug‘likni qutblantiradigan katta sirtlar hosil qilish mumkin.
Polaroid juda elastik, yuzi katta, ko‘rinuvchi yorug‘lik nurining barcha to‘lqin uzunliklarini deyarli birday oz miqdorda yutadi.
Polaroidlar avtotransportda qarama-qarshi kelayotgan mashinalar chiroqlarining haydovchi ko‘zini qamashtirishi ta’siridan muhofaza qilishda foydalaniladi.
Yorug‘likning qutblanish darajasini aniqlaydigan formulani tajriba asosida Malus yaratdi. Buning uchun turmalin (yashilrangli shaffof kristali)dan tomonlarining biri kristall o‘qiga to‘g‘ri keladigan tarzda kesib olingan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi plastinka olamiz. Agar bunday plastinkaga yorug‘lik dastasi tik tushirilsa, plastin- kaning yorug‘lik dastasi atrofida aylantirilishi plastinkadan o‘tgan yorug‘likning intensivligini mutlaqo o‘zgartirmaydi (60- rasm). Yorug‘lik turmalinda qisman yutiladi va yashilroq tusga kiradi, xolos. Agar yorug‘lik dastasi turmalinning birinchi plastinkasiga paral-
lel joylashtirilgan xuddi shunday ikkinchi plastinkasidan o‘tkazilsa, to‘lqinning bu yangi xossasi payqaladi (60- rasm).
Plastinkalarning o‘qlari bir-biriga parallel (=0) joylash-
tirilganda qiziqarli hech bir narsa yuz bermaydi: faqat yorug‘lik
6 4





Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə