O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

SO‘Z BOSHI

Qo‘lingizdagi o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylar uchun fizikadan o‘quv dasturi asosida yozilgan.


Fizika kursining ushbu III qismi geometrik va to‘lqin optikasi, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasi, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo‘limlari bo‘yicha yozilgan 46 ta ma’ruzalar matnini o‘z ichiga oladi. Ma’ruzalar matnini yaratishda mualliflar quyidagi vazifalarni bajardilar: A. S. No’monxo‘jayev — umumiy rahbarlik va ma’ruzalar matnini tahrir qildi hamda ayrim ma’ruzalar matnini qisman qayta yozdi; M. A. Fattohov 1–9 va 18–20- ma’ruzalar; B. Normatov, N. A. Nurmatov 10—17- ma’ruzalar;
N. A. Nurmatov, B. Normatov, K. A. Òursunmetov 21—23- ma’ruzalar hamda A. M. Xudayberganov, K. A. Òursunmetov 24— 46- ma’ruzalar.
Har bir ma’ruza matnida o‘tilishi lozim bo‘lgan mavzular ketma-ket berilgan. Mavzularning oxirida esa olgan bilimlaringizni yanada chuqurlashtirishingiz va mustahkamlashingiz uchun qo‘shimcha adabiyotlar keltirilgan. Nihoyat, nazorat uchun savollar ham berilgan bo‘lib, ular mavzu yuzasidan olgan bilimlaringizni tekshirib ko‘rishga xizmat qiladi.
Qo‘llanmaning oxirida mualliflar foydalangan adabiyotlar va o‘quvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu qo‘llanma to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Fikr-mulohazalaringizni yozma ravishda quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz: Òoshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 13- uy, Òoshkent arxitektura va qurilish instituti, „Fizika“ kafedrasi.


Mualliflar


3

1- ma’ruza


Optika. Yorug‘likning tabiati to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Yorug‘lik manbalari. Geometrik optika
Optika bo‘limida yorug‘lik hodisalari va qonunlari, yorug‘likning tabiati hamda uning modda bilan o‘zaro ta’siri o‘rganiladi.
Qadimgi olimlarning, yorug‘lik o‘zi nima, degan masala to‘g‘- risidagi dastlabki tasavvurlari nihoyatda sodda edi. Ular ko‘zdan juda ingichka maxsus paypaslagichlar chiqib, ular narsalarni pay- paslaganda ko‘rish tuyg‘usi hosil bo‘ladi, deb hisoblar edilar. Bun- day qarashlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tishga hozir zarurat bo‘lmasa kerak, albatta. Biz yorug‘likning o‘zi nima, degan masala to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning rivojlanishini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Yorug‘lik manbayidan, masalan, elektr lampadan yorug‘lik hamma tomonga tarqaladi va atrofdagi narsalarga tushib, ularni isitadi. Yorug‘lik ko‘zimizga tushib, ko‘rish tuyg‘usi hosil qiladi. Yorug‘lik tarqalishida ta’sir bir jismdan (manbadan) boshqa jismga (qabul qilgichga) uzatiladi deyish mumkin.
Umuman olganda, bir jism boshqa jismga ikki xil usulda: yo manbadan qabul qilgichga moddaning ko‘chirilishi vositasida yoki jismlar orasidagi muhit holatining o‘zgarishi vositasida (modda ko‘chirilmasdan) ta’sir qilishi mumkin. Masalan, bizdan biror masofada turgan qo‘ng‘iroq mo‘ljalga olinib, unga shar otilsa-yu, bu shar qo‘ng‘iroqqa borib tegsa, qo‘ng‘iroq jiringlaydi (1- a rasm). Bunda moddani ko‘chiramiz. Ammo qo‘ng‘iroqni boshqacha yo‘l bilan: qo‘ng‘iroq tiliga kanop bog‘lash va shu kanop bo‘ylab qo‘ng‘iroq tilini tebratuvchi to‘lqinlar yuborish yo‘li bilan ham jiringlatsa bo‘ladi (1- b rasm).
Bu holda modda ko‘chmaydi. Bunda kanop bo‘ylab to‘lqin tarqaladi, ya’ni kanopning holati (shakli) o‘zgaradi.
Shunday qilib, ta’sir bir jismdan boshqa bir jismga

to‘lqinlar vositasida uzatilishi ham mumkin ekan.
4
a b

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə