O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə5/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar


[2] — 116—20- betlar, [3] — 89—97- betlar,
[5] — 343—44- betlar, [7] — 610—13- betlar.
[8] — 389—92- betlar,


Nazorat uchun savollar


  1. Yorug‘lik nuri nima?

  2. Òabiiy va sun’iy yorug‘lik manbalarini tushuntiring.

  3. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini tushuntiring.

  4. Soya va yarim soyalar qanday hosil bo‘ladi?

  5. Yorug‘likning mustaqillik prinsipi nima?

  6. Yorug‘lik tezligini o‘lchashning Fizo va Maykelson usullarini tushuntiring.



2- ma’ruza


Fotometriya. Yorug‘lik oqimi, yorug‘lik kuchi.
Yoritilganlik.
Yoritilganlik qonunlari. Fotometrlar
Yorug‘lik to‘lqinlari yorug‘lik manbayidan atrofidagi fazoga energiya eltadi. Optikaning yorug‘lik energiyasini o‘lchash usullarini o‘rgatuvchi bo‘limi fotometriya deb ataladi.
1 0
Yorug‘lik o‘zi eltadigan energiya nuqtayi nazaridan bir qator kattaliklar bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklardan eng muhimi yorug‘lik oqimidir.
Yorug‘lik energiyasini sezish uchun, tabiiyki, ko‘z alohida ahamiyatga ega. Shu sababli bizni birinchi navbatda, yorug‘lik to‘lqinlari bilan o‘tadigan to‘liq energiya emas, balki uning bevosita ko‘zga ta’sir etadigan qismi qiziqtiradi.
Ko‘z yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Shu sababli yorug‘lik energiyasining tegishli o‘lchash asboblari bilan qayd etiladigan miqdorini emas, balki bu energiyaning bevosita ko‘zimizga seziladigan, ya’ni ko‘zimiz bilan baholaydigan miqdorini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Yorug‘lik energiyasini bunday baholash uchun kiritilgan fizik kattalik yorug‘lik oqimidir. Agar biror yuzaga vaqt davomida energiyasi W bo‘lgan yorug‘lik tushayotgan bo‘lsa, bu nurlanishning quvvati W/t ga teng bo‘ladi.
Ma’lum bir yuzaga tushayotgan nurlanish quvvati bilan o‘lchanadigan kattalik Ô yorug‘lik oqimi deyiladi:

  W .
t

(2.1)


Yorug‘lik manbalarining ko‘pchiligi yorug‘likni hamma yo‘nalishlarda tarqatadi, shuning uchun to‘liq yorug‘lik oqimi tushunchasi kiritiladi.
Barcha yo‘nalishlardagi nurlanish quvvati bilan o‘lchanadigan
Ô0 yorug‘lik manbaning to‘liq yorug‘lik oqimi deyiladi.
Yorug‘lik manbaíini xarakterlash uchun fotometriyada

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə