O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


E elektr vektori  (elektr maydon kuchlanganligi) va magnit vektori



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə31/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bunday
57- rasm.


E
elektr vektori (elektr maydon kuchlanganligi) va magnit vektori



B
(magnit maydon induksiyasi) tebranadi. Yorug‘lik to‘lqini faqat
 
shu E va B vektorlarning tebranishlari bilangina mavjuddir.
Yorug‘lik tarqatayotgan har bir real manba (nurlanayotgan jism) tartibsiz nur sochuvchi, ya’ni elektr va magnit vektorlarining tebranishlar tekisligi turlicha bo‘lgan ko‘plab atomlardan tashkil topgan. Bu atomlardan tarqalayotgan to‘lqinlar bir-biriga qo‘shilib,
tabiiy yorug‘lik nurini hosil qiladi. Òabiiy yorug‘lik nurida fazoning barcha tekisliklari tebranayotgan elektr E va B magnit vektorlari mavjuddir. Bunday nur qutblanmagan nur yoki tabiiy nur
(yorug‘lik) deb ataladi.

  1. rasmda faqat elektr vektorining tebranishlari ( E ) tas- virlangan. Umuman, ko‘p hollarda faqat yorug‘lik nurining elektr vektori to‘g‘risida so‘z yuritish maqsadga muvofiq deb qabul qilingan, chunki yorug‘likning fizikavay, kimyoviy, biologik va

boshqa ta’siri, asosan, elektr vektori (tebranish) E bilan bog‘liqdir.
Demak, tabiiy yorug‘likda elektr vektorining tebranishi boshqa yo‘nalishlardagi tebranishlardan ustunlikka ega bo‘lgan biron-bir yo‘nalish mavjud emas. Bu, yorug‘lik nuridagi fazoning barcha tekisliklarda tebranayotgan elektr tebranishlari teng kuchli bo‘ladi, degan ma’noni beradi (57- a rasmga qarang).
Agar elektr tebranishlari biron-bir yo‘l bilan tartibga solinsa, ya’ni elektr tebranish vektorlari bitta tekislikda tebranadigan bo‘lsa, bunday yorug‘lik nuri qutblangan nur (yorug‘lik) deyiladi: elektr vektorining tebranishi faqat bitta tekislikda sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bunday nur yassi qutblangan yoki chiziqli qutblangan nur deyiladi (57- b rasm). Biror yo‘nalishdagi tebranish boshqa yo‘nalishlardagidan afzallikka ega bo‘lgan nur esa qisman qutblangan nur (yorug‘lik) deb ataladi (57- d rasm).
6 2

Alohida atom tarqatgan nurni yassi qutblangan yorug‘lik deb qarash mumkin. Bunda elektr vektori faqat bitta tekislikda tebranadi. Òabiatda shunday moddalar (kristallar) mav- judki, ular tabiiy yorug‘likni qutblan- gan yorug‘likka aylantirib beradi. Ma- salan, turmalin kristalida shunday yo‘nalish mavjudki, u o‘zidan o‘ta- yotgan yorug‘likning elektr vektorini bitta tekislikda tebranayotgan yassi qutblangan yorug‘likka aylantirib beradi (58- rasm). Elektr vektori teb- ranayotgan tekislik tebranish tek- siligi, magnit vektori tebranayotgan tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.
Yorug‘likning yassi qutblanishi faqat yorug‘likning kristalldan o‘ti- shidagina emas, balki ikkita izotrop


  1. rasm.

dielektrik muhitlarning chegarasidan qaytishi va sinishida ham kuzatiladi. Bunday qaytgan va singan nurlar o‘zaro perpendikular tekisliklarda qisman qutblangan bo‘ladi. Agar tushish burchagi kattalashtirib borilsa, bunga mos ravishda qaytish va sinish burchaklari ham kattalashib boradi. Òajribalarning ko‘rsatishicha, singan nur bilan qaytgan nur o‘zaro perpendikular bo‘lgan holda, ya’ni 90° li burchak hosil qilganida, qaytgan nur to‘la qutblangan, singan nur esa qisman qutblangan bo‘ladi (59- rasm).
Yorug‘likning sinish qonunidan foydalanib, qaytgan nurning to‘la qutblanish shartini chiqarish mumkin. Ma’lumki, muhitning sindirish ko‘rsatkichi quyidagi formuladan topilar edi:
sin /sin r= n. (13.1)

    1. rasmga muvofiq r = 90° – ni yozish mumkin, chunki =, u holda


n
sin 
sin(90– )

(13.2)


ifodaga ega bo‘lamiz. Òrigonometrik funksiyada cos = sin (90–) munosabat o‘rinli edi. Shuning uchun (4.2) ifoda,
6 3


n
sin  cos
yoki n = tgB
(13.3)

ko‘rinishga keladi. (13.3) ifoda Bruster qonuni, B — Bruster burchagi yoki qaytgan nurning to‘la qutblanish burchagi deyiladi.
Bruster qonunidan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: ikki muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi yorug‘lik tushish burchagining tangensiga teng bo‘lganida qaytgan nur to‘la qutblangan bo‘ladi. Bruster qonuni bajarilgan holda ham singan nur qisman qutblangan bo‘ladi.
Òabiiy yorug‘likni qutblantirib beradigan qurilmalar (asboblar)

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə