Birinchidan, elektromagnit to‘lqin bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda uning chastotasi o‘zgarmaydi, demak, rangi saqlanadi.
Ikkinchidan, yorug‘lik vakuumdan biror muhitga o‘tganda uning
tezligi va
to‘lqin uzunligi n marta kamayadi.
Muhitning sindirish ko‘rsatkichining moddaga tushayotgan yorug‘lik chastotasiga bog‘liqligi
yorug‘lik dispersiyasi deyiladi.
Dispersiya hodisasini tajribada birinchi bo‘lib Nyuton 1666- yilda kuzatgan. Nyuton tajribalarida oq yorug‘lik prizma orqali o‘tkazilganda
yetti xil rangga ajralishi
ekranda kuzatilgan (64- rasm).
Òajribalar shuni ko‘rsatadiki, oq yorug‘lik kichik tirqish
S orqali prizmaga tushirilsa, shisha prizmada to‘lqin uzunligi katta nurlar kichik burchakka og‘sa, qisqa to‘lqin uzun- likdagi yorug‘lik
prizmada katta
6 9