Galvanometr orqali o‘tayotgan tok
to‘yinish toki deyiladi. Agar katod va anod orasiga berilayotgan maydon yo‘nalishini o‘zgartirsak (manba qutblarini o‘zgartiriladi) va maydonni oshirsak, fototok qiymati nolgacha pasayadi. Bu bog‘lanish 78- rasmda keltirilgan.
Agar
elektrodlarning joylashishi, shakli o‘zgarsa va elektrodlar orasidagi bo‘shliq buzilsa, fototok xarakteristikasi o‘zgaradi. Elektrodlar uchun eng yaxshi shakl — sferik kondensatordir. Katod sfera markazidagi kichik o‘lchamli shar, anod tashqi elektrod sferasidir.
I0 to‘yinish toki katod sirtiga, materialiga va tozaligiga hamda temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Moddaga tushayotgan yorug‘lik
intensivligini oshirsak, to‘yinish tokining qiymati oshishini va fototok xarakteristikasi (volt- amper xarakteristikasi —
VAX) koordinatalar o‘qiga nisbatan bir- oz o‘ngga siljishini kuzatish mumkin. Bu qonun yorug‘lik intensivligini keng sohada o‘zgartirib tekshirib ko‘rilgan. Olingan natijalar yaxshi takrorlanadi.
78- rasmga nazar tashlasak, agar anodga teskari kuchlanish berilsa, fototok qiymati biror —
U0 kuchlanishda nolga teng bo‘ladi. Bunda shunday xulosa chiqarish mumkin. Òeskari maydon katod- dan katta tezlikda chiqayotgan fotoelektronlarni orqaga qaytaradi va anodga tushishiga to‘sqinlik qiladi.
Agar fotokatod sirtiga tushayotgan yorug‘lik
chastotasini oshirsak, fototok nolga intiladigan kuchlanish qiymati yana ortar ekan. Boshqacha aytganda, dastlabki berilgan
yonuvchi potensial —
U0 katoddan chiqayotgan elektronlarni ushlab qololmas ekan.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tajriba natijalaridan shunday xulosa qilish mumkin: yorug‘lik ta’srida chiqayotgan elektronlarning maksimal tezligini