O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
indikativ rejalashtirish

Indikativ reja –
bu uzoq muddatli istiqbolda boshqaruv butkul 
obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy jihatdan 
oldindan ko’ra bilish. 
Indikativ rejalashtirish usuli –
bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan 
davlat va nodavlat sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli 
ravishda boshqarish usuli. 
Inflyastiya –
pulning qadrsizlanishi, muomaladagi pulning 
qadrsizlanishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida 
tovar bilan ta’minlanmagan pullarning paydo bo’lishi. Inflyastiya tovar 
bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi. 
Inflyastiya darajasi –
ma’lum vaqt ichida (oy, yil) narx darajasi 
foiz o’zgarishi. 


182 
Iqtisodiy-matematik 
usullar
ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlarni, 
iqtisodiyotning muvozanatini tahlil qilish, iqtisodiy o’sishni prognoz 
qilishning o’ziga xos usullarini namoyon etadi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi indikatorlari tizimi –
tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar
shuningdek 
respublika 
aholisiga 
xizmatlar 
ko’rsatish 
sohasi 
rivojlanishining muhim yo’nalishlarini aks ettiradi. 
Iqtisodiy tahlil
o’tmish va hozirgi davr to’g’risidagi axborotni 
baholash sifatida iqtisodiy ishning mustaqil unsuri sifatida ko’rib 
chiqiladi. 
Iqtisodiy o’sish –
 
real milliy daromadning yoki real milliy 
daromadni (mahsulotni) aholi jon boshiga o’sishi sifatida aniqlash 
mumkin. 
Ishchi kuchi –
 
odamlarning mehnat qobiliyati, hayot ne’matlarini 
ishlab chiqarish jarayonida u ishga soladigan jami jismoniy va ma’naviy 
kuchlar. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə