O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Badiiy matnda uchraydigan arabcha ot yasovchi qo’shimchalarning qo’llanilishi



Yüklə 263,69 Kb.
səhifə2/4
tarix17.04.2018
ölçüsü263,69 Kb.
#38793
1   2   3   4

Badiiy matnda uchraydigan arabcha ot yasovchi qo’shimchalarning qo’llanilishi

1.1. A r a b t i l i d a n o'z l a sh t i r i l g a n s o’ z l a r. Bunday so’zlarning o’zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so’z o’zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o’ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; v) arab yozuvining qo’llana boshlanganligi; g) madrasalarda arab tilining o’qitilishi; d) turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi; e) olimu fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi va boshqalar.

Hozirgi o’zbek tili leksikasida arab tilidan o’zlashtirilgan leksemalarning ko’pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar – adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif, ma’naviyat, hosil, hukumat, odam, haqiqat, intizom, inshoot va boshqalar; sifatlar – adabiy, ajnabiy, aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy va boshqalar; ravishlar – avval, ba’zan, bil’aks, ta’ziman kabi. Bulardan tashqari, bog’lovchilar (balki, ammo, lekin, va, vaholonki), undovlar (ajabo, barakalla, salom, xayr), modal so’zlar (albatta, ehtimol, avvalo), yuklamalar (faqat, xuddi), ko’makchilar (binoan) ham o’zlashtirilgan.

Arab tilidan so’z o’zlashtirilishi o’tmishda faol bo’lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to’xtagan. Ayrim arabcha so’zlar hatto eskirib, tarixiy so’zlar yoki arxaizmlar qatoriga o’tib qolgan: adad (sanoq so’z), ajam (“arablardan boshqa xalqlar”), akbar ("katta", "buyuk","ulkan"), alam (bayroq), bayoz (“she’riy to’plam”), sallox (“qassob”), saloh (“to’g’rilik”, “vijdonlilik”), sanad (“hujjat”) va boshqalar.

Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkiblarida quyidagi xususiyatlar borligi ko’zga tashlanadi: a) so’z tarkibida ikki unlining yonma-yon qo’llanish hollari uchraydi: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, rais kabi; b) ra’no, da’vo, ta’na, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, mo’’tabar kabi so’zlarda ayn tovushidan oldingi unli kuchli va bir oz cho’ziq talaffuz etiladi; v) jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, san’at so’zlarida bo’Іinlar ayirib talaffuz qilinadi;

g) semantik jihatdan: ko’proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi: avliyo, aza, azon, vahiy, avrat, axloq, axloqiy, xulq, fikr, tafakkur kabi; ilmga, adabiyot va san’atga oid tushuncha nomlari ham keng tarqalgan: amal (matematikada hisob turi), rukn, vazn (adabiyotshunoslik atamalari), riyoziyot (“matematika”), adabiyot, san’at, tabiiyot (fan va soha nomlari) kabi; d) so’zlarning lug’aviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo’lib, o’zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi: ilm, muallim, olim, ulamo; fikr, tafakkur, mutafakkir kabi.

Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlar orasida tarixan yasama bo’lgan adabiy, badiiy, g’olibiyat, voqeiy, voqean, oilaviy kabi leksemalar ham bor. Bunday leksemalar bilan birga o’zlashtirilgan “-iy”, “-viy”, “-an” affikslari o’zbek tilida so’z yasovchi affikslar darajasiga ko’tarilgan, natijada o’zbek tilida so’z yasash imkoniyatlari kengaygan. Hozirgi o’zbek tilida shu affikslar vositasida yasalgan juda ko’p yangi leksemalar mavjud: texnikaviy, fizikaviy, tuban, turkiy kabi. Bulardan tashqari, arabcha leksik o’zlashmalar o’zbekcha yoki tojikcha so’zlar bilan ma’no munosabatiga kirishib, o’zbek tilining sinonimik qatorlarini boyitgan: o’rinbosar (o’zb.)- muovin (a.), guvoh (f-t.)– shohid (a.), aniq (a) – ravshan (so’g’d.) kabi

Navoiy fors-tojik tiliga va adabiyotiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo`ladi, uning boy tajribalaridan o`rganadi, undagi chiroyli tasviriy vositalar, ixcham, ravon, badiiy kuchli iboralar va birikmalardan o`z asarlaridan foydalanadi, ularni o`zbek adabiy tiliga olib kiradi. Navoiyning bir qancha asarlari forscha-tojikcha yoki arabcha-tojikcha shakldagi atamalar bilan yuritiladi: “Xoloti Sayid Hasan Ardasher”, “Tarixi mulki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi. Uning asarlarida qo`llangan juda ko`p forscha-tojikcha lug`aviy birliklar, chiroyli ibora va birikmalar turlicha uslubiy vazifalarni bajaradi.

Xirmani ruxsoriga solmish mayn gulnori o`t,

O`ylakim, gul xirmaniga otashin ruxsori o`t.

(G`aroyib)

Navoiy asarlarida, ayniqsa she’riyatda qo’llangan aniqlovchi birikmalarning aksariyati forscha-tojikcha izofalardan iborat: nasimi subh, shom hijron, buti shirin kalom, xoli mushkin, vodiyi hajr, vodoyi vasl, soqiyi gulandom, asiri g’am, shahzodai nomdor kabi.

Oldimda tabibi chorasozim ham yoq,

Yonimda rafiqi dilnavozim yo’q.

( G’aroyib).

Navoiy asarlarida naxlqomat,abrmonand, balandmaqom, devonakirdor, parishonro’zg’or, bahrtimsol, daryonasab, jahonpahlavon, bolqushoy, daroznafas singari qo’shma so’z va iboralarni, shu so’zlar asosida hosil qilingan mardavkanlig’,dostonoraliq,gavharnisorlik,dalilovarliq, girihkushoyliq, barqgomlik, diramposhliq, jahon so’zluq, mubarizafkanlik kabi yangi so’zlar murakkab yasamalarni ko’plab uchratish mumkin.

“Alisher Navoiy asarlari izohli lug’ati” ning oltinchi jildida Navoiy asarlarida qo’llangan barcha so’zlarning indeksi beriladi. Bu indekisda jami 15052 so’z va ibora keltiriladi (210 ta arabiy birikma va iboralar bunga kirmaydi). Bu so’zlarning nisbiy qo’llanish darajasini tahlil qilish natijalari quyidagilarni ko’rsatdi: sof turkcha so’zlar 2405 ta , 16,02%.

Boshqa tillardan (asosan arab va fors-tojik tillaridan) qabul qilingan o’zlashtirma so’zlar 11305 ta 74,85%.

O’zbek tili affikslari orqali o’zlashtirma qatlamdan yasalgan yangi yasamalar 1352 ta, 9,15% .

Shuni eslatish kerakki Navoiyning ona tilida katta adabiyot yaratishdagi buyuk maqsadini amalda ijro etish, shubhasiz, yozuvchidan “oliy uslub” da asarlar yozish zarurliginini talab qilar edi. Bu esa ona tilining boy hazinasidan tashqari arab va fors-tojik tillarining boyliklardan go’zal tasviriy ifoda vositalaridan samarali foydalanishni, chiroyli istiora, kinoya va o’xshatishlarni turlisha uslubiy maqsadlarda qo’llanih lozimligini ham taqazo etar edi. Arab va fors-tojik tillarini ularning nozik qirralarini mukammal va chuqur bilgan Navoiy bu talablarni yaxshi tushunar edi. Demak, Navoiy asarlarida arab va fors-tojik tillari unsurlarining ko’p va xo’p qo’llanishi avvalo adabiy- badiiy uslub bilan “katta adabiyot uchun munosibroq hisoblangan” “yuqori uslub” da badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratish talablari bilan, shuningdek uning bu tillarni juda chuqur va yaxshi bilganligi kabilar bilan izohlanadi.

Navoiy o’zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o’rganish, o’zbek tilining lug’at boyligini ko’rsatishda holisona fikrlar bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi.Balki har ikkala tilga barobar munosabatda bo’ladi, til hodisalarini,aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida o’zbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va go’zalligini, ixcham va go’zal grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqida Navoiy shunday deydi: “Bu so’zlardan xasn mundoq bilmasun va mundayin bu nav gumon qilmasunki, mening ta’bim turk alfoziga muloyim tushgan uchun ta’rifida mubolag’a ishor qilurmen va forsiy iboratg’a munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga isror ko’rguzumenkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istiqosin kishi mendin ko’prak qilmaydur erkin va salo va fasodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin…”. Darhaqiqat,fors-tojik tili Navoiy uchun ikkichi ona tiliday bo’lgan.U yoshligida ijodiy faoliyatini shu tilda she’rlar mashq qilish,yozish bilan boshlagan,umrining oxirigacha “Foniy” tahallusi bilan g’azallar,ruboiy va qasidalar bitgan,maxsus devon tuzgan.Uning fors-tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.

Ikki tilni qiyoslab o’rganish jarayonida bu tillarga doir barcha masalalarni to’la hal qilib berish vazifasini qo’ymaydi.U “Muhokamat-ul lug’atayin”da bu masalaning faqat bir tomoniga asosan fors-tojik tilida muqobili bo’lmagan o’zbekcha so’zlarni tahlil qilish bilan chegaralanadi,shular asosida ma’lum xulosalarga keladi.Aksicha, fors-tojik tilidan o’zbek tiliga qabul qilingan yoki umuman o’zbek va fors-tojik tillariga arab tilidan kirib qolgan so’zlar haqida hech narsa demaydi.Holbuki o’zbek tilini himoya qilish,uni har xil ta’na-kamsitishlardan qutqazish uchun har ikkala tilning o’zaro bir-biriga ta’sirini ko’rsatish va shu orqali o’zbek tilining lug’at boyligi jixatidan badiiy asarlar yaratishda katta imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlash lozim edi. To’g’ri, Navoiy arab va fors-tojik tillaridan o’zbek tiliga kirib qolgan so’zlar haqida,o’zbek va fors-tojik tillarining o’zaro aloqasi haqida bunday deb ma’lumot beradi: “Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va guftu-guzori bor,ul birning ham bu bir bila hamonchi takallum va guftori bor”.Ammo qiyosiy tadqiqot o’zbek tilining fors-tojik tiliga ta’sirini va aksincha fors-tojik tilining o’zbek tiliga ta’sirini kengroq ,aniqroq yoritishni taqozo etadi.

Demak, ”Muhokamat-ul lug’atayin” o’zbek adabiy tilining takomoliga erishuvi uchun Navoiy olib borgan kurashning,u amalga oshirgan butun adabiy,ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatining yakuni,umumlashmasi sifatida maydonga keldi.

O’zbek adabiy tili leksik grammatik hodisalarning silliqlashuvi, normativ holatiga kelish jarayonini so’z yasalishi sohasida ham ko’rish mumkin. Barcha so’z turkumlarida so’z yasalishi hozirgi o’zbek adabiy tili bilan umumiylikka, uyg’unlikka egadir. Jumladan, xilma xil ma’no anglatgan ot yasashda - liq’lik affiksi, kasb- hunar, birgalik, predmet, qurol vosita otlari yasashda -dosh, -duq-duk,-k, -g’ (turli muqobillari bilan), -ma, hamda –zor,-boz, - gar’-kor, ham- singari ko’pgina fors-tojik affikslari yangi so’z yasashda faol qo’llangan.

O’zlashgan qatlam – o’zbek tili leksikasining boshqa tillardan o’zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), ravshan (sug’d.), va boshqalar. Bu qismda arab, tojik-fors tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar ko’pchilikni tashkil qiladi.

O’zlashgan leksemalar hozirgi adabiy o’zbek tili lug’atida salmoqli o’rin tutadi.

O’zbek tili lug’atidagi arabcha leksemalarning oz qismigina bevosita arab tilining o’zidan olingan. Bunday o’zlashtirish asosan O’rta Osiyoga islom dinining kirib kelishi, maktab-madrasalarda arab tilining din tili sifatida targ’ib qilinishi bilan, eng muhimi – sharq olamida fan tili deb arab tilining qabul qilinganligi kabi omillar bilan bog’liq. Demak, arab tilidan bevosita o’zlashmalar asosan fanga va dinga doir leksemalarga to’g’ri keladi.

Ko’pchilik arabcha leksemalarning o’zbek tiliga o’zlashuvida fors tilining o’rni katta. Asli bunday leksemalar oldin fors tiliga o’zlashgan, keyingina o’zbek tiliga o’zlashtirilgan. Bunday yo’l bilan o’zlashgan leksemalar asosan kundalik turmushda uchraydigan narsa va hodisalarning nomlariga to’g’ri keladi.

Arabcha so’zlar o’zbek tiliga ko’pincha aynan olinmay, ma’lum darajada o’zlashtirib, o’zbeklashtirib, ko’p hollarda o’zbek tilining tovushlariga moslashtirib olingan.

Ma’lumki, arab tilida uchta qisqa ovoz tovush (a, u, i) va shularning cho’ziq shakli mavjud. Bulardan o’zbek tili ovoz tovushlariga qisqa shakllari to’g’ri keladi, shunga ko’ra o’zbek tiliga olingan arabcha leksemalar tarkibidagi qisqa tovushlar jiddiy o’zgarishga duchor bo’lmagan. Hozirgi adabiy o’zbek tili ovoz tovushlari qatorida cho’ziq tovushlar yo’q, shunga ko’ra arab tilidan olingan leksemalar tarkibidagi cho’ziq ovoz tovushlar odatda qisqa tovushlarga almashtiriladi. Arabcha leksemalarni o’zlashtirishda ular tarkibidagi cho’ziq a: tovushi asosan o’zbekcha â tovushiga almashtirilganini alohida ta’kidlash lozim, chunki bu yerda tovushni faqat miqdoriy (cho’ziqlik) jihatidangina emas, balki sifatiy (lablanish) jihatidan ham sezilarli o’zbeklashtirish voqe bo’ladi.

Arab tilining tovushlar qatoridagi bir qancha tovushlar o’zbek tilining tovushlar qatorida yo’q, shu sababli bunday arabcha tovushlar o’zbek tilidagi eng yaqin muqobiliga almashtirilgan: ikkita t tovushi t tovushiga, uchta s tovushi s tovushiga, to’rtta z tovushi z tovushiga almashtirilgan, faqat uchta x tovushidan xe tovushi harf bilan ta’minlanib, hoyi hutti va hoyi havvaz tovushlari bir tovushga (h) birlashtirilgan va b.

Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ona qo’shimchalarining arabcha va tojikcha so’zlar tarkibida uchrashini, -larcha, kabi so’zlarning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydilar.

-an affiksi arab tilida tushum kelishigi formasi bo’lib, o’sha tildan kirgan so’zlarda ravish yasovchilik vazifasini o’taydi. Bu affiks bilan harakatning bajarilish holatini bildirgan ravishlar yasalgan: qisman, haqiqatan, fikran, tamoman, javoban, majburan kabi.

Arab tilshunosligida olmoshlar alohida so’z turkumi sifatida berilmagan, balki har bir so’z turkumi ichida "yashirin ma’noli so’zlar" (zamirlar) sifatida alohida guruhlarga ajratilgai. Chunonchi, kitob, daftar, Abbos - aniq ma’noli otlar bo’lsa, men, sen, kim - yashirin ma’noli otlar (zamir otlar) dir.

Bundan tashqari tillarda ichki fleksiya, suppletivizm kabi vositalar ham mavjud. Ichki fleksiya turli drammatik ma’nolarni ifodalash uchun so`z tarkibidagi tovushlarning o`zgarishidir. Bu vosita hind – yevropa va semit tillarida keng qo`llaniladi. Masalan: ingliz tilida: see-saw-seen; nemis tilida fahren – fuhr. O`zbek tilida juda kam qo`llaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, (men -biz, sen -siz; eski o`zbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning ), arabcha so`zlar orqali o`zlashgan ichki fleksiya usullari mavjud:



Kitob - kutubxona

xabar - axbor

fikr - afkor

ilm - ulum

taraf - atrof va boshqalar.

1.2.O’zbek tiliga kirgan arabcha ko’plik shakllarining qo’llanilishi

Navoiy ijodida arab tili muhim o’rin tutadi.Shuni eslatish kerakki, Navoiy asarlarining ko’pchiligi arabcha nom bilan, so’z va iboralar bilan ataladi :

“ Hazoyin- ul maoniy”, “Navodir–ush shabob”,“ Hayrat – ul abror”,“Lison-ut tayr”, “Majolis –un nafois”, “Arbayin”, “Mezon- ul avzon”, “Mahbub- ul qulub” kabi.

Navoiy asarlarida juda ko’p so’zlar lug’aviy birliklardan tashqari ko’plab arabiy iboralar, birikmalar va alohida gaplar keng ishlatilgan: Xalloq-ul maoniy- ma’nolar yaratuvchisi, Shayx-ul Mashoyix- Shayxlar shayxi, Ayn – ul hayot- hayot chashmasi, Bahr ul najot – qutilish dengizi, alas- sabiya- bab- barovar kabi.

Navoiy bunday arabiy ibora va birikmalardan turlicha uslubiy maqsadlarda samarali foydalanadi .

Navoiy asarlarida arab tiliga xos qator grammatik shakllar ham uchraydi. Jumladan, otlarda ko`plikning quyidagi adabiy shakllari qo`llanadi:



  1. ayin affiksi orqali yasalgan juft ko`plik shakli: fiddorayin – ikki dunyoda, qurratu aynin li – ikkimizning ko`zimiz nuri, lug`atayn “Muhokamat – ul lug`atayn” – ikki lug`at muhokamasi, zulfayn – ikki soch o`rimi kabi

  2. in affiksi bilan ifodalangan ko`plik shakli: salotin, muslimin, mutaxayyirin.

  3. ot affiksi orqali yasalgan ko`plik shakli: harakot, kalimot, maqolot, xayolot, zulumot, muqaddimot, barakot kabi. Bu shakllar ko`plik affiksini (-lar) ham olib keladi: harakotlar, maqolotlar. Harakatlari tuzuksiz so`zlaridek va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek.

  4. arab tiliga xos so`zlarining ichki fileksiyasi vositasida va qo`shimcha harflar orttirish orqali yasalgan “siniq ko`plik” shakllari shuaro, vuzaro, fuqaro (faqirlar), hukamo, ashor, as’hob (do`stlar), madoriz masojid, atibbo, qulub, af`ol kabi.

Ma’lumki, o’zbek tili leksik boyligini shu tilning o’ziga xos leksik qatlami bilan birga o’zlashgan qatlam ham tashkil qiladi. Xalqlar o’rtasida turli sohalardagi o’zaro aloqalar u yoki bu xalqning tillariga ta’sir ko’rsatgan. Bir tilga xos bo’lgan fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi tilga o’tib, o’zlashib ketgan. O’zbek xalqi xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada bo’lganligi, boshqa tillardan o’zbek tiliga ham ko’plab so’zlarning o’zlashuviga olib keldi.Bu, o’z navbatida, o’zbek tili lug’at sostavida o’zlashgan leksik qatlamni vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Buni arab tili misolida ko’rib chiqamiz.

Eski o’zbek tili va hozirgi o’zbek adabiy tilida arab tiliga xos bo’lgan ko’plik qolipdagi so’zlari keng iste’moldadir. Masalan: Olim- ulamo, rab-arbob, sabab- asbob, asl-usl, asar- asor, faqir-fuqaro, amal-a’mol, xulq-axloq, had-hudud va h.k

Misol: Ulamoning fasodi ta’m bila va fuqaroning fasodi riyo birla.( Nasoyim ul- muhabbat 85 bet).



Yana : Bu toifaning a’mol va a’fol va muomilot va riyozotdin va ba’zini zikr qilmoq. ( Nasoyim ul- muhabbat 85 bet).

Eski o’zbek tili va hozirgi o’zbek adabiy tilida ko’plik qolipidagi arabiy so’zlar ko’plik ma’nosini anglatgani holda keng qo’llanadi.



Malak- maloika, she’r – ash’or, hayvon- hayvonot, sohib –sahoba, ruh-arvoh va h.k. Nabotot va hayvonot kalomining samoi va maoniysiga vuquf topmoq. ( Nasoyim ul- muhbbat 85 bet)

Yana: ... Mashoyix diydorlaridin bahramand va suhbatlaridan anjumand ermish. ( Nasoyim ul- muhabbat 85 bet )

Yana: Ajdodlari arab bo’lgan shayx Muborak ham ham Bianadagi xalq harakatida ishtirok etgan. (Humoyun va Akbar 275 bet).

Yana: Chinorning dastlabki ellik – oltmish yildagi o’sish bir avlod umriga qiyos etgulikdir.( Humoyun va Akbar 286 bet).



  1. Hozirgi o’zbek adabiy tilida o’zlashgan arabiy so’zlarning birlik va ko’plik shakli yonma- yon kelib, juft so’zlarni hosil qiladi va ular ma’no kuchaytirish uchun hizmat qiladi. Masalan: Davr- davron, sir-asror, haq-huquq, shart- sharoit, hol- ahvol, rasm- rusum va h.k.

  2. O’zbek adabiy tiliga o’zlashgan arabiy so’zlarning ko’plik shakli birlikdagi shakliga nisbatan kengroq iste’molda. Masalan:

Birlik. Ko’plik.

Siloh aslaha

Jad ajdod

Valad avlod

Vali avliyo

Nabi anbiyo

Yavm ayyom

Lavn alvon

Shay ashyo

Uzv a’zo

Bu so’zlarning ko’plik shakli o’zbek tilida mustaqil ma’no beruvchi birlikdagi so’z sifatida keng qo’llanadi.

” Avliyolikning boshlanishi payg’ambarlikning oxiridir”.( Nasoyim ul- muhabbat 309 bet)

Yana: Chun anbiyoning ashrafi erdi, qavm- aqvomning ashaddiy... ( Nasoyim ul- muhabbat 183 bet ”.


  1. Arab tilida bir so’z ikki yoki undan ortiq ko’plik shakliga ega. O’zbek adabiy tiliga ulardan bir shakligina o’zlashgan bo’lib, u birlikdagi ma’nosiga ma’nodosh bo’lgan so’zni ifodalaydi.

Arab tilida ayn so’zi o’zbek tiliga ” ko’z” deb tarjima qilinadi. Uning ko’plik shakllari (uyun ), ( a’yun), (ayon). Bulardan ( uyun), (a’yun) ”ko’zlar” deb tarjima qilinadi, (a’yon) ko’plik shakli esa o’zbek tiliga o’zlashgan bo’lib, u ”ko’zga ko’ringan shaxslar” degan ma’nono anglatadi. M: A’yonlar Akbarga ta’zim qildilar.( Humoyun va Akbar 298 bet)

  1. Arab tilida ko’plikdan ko’plik yasash usuli ham mavjud bo’lib bunday ” o’ta” ko’plik qolipidagi so’zlar ham o’zbek tilida qo’llanadi.

( dor)- ”uy”, ”turar joy” so’zining ko’pligi ( dur ) bo’lib, undan ( diyor) ko’plik shakli yasaladi.

(dor) – “uy”, “turar joy” so’zining ko’pligi (dur) bo’lib, undan (diyor)- ko’plik shakli yasaladi. O’zbek adabiy tilida “diyor” so’zi keng qo’llanilib, u endi faqat, “uy”, “turar joy” degan ma’nolarni anglatib qolmay, balki, keng ma’nodagi “yashash joyi”, “yurt”, “mamlakat” degan ma’nolarni ham bildiradi.

Arab tilida ko’plikdagi otlarga (ot) qo’shimchasi qo’shilib ham “o’ta” ko’plik yasaladi. Masalan: (ajibatun)- so’zidan (ajoibu)- ko’plik- (ajoibot)- (o’ta ko’plik yasalgan). “Ajoib” va “ajoibot” so’zlari o’zbek tilida keng qo’llanadi.

5. Arabiy so’zlarning o’zlashgan ko’plik shakllari hozirgi o’zbek adabiy tilida “g’alati mashhur” iborasi bilan ham qo’llanadi. Bu holbuki ichki ma’no jihatidan bog’liqlik bo’lsa-da, so’zlar o’zining asosiy bosh ma’nosidan uzoqroq ma’noni anglatib keladi.

Masalan, “insho” so’zining arab tilidagi lug’aviy ma’nosi:

a) Muassasa, qurilish

b) Ijodiy asar, sochma asar, yozuv xat.

O’zbek adabiy tilida insho so’zi faqat “sochma asar”, “asar”, “yozuv xat” ma’nosini ifodalab keladi. Bu so’zning arab tilidagi ko’plik shakli “inshoot” bo’lib, bu so’z o’zbek adabiy tilida faqat “qurilish”, “bino”, “imorat” kabi ma’nolardagina qo’llanadi.

Yoki, arabiy xotira so’zi, g’oya, tushuncha, esda saqlash kabi ma’nolarni anglatsa, uning ko’plik shakli xavotir o’zbek adabiy tilida o’zining bosh ma’nosidan uzoqroq bo’lgan “taxlika”, “qo’rquv” ma’nolarida ishlatiladi.

Shuningdek, munshaat “qurilish”, “muassasa” ma’nolarini bildiruvchi arabiy so’zning ko’pligi munshaot hozirgi o’zbek tilida “mayda nasriy asarlar”, “xatlari to’plami” ma’nosida qo’llanadi.



  1. Arab tilidagi ko’plik qo’shimchasi (ot) fe’lning funktsional formalarni hisoblangan harakat nomi (masdar), va sifatdoshlarga qo’shilib ko’plik shaklini hosil qiladi. Bunday so’zlarning ham birlik, ham ko’plik shakllari o’zbek tilida o’zlashgan bo’lib, keng iste’moldadir. Lekin bu so’zlarning har ikkala shakli ham mustaqil ma’no anglatuvchi so’z bo’lib, boshqa-boshqa grammatik vazifalarni bajaradi.

a) Masalan: “ harakat nomi”-masdarga + (ot) qo’shilgan.

Isloh-islohot (4-bob masdari)

Hisob-hisobot (3-bob masdari)

b) sifatdoshlarga - ot qo’shimchasi qo’shilib ko’plik shakllari yasaladi.

Masalan: Mavjud-mavjudot, mahsul-mahsulot.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, arabiy so’zlarning ko’plik shakllari ham eski o’zbek tili va hozirgi o’zbek adabiy tilida keng qo’llangan va ular o’rniga qarab alohida-alohida grammatik funksiyalarni bajarib keladi.




II BOB

Badiiy matnda forscha ot yasovchi qo`shimchalarning qo`llanilishi

2.1. F o r s–t o j i k t i l l a r i d a n o’ z l a sh t i r i l g a n s o’ z l a r. Bunday so’zlarning o’zbek tiliga o’zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor:

a) o’zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo’shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi;

b) o’zbek-tojik va tojik-o’zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqalganligi;

v) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo’lganligi;

d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va boshqalar.

Hozirgi o’zbek tilida fors - tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar orasida otlar (sartarosh, avra, avra-astar, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badbo’y, badjahl, baland, baravar, barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, ozoda, toza), ravishlar (bajonidil, banogoh, do’stona, tez, bazo’r, astoydil, chunon), bog’lovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo’sh, xuddi), modal so’zlar (chunonchi, binobarin) uchraydi.

Fors-tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlarda: a) so’z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g’isht, go’sht, daraxt, karaxt, do’st, past, kaft, farzand kabi. (Umumturkiy so’zlarda bu holat kam uchraydi); b) kuchsiz lablangan “o” unlisi so’zning barcha bo’g’inlarida qo’llanadi: ohang, nobud, bahor, obodon, peshona kabi.

Tojik-fors tillaridan o’zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o’zlashgan: prefikslar –“be-”, “ba-”, “no-”,“ham-”, “bar-“, “kam-”, “xush-“; suffikslar “-kor”, “-zor”, “-xo’r”, ”-parvar”, “-kash”, “-bop”, “-boz”, “-do’z”, “-namo”, “-paz”, “-furush” va boshqalar. Ular dastlab tojik-fors so’zlari tarkibida qo’llangan, keyinchalik o’zbek tilining so’z yasovchi affikslari qatoridan o’rin olib, yangi so’zlarning yasalishida ishtirok etgan, shu yo’l bilan o’zbek tili leksikasini yanada boyitgan. Masalan: badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, nosoz, noto’g’ri, hamyotoq, hamkurs, hamyurt, barkamol, kamsuv, kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, o’rikzor, olmazor, to’qayzor, bug’doyzor, bug’doykor, nafaqaxo’r, tekinxo’r, adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kostyumbop, gruppaboz, buyruqboz, maxsido’z, telbanamo, ipakfurush kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan o’zlashgan xona, noma so’zlari o’zbek tilida affiksoid vazifasida qo’llanib, yilnoma, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so’zlarning yasalishida ishtirok etgan.

Tojik tilidan o’zlashtirilgan so’zlarga o’zbek tilining so’z yasovchi qo’shimchalarini qo’shib leksema yasash hollari ham anchagina bor (bu haqda “O’z qatlam” bahsiga qarang).

Tojik tilidan so’z o’zlashtirilishi o’zbek tilining lug’at tizimida yangi sinonimik qatorlarni ham yuzaga keltirgan: qirov(o’zb.) – shabnam(toj.), yaproq(o’zb.) – barg(toj.), oltin(umumturkiy) – tilla(toj.), buloq(o’zb.) – chashma(toj.) kabi. Bunday holni antonimlar tizimida ham ko’ramiz: do’zax(f-t.) –jannat(ar.), yirik(o’zb.)-mayda(f-t.)

Boshqa tildan olingan leksemalar tarkibida kirib kelib, o’zbek tili manbaida ham leksema yasash vazifasini bajaradigan ayrim old qo’shimchalar – prefikslar mavjud (lot. praefixum < prae - oldida fixus biriktirilgan). Masalan, hozirgi o’zbek tiliga fors-tojik tilidan olingan leksemalar orasida ba-, be-, no-, ser- prefikslari bilan yasalgan leksemalar anchagina. Bulardan be-, no-, ser- prefikslari bir qancha o’zbekcha leksemalarga ham qo’shilib keladi, demak, o’zbek tilida leksema yasash vazifasini bajaradi: notanish-, notinch-, noto’g’ri-, noo’rin-, noqulay-; bebosh-, betinim-, bechiqim-; serajin-, serildiz-, sertuk-, serunum-, serqatnov- kabi; ba- prefiksida esa o’zbekcha leksemalarga qo’shilib yangi leksema yasash xususiyati deyarli yo’q.

Leksemani yasama leksema deyish uchun uning tarkibida yasalish asosi bo’lib kelgan leksema ham, yasovchi affiks ham hozirgi o’zbek tilida aniq ajralib turishi, yasalish asosi mustaqil leksema mavqeiga ega bo’lishi, boshqa yasama leksemalarga ham asos sifatida xizmat qilishi, affiks ham shunday xususiyatlarga ega bo’lishi lozim. Masalan, ishchi-, ishchan-, nota-nish-, serildiz-, bechiqim- kabi leksemalar tarkibida yasalish asosi bo’lib kelgan leksemaga va yasovchi affiksga (suffiksga, prefiksga) aniq ajralib turadi; shunday leksemalarga qiyosan beandisha, bearmon, serfarzand, sergap, serhosil, noumid, noqobil- kabi yasalish asosi va yasovchi affiksi o’zbekcha bo’lmagan leksemalar ham ma’noli qismlarga ajratiladi, yasama leksema deyiladi, demak, bunday leksemalarda ham leksema yasalish tahlili amalga oshiriladi.

Bugungi kunda ham hosila berib turgan qoliplar unumli so’z yasash qoliplari deyiladi. Unumli so’z yasash qoliplari hosila berish darajasiga qarab o’z o’rnida ikkiga bo’linadi: mahsuldor unumli so’z yasash qoliplari va kammahsul unumli so’z yasash qoliplari.

-gar, -kash, -mon vositali qoliplar unumli kammahsul qoliplarga misoldir. -chi, -li, -la vositali qoliplar mahsuldor unumli so’z yasash qoliplaridir. So’z yasovchi vositalar orqali har xil grammatik ma’nolar ifodalanishi mumkin. Masalan, -kash yasovchisi hosilasi sifat ham, ot ham bo’ladi (mehnatkash - ot, dilkash - sifat). Demak, so’z yasovchi vositalar nafaqat yangi so’z hosil qiladi, balki yangidan-yangi grammatik ma’nolarni ham vujudga keltiradi. Bu mustaqil so’zlarda lug’aviy ma’noning grammatik ma’no bilan dialektik aloqasini, ularning o’zaro yaxlitlikda mavjudligini ko’rsatadi.

O’zbek tilida leksema yasash vazifasini asli forscha fe’l asosi (ko’pincha hozirgi zamon asosi) ham bajaradi. Ot, sifat, son leksemaga fe’l asosini qo’shib leksema hosil qilish fors-tojik tilida leksema tuzish (tuzma leksema) deyiladi: bog’- dor­ bog’dor­ (dor- - doshtan - ega bo’l- fe’lining hozirgi zamon asosi), dur- uzoq, bin- durbin­ (bin- - didan - ko’r- fe’lining hozirgi zamon asosi), choryak­ - to’rtdan bir kor- (koridan - ek- fe’lining hozirgi zamon asosi) choryakkor­ > chorakkor­ > chorakor­ kabi.

Bunday forscha fe’l asoslari o’zbek tiliga bir qancha forscha leksemalar tarkibida kirib kelgan; ulardan ayrimlari keyinchalik o’zbekcha leksemalarga ham qo’shilgan. Shunday xususiyat doshtan fe’lining dor- hozirgi zamon asosiga xos: yarador-, dongdor-, bo’ydor-, ilmoqdor- kabi. Lekin dor- o’zbek tilida fe’l asosi deb tushunilmaydi, balki leksema yasovchi deb tushuniladi. Asli fe’l asosi ekanini e’tiborga olib affiks emas, affiksoid deb baholash to’g’riroq. Tojik tilida tuzma leksemalarga teng deb qaraladigan bunday birliklar o’zbek tilida yasama leksema deb baholanadi.

O’zak morfemalar affiksal morfemalarga aylanishi mumkin. Masalan, ishxona, choyxona, bosmaxona, yotoqxona, duxtirxona so’zlaridagi "xona" elementi lug’aviy ma’nosida emas, o’rin-joy yasovchi affiksal morfema vazifasida kelmoqda.

Tilimizdagi -noma, -xo’r, -goh, -bon kabi elementlar ham "xona" kabi vazifa bajarib keladi.

Xona-, noma-, goh- kabi forscha leksemalar, o’zbek tilida mustaqil ishlatilishdan tashqari, ishxona-, oshxona-, taklifnoma-, ma’lumotnoma-, sayohatnoma-, sayrgoh-, oromgoh- kabi leksemalarning tarkibida yasovchi qism sifatida qatnashadi; bir qancha leksemalarga qo’shiluvchi qism bo’lib kelgani sababli mustaqil leksemalik holatidan affiksoidlik holatiga o’tgan. Bular qatnashuvi bilan hosil qilingan leksemalar fors-tojik tilida tuzma leksema deb qaraladi, lekin o’zbek tilida yasama leksemalarga tenglashtiriladi:

Xullas, yasama leksemalarda yasalish asosi bo’lib leksema xizmat qiladi, leksema yasovchi vazifasini affiks (asosan suffiks, qisman prefiks), ba’zan affiksoid bajaradi, hosila esa leksemaga teng bo’ladi: ish + chi ishchi-, be+ ish- beish-, ish+-xona ishxona kabi.

Hozirgi o’zbek tili lug’at boyligida, ko’pchilik turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan qismdan tashqari, o’zbek tilining o’z mustaqil taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan qism ham mavjud. Buni, bir tomondan, o’zbek tilining o’zi doirasidagi yangi-yangi yasalishlarda ko’rsak, ikkinchi tomondan, leksemalarning leksik ma’no taraqqiyoti natijalarida ko’ramiz. Bulardan tashqari, boshqa tildan olingan leksemaga o’zbekcha affiksni qo’shib leksema yasash ham avj olgan. Masalan, jangchi-, xizmatchi-, traktorchi- kabilarda leksema yasash asosi – boshqa til leksemasi, yasovchilar esa – o’zbek tiliniki.

Buning aksi, ya’ni o’zbekcha leksemaga boshqa tilga xos morfemani qo’shib leksema hosil qilish ham uchraydi. Masalan, bebosh- (bevosh-), be-ish-, bilimdon-, tug’ruqxona- kabilar shu yo’l bilan yasalgan.

Fors tilidan o’zlashtirishlar ham tarixan salmoqli bo’lgan. Fors tilidan o’zlashtirilgan leksemalarda jiddiy tovush o’zgarishlari sodir bo’lmagan, chunki o’zbek tili bilan fors tilining tovushlar qatori orasidagi farqlar u qadar katta emas: andisha , baland , gap , daromad , jon , zar , mayda , nam , ozoda va b.

Hozirgi adabiy o’zbek tili lug’atida boshqa sharq tillaridan o’zlashtirilgan leksemalar ko’p emas

O’zbek tili lug’atining sofligi uchun kurashamiz deb bir til lug’atidan olingan leksema o’rniga boshqa til lug’atidan olingan yoki shunday birlik asosida yasalgan leksemani tavsiya etish o’zbek tili lug’atini soflashtirmasligi aniq: institut- (lotincha) – oliygoh- (arabcha + fors-tojikcha), fakultet- (lotincha) – kulliyot- (arabcha) kabi almashtirishlar lug’atimizning sofligini mutlaqo ta’minlamaydi. O’zlashtirma leksema o’zbekcha leksema bilan almashtirilsagina, lug’atimiz sofligiga xizmat qiladi: sovet- (ruscha) – kengash- (o’zbekcha) misolidagi kabi. Lekin bunday almashtirishlar juda oz bo’ldi.

Leksemaning (asosning) oldiga qo’shilib keladigan affiksga prefiks deyiladi (lot. praefixum < prae - oldindagi, fixus - biriktirilgan). O’zbek tili morfemalari tizimiga prefiks xos emas; lekin fors-tojik tilidan olingan leksemalar tarkibida kirib kelib, keyinchalik o’zbekcha leksemalarga ham qo’shib ishlatila boshlagan ayrim prefikslar mavjud: be-, (beish- kabi), ser- (serunum- kabi).

Affiksoid deb asli leksik birlik bo’lib, keyinchalik xuddi affiks kabi grammatik ma’no ifodalashga xizmat qilib, affiks kabi bir necha leksemalarga qo’shilib kelish xususiyatiga ega bo’lgan birlikka aytiladi (lot. affixoid - affiksga o’xshash). Masalan, lug’atimizda xona- leksemasi mavjud (katta xona- kabi), shu bilan birga -xona affiksoidi ham mavjud (ishxona-, oshxona-, choyxona- kabi); noma- leksemasi ham (vassalom, noma tamom kabi), -noma affiksoidi ham (taklifnoma-, aybnoma-, ruxsatnoma- kabi) mavjud.

Tojik tilidan olingan leksemalar tarkibida tilimizga kirib kelib, keyinchalik o’zbekcha so’zlarga ham qo’shilish xususiyatiga ega bo’lgan, asli fors-tojikcha fe’lning asosiga (ko’pincha hozirgi zamon asosiga) teng birliklar ham o’zbek tili nuqtayi nazaridan affiksoidga tenglashtiriladi. Masalan, aybdor-, bo’ydor-, yag’rindor- kabi leksemalar tarkibida qatnashadigan -dor qismi asli fors-tojikcha doshtan (ega bo’l-) fe’lining hozirgi zamon asosiga teng. Tojik tilshunosligida bunday qism qatnashadigan leksema tuzma leksema deyiladi, demak, bunday qism leksemaga tenglashtiriladi; o’zbek tilshunosligida esa affiksga o’xshatilib affiksoid deb qaraladi. Affiksoidlar leksema yasovchilik vazifasini bajaradi.



Yüklə 263,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə