O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


- no + ot qolipi 1) asosdan anglashilgan narsaga ega emaslikni bildiruvchi sifat yasaydi M



Yüklə 263,69 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2018
ölçüsü263,69 Kb.
#38793
1   2   3   4

- no + ot qolipi 1) asosdan anglashilgan narsaga ega emaslikni bildiruvchi sifat yasaydi M: noumid, noinsof, noo’rin;

Bo’lsa o’tu suvu havo dilpazir,

Ul aro tufroq ham erur noguzir.

(13 – bob 8- sahifa )

Xalqni oldingda qilib notavon,

Barchasig’a ayladi hukmung ravon.

( 26-bob, 17 sahifa )

Balki bu nobud xayolot anga,

Qaysi xayolotki, zarrot anga.

( 28-bob, 21 sahifa )

Yetgach aning boshi uza nogahon

Far eta uchsa edi ul notavon,

( 41-bob, 40 sahifa )

Dahrki, hush ahlig’a zindon erur,

Bo’lg’on anga shefta nodon erur.

( 56-bob, 59 sahifa )

Shah boqib ko’rdi chu noshod ani,

Lutf etibon ayladi ozod ani.

2) asosdan anglashilgan belgiga qarama-qarshi belgini bildiruvchi sifat

ham hosil qilinadi: nomard, noma’lum, nomunosib.

Katmi adam gulshani ichra nuhuft

G’unchalar erdi borisi noshuguft,

(14 bob, 10- sahifa)

So’z aro yolg’on kibi yo’q nopisand,

Aylar aning nazmini dono pisand.

( 14 bob, 11 sahifa )



-sifat + namo qolipi biror shaxsning asos bildirgan xarakter-xususiyat belgisiga ega ekanligini bildiruvchi sifat yasaydi (darvishnamo, avliyonamo, majpunnamo).

- namo affiksi yordami bilan taqlid, o’xshatish ma’nosidagi ravishlar yasaladi: oliftanamo, hazilnamo, olimnamo kabi.



- ot + parvar qolipi asosdan anglashilgan narsani sevishni bildiruvchi sifatni bildiradi (xalqparvar,insonparvar, vatanparvar).

  • mand: kasalmand, davlatmand, orzumand.

Forsi el topti chu xursandliq,

Turk dog’i topsa barumandliq.


Toj boshingdin bo’lubon sarbaland,

Taxt ayog’ingdin o’lub arjumand.

( 26-bob, 16 sahifa )

Faqru qanoatdin o’lub sarbaland,

Vajd ila holatdin o’lub bahramand.

( 28-bob, 21 sahifa )

Ko’rib o’tilganlardan tashqari -aki (daxanaki, zo’raki), bad-(badahloq, badxazm, badbashara), -shumul (olamshumul, jahonshumul). -chil (dardchil, izchil), -kay (kungay, terskay ), -don (gapdon, bilimdon), -kash (dilkash, hazilkash). -m (qaram), -lom (sog’lom), -qa (qisqa) -bop (qishbop, palov6op), xush-(xushbichim, xushhavo) affiksli qoliplar asosida ham sifatlar yasalgan. Bu affiksli qoliplar unumsiz bo’lganligi uchun ularning umumiy tomonini mavjud hosilalaridan umumlashtirib chiqarib bo’lmaydi.

Ifoda jihatining teng kelib qolishi natijasida voqe bo’lgan omonimiya:

o’zbekcha leksema bilan o’zlashma leksema orasida bo’ladi:

a) o’zbekcha leksema bilan fors-tojikcha leksema orasida: yor- I (¢ikkiga aj-rat-¢) - yor- II (¢mahbuba¢); bog’- I (bir bog’ piyoz) – bog’- II (¢meva- zor¢) kabi;

b) o’zbekcha leksema bilan arabcha leksema orasida: sir- I (bo’yoqning nomi) - sir- II (¢maxfiy ish, gap, narsa¢); sana- I (¢donalab hisobla-¢) - sana- II (¢muhim voqea ta’kidlanadigan yil, oy, kun¢) kabi;

) o’zlashma leksemalar orasida bo’ladi:

a) fors-tojikcha leksemalar orasida: soz- I (muzika asbobining nomi) - soz- II (¢yaxshi¢), bod- I (¢shamol¢) - bod- II (¢shish¢) kabi;

b) arabcha leksemalar orasida: safar- I (¢sayohat¢) - safar- II (¢gal¢, ¢marta¢), rasm- I (¢suvrat¢) - rasm- II (¢urf-odat¢) kabi;

v) arabcha leksema bilan fors-tojikcha leksema orasida: karam- I (¢mehr-shafqat¢) - karam- II (sabzavotning nomi) kabi.

Omonimiya ba’zan salbiy hodisa deb baholanadi. Aytishlaricha, omonimiya fikrni to’g’ri va tez anglashga xalaqit beradi. Shu jihatdan til uchun ortiqcha yuk deb qaraladi. Bu fikrga qo’shilish qiyin. Chunki omonimning yolg’iz o’zi bilan gapshakl tuzib, fikr anglatish kamdan kam uchraydi. Matn esa odatda omonimiya tufayli yuzaga keladigan qiyinchilikni bartaraf etadi.

Nutqda ikki xil tushunilishi mumkin bo’lgan holatlarga ba’zan ongli ra-vishda yo’l qo’yiladi, shu asosda so’z o’yini hosil qilinadi. Buni omonimiya-dan qisman bo’lsa-da ijobiy foydalanish deb baholash kerak. Ikkinchidan, omonimiyadan maxsus poetik janr – tuyuq tuzishda keng foydalaniladi. Ma’lumki, tuyuq xalq og’zaki ijodiyotida ham, yozma badiiy adabiyotimiz tarixida ham alohida o’rin egallagan.

Askiyada omonimiyadan ustalik bilan foydalaniladi.

Umuman, omonimiyaning voqe bo’lishi tilning o’z xususiyati bilan izohlanadi: Har bir tilda tovushlar soni sanoqli, shu tilda ishlatiladigan tovush kombinatsiyalari ham cheksiz emas. Ikkinchidan, leksemalarning ifoda jihatida ham, ma’no jihatida ham uzluksiz o’zgarishlar bo’lib turishi bilan omonimiyaning paydo bo’lishi tabiiy hodisa deb qaralishi lozim.

Nominativ ma’nosi so’ngan leksemalar asosan eskirgan leksemalarga, shuningdek boshqa leksemalar bilan ma’no munosabatini, yasalish jihatidan bog’lanishini yo’qotgan leksemalarga to’g’ri keladi: basir- (arabcha, ma’nosi - ¢ko’ruvchi¢: Basir bo’lgur – ayollarning "teskari" qarg’ishlaridan), baxsh- (fors-tojikcha, ma’nosi - ¢atash¢: baxsh et-), bahr- yoki bahra- (arabcha, ma’nosi - ¢hissa¢, ¢nasiba¢, ¢foyda¢: bahra ol-), ado- (fors-tojikcha, ma’nosi - ¢o’tash¢, ¢bajarish¢: ado et-), yit- (yo’qolib-yitib ket-), sun- (bo’ysun- < bo’yin sun-) kabi.

Sinonimik munosabat:

1) bir tilning o’z leksemalari orasida bo’ladi. Bu – har bir tilning o’z ichki taraqqiyoti bilan yuzaga keladigan holat. Masalan, gapir-, so’zla-; yanch-, tuy- kabi sinonimlar o’zbek tilining o’z imkoniyati asosida yuzaga kelgan;

2) o’z leksema bilan o’lashma leksema orasida bo’ladi. Masalan, oz-, kam-; barcha-, hamma-; toza-, pok-; yolg’on-, soxta- (o’zbekcha – fors-tojikcha); ayirma-, farq-, tafovut-; bo’lak-, qism-; kishi-, inson-, odam-; uyushma-, ittifoq- (o’zbekcha – arabcha) kabi;

3) o’zlashma leksemalar orasida ham voqe bo’ladi. Masalan, analiz-, tahlil- (yunoncha – arabcha), maktub-, noma- (arabcha – fors-tojikcha); rasm-, odat- (arabcha – arabcha) kabi.

Demak, sinonimik munosabat avvalo o’zbek tili lug’at boyligidagi o’z qatlam leksemalari orasida voqe bo’ladi. Shu bilan birga, boshqa tildan leksema o’zlashtirish oqibatida ham sinonimik munosabat yuzaga kelishi mumkin.

Affikslarning shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir xil bo’lish hodisasi affiksal sinonimiyadir. Affiksal sinonimiya asosan, bir so’z turkumi doirasida yuz beradi. Ayni choqda, u vazifasi bir xil affikslar doirasida, ya’ni so’z yasovchilararo, forma yasovchilararo yuz beradi: o’rin-siz va no-o’rin, g’ayrat-li va ser-g’ayrat (so’z yasovchilararo) ; o’zgar-t va o’zgar-tir kabi (forma yasovchilararo).

Sinonimik affikslarning turli asoslarga qo’shilib, yangi so’zlar yasash darajasi ma’no ottenkalariga ko’ra ham, qo’llanish doirasining keng - torligiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan, mahsuldor sanalgan shaxs oti yasovchi -chi affiksi bilan shunday ma’noli shaxs oti yasovchi -shunos qo’shimchasini qiyoslaganimizda bu yaqqol ko’zga tashlanadi: adabiyotchi - adabiyotshunos, tilchi - tilshunos tarzida qo’llansa-da, lekin xizmatchi, bo’yoqchi so’zlarini "xizmatshunos", "bo’yoqshunos" deb, sharqshunos,

tuproqshunos so’zlarini "sharqchi", "tuproqchi" deb ham qo’llab bo’lmaydi.

Affiksal antonimiya.Qarama-qarshi ma’no anglatuvchi affikslar affiksal antonimiyani keltirib chiqaradi. Tilimizda affiksal antonimiya, asosan, so’z yasovchi affikslar doirasida uchraydi: -li - siz: aqlli-aqlsiz; -li - be-: sabrli - besabr; be- ba-: bedavlat - badavlat. Keltirilgan affiksal juftliklar har doim ham, barcha holatlarda antonim bo’lib kelavermaydi. M: boshli - bebosh deb ishlatmaymiz.

XULOSA

Fors-tojik tilining ta’siri natijasida o’zbek tilining fonetik tizimi va grammatik qurilishida ham ayrim o’zgarishlar yuzaga keldi.Bularning muhimlaridan biri sifatida bevosita fors-tojik tilining ta’siri ostida yetakchi shahar shevalarida turkiy til fonologik tizimiga xos bo’lmagan tovushlarning paydo bo’lishini ko’rsatish mumkin.Chetdan kirib qolgan bu qo’shimcha omil ta’sirida til oldi unlilarining konvergensiyasi yuzaga keldi. Buning natijasida Toshkent tipidagi shahar shevalarining vokalizmi fors-tojik tili unlilariga yaqinlashib bordi, Samarqand- Buxoro shevalarining unlilari tarkibi esa ilgaridan fors-tojik tili vokalizmiga yaqin edi.Bu hodisa o’zbek tilida singarmonizmning qisqarishiga, shahar shevalarida esa asta-sekin kuchsizlanib yo’qola borishiga olib keldi.

(V.V Reshetov. Uzbekiskiy yazik.Tashkent,1959,37-38- betlar.)

Fors -tojik tilidan o’zlashtirilgan so’zlar tarkibida bo’lgan bir qator yasovchi vositalar (-zor,-don,-iston,-ham,no-,be-) keyinchalik o’zbek tilida ham yangi so’zlar yasashga xizmat qiluvchi affiks bo’lib qoladi: olmazor, tuzdon, kuldon, hamqishloq, noo’rin, beomon kabi yasovchi affikslar bilan birga mustaqil so’z negizlaridan hosil bo’lgan yasovchi elemenlar –affiksoidlar ham qabul qilinadi

(-shunos, -xo’r, -do’z, -kash, -xon, -xona, -noma, -parvar kabi), tilshunos tuproqshunos, oshxo’r, qonxo’r, etikdo’z,ishxona , chizmakash singari.

O’zbek tili ham, o’z navbatida, fors-tojik tilining rivojlanishiga, uning leksikasiga va ayniqsa grammatikasiga ma’lum darajada ta’sir qilgan o’zbek tilidan juda ko’p so’zlar iboralar lug’aviy birliklardan tashqari, bir qator so’z yasovchi va shakl yasovchi affikslar ( -chi, -cha , dosh, siz, lik kabi ) ham fors-tojik tiliga ham qabul qilingan.

O’zbek va fors-tojik tillarining o’zaro bir-biriga ta’siri bizning davrimizgacha davom etdi,yana ham mustahkamlanib bordi.Buning natijasida ikki tilchilik hodisasi yuzaga keldi,shiru-shakar usulida yozilgan asarlar paydo bo’ldi.

Bunday so’zlarning o’zbek tiliga o’zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor:

a) o’zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo’shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi;

b) o’zbek-tojik va tojik-o’zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqalganligi;

v) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo’lganligi;

d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va boshqalar.

Fors-tojik tillaridan o’zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o’zlashgan: prefikslar –“be-”, “ba-”, “no-”,“ham-”, “bar-“, “kam-”, “xush-“; suffikslar “-kor”, “-zor”, “-xo’r”, ”-parvar”, “-kash”, “-bop”, “-boz”, “-do’z”, “-namo”, “-paz”, “-furush” va boshqalar. Ular dastlab tojik-fors so’zlari tarkibida qo’llangan, keyinchalik o’zbek tilining so’z yasovchi affikslari qatoridan o’rin olib, yangi so’zlarning yasalishida ishtirok etgan, shu yo’l bilan o’zbek tili leksikasini yanada boyitgan. Bulardan tashqari, tojik tilidan o’zlashgan xona, noma so’zlari o’zbek tilida affiksoid vazifasida qo’llanib, yilnoma, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so’zlarning yasalishida ishtirok etgan.

Ot yasovchi qoliplarning aksariyati ko’p ma’noli qoliplardir. Quyida ularni ko’rib o’tamiz.

- shunos: tilshunos, adabiyotshunos, tarixshunos.


  • kor: g’allakor, paxtakor, sholikor.

  • kash: aravakash, pillakash, suratkash.

  • xon: kitobxon, jurnalxon, duoxon kabi.

  • do’z: etikdo’z, mahsido’z kabi.

  • gar: zargar, savdogar kabi.

  • dosh: sinfdosh, sifatdosh, ohangdosh kabi bu affiks fe’ldan boshqa deyarli barcha so’z turkumlaridan ot yasaydi

Tilimizda fors-tojik tilidan kirib kelgan anchagina o’rin-joy, predmet oti yasaydigan affikslar ham borki, ular tilda aktiv qo’llaniladi:

  • iston: O’zbekiston, Guliston, qabriston.

  • zor: paxtazor, lolazor kabi.

  • goh: saylgoh, oromgoh kabi.

  • don: kuldon, siyohdon kabi.

  • xona: ishxona, choyxona kabi.

-shunos affiksli ( ot + shunos qolipi asosdan anglashilgan sohani o’rganuvchi mutaxassis oti) qolipi bir ma’noli bo’lib, u quyidagi hosilalarni beradi: adabiyotshunos, tilshunos, tarixshunos, o’lkashunos, musiqashunos kabi.

Ko’z och, agar xud bor esang rahshunos,

Ish ravishin ayla aningdek qiyos, ( 26-bob, 17 sahifa )

-kor affiksli ikkita qolip mavjud: a) aniq ot + kor qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetni yetishtirish bilan shug’ullanuvchi shaxs oti) (paxtakor, lavlagikor, sholikor, g’allakor) va b) mavhum ot + kor qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug’ullanuvchi shaxs oti yasaydi (madadkor, xiyonatkor, gunohkor, tajovuzkor, tashabbuskor, ijodkor, xizmatkor).

Charx to’quz durjiki zarkor erur,

Javfida yuz ming duri shahvor erur. ( 36-bob, 31 sahifa )

-kash affiksli qolip ham ikki manolidir: a) ot +kash qolipi a) asosdan anglashilgan ish, mashg’ulot bilan shug’ullanuvchi shaxs oti; b) asosdan anglashilgan ishni bajarish odati kuchli bo’lgan shaxs oti; a) zambilkash, kirakash, loykash, paxsakash

Hotami Toyig’a bir ozodavash

Dediki: ,, Ey himmating ozodakash, ( 31-bob, 25 sahifa )

b) J’anjalkash , hazilkash.

Sarvlari sarkashu zangorgun,

Har biri ko’k borgahig’a sutun.

Garchi bo’lur qalb diram ro’ykash,

Andin ayirmoq bo’lur o’t birla g’ash. ( 28-bob, 21 sahifa )



  • ot + xon qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetni doimiy mutolaa qiluvchi shaxs oti (gazetxon, kitobxon, jurnalxon, duoxon),

  • ot + do’z qolipi asosdan anglashilgan narsa -predmetni tikuvchi shaxs otini bildiradi (etikdo’z, maxsido’z, mo’ynado’z, do’ppido’z),

  • ot + gar qolipi asosdan anglashilgan narsa -predmet bilan bog’liq kasbni qiluvchi shaxs oti yasaydi (zargar, sovungar, savdogar),

Zahr ila yoshil bo’lubon paykari,

Bulbul aning boshida afsungari. ( 18-bob, 15 sahifa )



  • ot + soz qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetni yaratuvchi, tuzatuvchi shaxs oti hosil qiladi (soatsoz, stanoksoz, asbobsoz)

Goh visol ichra bo’lub ayshsoz,

Goh firoq o’tig’a aylab gudoz, ( 17-bob, 14 sahifa )

- ot + paz qolipi asosdan anglashilgan taomni tayyorlovchi shaxs oti yasaydi (oshpaz, somsapaz, mantitaz, kabobpaz).


  • ot + boz qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan ko’p shug’ullanuvchi, unga berilgan shaxs otini yasaydi (majlisboz, arizaboz, maishatboz, safsataboz, va’daboz, guruhboz, kaptarboz, bedanaboz).

Charx urubon rev ila nayrangsoz,

O’ylaki ko’k xirqa bila tosboz. ( 48-bob, 47 sahifa )



  • ot + xo’r qolipi asosdan anglashilgan yegulik, ichimlikni doimiy iste’mol qiluvchi shaxs oti hosil qiladi (mayxo’r, araqxo’r, nafaqaxo’r, choyxo’r).

  • ot + parast qolipi asosdan anglashilgan narsaga e’tiqod qiluvchi shaxs oti yasaydi (butparast, mayparast, shaxsiyatparast, maishatparast),

  • ot+tarosh qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug’ullanuvchi ot yasaydi.

Subha dema, butki yo’nib buttarosh,

Dona yasab, harne qolib reza tosh. ( 28-bob, 19 sahifa )



- ot + go’y qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat, hodisani doim bajarib turadigan shaxs otini yasaydi (maslahatgo’y, duogo’y,,nasihat -go’y).

- ot + dor qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetga ega bo’lgan shaxs oti

yasaydi (bog’dor, quldor, do’kondor),

Ne chrkkay ko’kka boshin tojdori,

Yo’q ersa bir dur andin yodgori. ( 12-bob, 77 sahifa“Farhod va Shirin“)

- ot + bon qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetga qarovchi shaxs oti hosil qiladi (bog’bon, saroybon, darvozabon),

Bo’ldi raiyat galavu sen shubon,

Ul shajari musmiru sen bog’bon. ( 26-bob, 17 sahifa )

- ot + furush qolipi asosdan anglashilgan narsa + predmetni sotish bilan shug’ullanuvchn shaxs otini yasaydi (chitfurush, nosfurush).

- ot + dosh qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetga bir xil aloqador bo’lgan shaxs oti (qayg’udosh, suhbatdosh, zamondosh),

Kimki bo’lur shararing fosh anga,

Do’zax o’ti bo’lg’usi podosh anga. ( 26-bob, 18 sahifa )

-ot + vachcha qolipi asosdan anglashilgan shaxsga qarashli farzand ma’nosidagi shaxs oti yasaydi (boyvachcha, gadoyvachcha, to’ravachcha, tog’avachcha, xolavachcha, ammavachcha,itvachcha}.

- ham + ot asosdan anglashilgan narsa-predmetga aloqador shaxs oti hosil qiladi (hamshahar, hamsuhbat, hamkurs, hamkasb);

Menki bu may nash’asidin mast men,

Dayri fano ahlig’a hamdast men.

- ot + garchilik asosdan anglashilgan belgi, holat, harakat-hodisaga aloqador bo’lgan otni yasaydi (oliftagarchilik, namgarchilik, isrofgarchilik). -ot + zor qolipi asosdan anglashilgan narsa ko’p bo’ladigan joy oti (olmazor, o’rikzor,bodomzor,gulzor, paxtazor, ajriqzor),

Jilvai avval budur ashjorg’a,

Hayli rayohin bila gulzorg’a, ( 54-bob, 56 sahifa )



- ot + iston qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetga boy joy otini

bildiradi (O’zbekiston, guliston).

Nazmi savodi aro har doston,

O’ylaki, bir kishvari Hindiston. ( 12 bob, 7 sahifa“Hayratul-abror“)

Shunday ot yasash qoliplari borki, ulardan bugungi kunda yangi so’z yasalmaydi. Hosilalarning barchasi lisoniy xarakterga ega.

- ot + goh qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bajarilgan joy oti yasaydi (sayilgoh, ayshgoh, manzilgoh)

Kim bu xaloyiqqa erur sajdagoh,

Ul biri xoliqqa erur jilvagoh. ( 17-bob, 14 sahifa )

- ot + don qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmet saqlanadigan predmetni ifodalovchn ot hosil qiladi (qalamdon, tuzdon, kuldon},



- ot + xona qolipi asosdan anglashilgan ish-harakatga mo’ljallangan joy oti

hosil qiladi (ishxona, qabulxona, choyxona, oshxona),

Masjidu mayxona anga yoqmayin,

Dayr bila ka’ba sori boqmayin. ( 28-bob, 21 sahifa )


  • ot + obod qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmet obod qilingan joy oti yasaydi (Dehqonobod, Mehnatobod).

  • ot + noma qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetni ifodalovchi ot yasaydi (arznoma, taklifnoma, sayohatnoma).

Bugungi kunda ham hosila berib turgan qoliplar unumli so’z yasash qoliplari deyiladi. Unumli so’z yasash qoliplari hosila berish darajasiga qarab o’z o’rnida ikkiga bo’linadi: mahsuldor unumli so’z yasash qoliplari va kammahsul unumli so’z yasash qoliplari. -gar, -kash, -mon vositali qoliplar unumli kammahsul qoliplarga misoldir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umumxalq tilining taraqqiy etishi hamma vaqt uning boshqa tillar bilan o’zaro aloqalarining kengayishi bilan bog’liq holda davom etadi.Ma’lum tilda boshqa chet til usullarining kirib, o’zlashib qolishi tarixiy va qonuniy hisoblanadi.



Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. Toshkеnt: “Ma'naviyat”, 2008, 63 -bеt.

  2. Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. Toshkеnt, O’zbеkiston, 2000, 350 bеt.

  3. Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbеkiston, 1997. –137-bet

  4. Karimov I.A.O’zbеkiston buyuk kеlajak sari.Toshkеnt,O’zbеkiston, 1999, 82 bеt.

  5. 1.Hozirgi o’zbek adabiy tili.-Toshkent: O’qituvchi, 1980.-B 120, 251.2.

  6. 2.N. Ibrohimov, M. Yusupov. Arab tili grammatikasi, 1-jild. – Toshkent: 1997.

  7. Grande. Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskim osveshenii. 2-izdaniye Moskva. Izdatelskaya firma “Vostochnaya literature ” PAH 2001. str. 286-287

  8. Alisher Navoiy “Xamsa” asari. –Tashkent, 2002.

  9. Bеgmatov E. Hozirgi o’zbеk adabiy tilining lеksik qatlamlari. Toshkеnt. Fan. 1985. 199 bеt.

  10. Jamolxonov. N. Hozirgi o’zbеk adabiy tili. Toshkеnt, 2004, 1 – qism.

  11. Tursunov U. , Muxtorov J., Rahmatullayеva 111. Hozirgi o’zbеk adabiy tili. Toshkеnt 1975, 367 bеt.

  12. Tursunova T. O’zbеk tili amaliy san'ati lеksikasi. Toshkеnt 1978.

  13. To’ychiboyеv B. O’zbеk tilining taraqqiyot bosqichlari.-T.: «O’qituvchi», 1996, 7-b

  14. To’ychiboyеv B, Shirinov S,Qashqirli Q.”Tuganmas boyliklar bulog’i”. –Toshkеnt,”O’qituvchi”, 1991 yil.

  15. To’ychiboyеv B, Shirinov S,Qashqirli Q. ”O’quvchi nutqi va xalq tili” T, RUMS, 1992.

  16. Faxri Kamol. Hozirgi zamon o’zbеk tili. Toshkеnt, 1953.

  17. Mamatov N. O’zbеk tilida qo’shma so’zlar. Toshkеnt, 1982. Mirzayеv I. Abdulla Qodiriy. - T. Fan, 1975;

  18. Muhammadjonova G. O’zbеk tili lеksikasi taraqqiyotining ba'zi masalalari. Toshkеnt.

  19. Pinxasov Ya. Hozirgi zamon o’zbеk tili lеksikasi. Toshkеnt, 1960,167 bеt.

  20. G’ulomov AQ. O’zbеk tilida so’z yasash yo’llari haqida. Til va adabiyoti instituti asarlari. O’zbеk tili grammatikasidan matеriallar. 1 kitob. T 1949.




Yüklə 263,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə