O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Morfemalar orasidagi sinonimik munosabat



Yüklə 263,69 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2018
ölçüsü263,69 Kb.
#38793
1   2   3   4

2.2.Morfemalar orasidagi sinonimik munosabat

Sinonim bo’lish asosan leksema yasovchi morfemalarga xos. Masalan, -dosh affiksi ma’lum leksemalarga birgalik ma’nosi bilan qo’shilganda ham- affiksoidiga sinonim bo’ladi: fikrdosh- – hamfikr-, suhbatdosh- – hamsuhbat- kabi.

Atoqli ot turdosh ot yoki boshqa turkum leksemasi (leksemashakli) asosida yuzaga keladi, lekin atoqli otlarning ko’pida ularning asl ma’nosini tiklash, izohlash imkoniyati yo’qolgan bo’ladi, tarixiy-etimologik izlanishlar bilangina ularning asl ma’nosi izohlanadi. Masalan, Chorsu- atoqli otining qanday ma’noli qismlardan tuzilganini, shunga ko’ra asli qanday ma’no anglatganini hozirgi o’zbek tili asosida izohlab bo’lmaydi. Bu leksema asli fors-tojikcha chahor- (to’rt) sanoq soni va so’- (yo’nalish) turdosh ot leksemasidan tarkib topgan bo’lib, asli to’rt yo’nalish ma’nosini anglatgan; keyinchalik ana shunday to’rt yo’l (ko’cha) boshlanadigan joyning atoqli otiga aylangan. Bu leksema hozirgi fors-tojik tilida turdosh ot sifatida mavjud; o’zbek tiliga o’ tovushini u tovushiga almashtirib qabul qilingan (chunki o’ tovushi o’zbek tilida ikkinchi va undan keyingi bo’g’inda kelmaydi): chorso’- > chorsu- (chahor- leksemasi chor- shakliga fors-tojik tilining o’zida o’tgan).

Atoqli otlarning bir qismida ular asosida yotgan leksik ma’noni bemalol izohlash mumkin. Masalan, Olmos- atoqli oti shaffof, yaltiroq qimmatbaho tabiiy tosh ma’nosini anglatuvchi olmos- turdosh otining, O’tkir- atoqli oti yaxshi kesadigan ma’nosini anglatuvchi sifatning, Tursin­ atoqli oti tur- fe’lining yasha- ma’nosi bilan hosil qilingan buyruq mayli III shaxs shakli- ning kishiga nom sifatida qo’yilishidan iborat.

Shakllarda pleonazm va tejamkorlik. Bir so’zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo’lgan qo’shimchalarning takrorlanishi (ikki, ba’zan uch) affiksal pleonazm deyiladi. Pleonazm affikslarda bir necha ko’rinishlarga ega. Masalan, bir affiksning aynan o’zi yokitashqi shakli har xil bo’lgan - ma’nodosh affikslar takrorlanadi:

Affiksal pleonazm har xil sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin. Bir affiks o’zak bilan juda ham zichlashib, o’zakning tarkibiga singib ketadi, bunda o’zak o’z mustaqilligidan mahrum bo’ladi, natijada so’zga shu qo’shimchaning ma’nodoshlaridan biri qo’shilishi mumkin, qo’shimcha arxaiklashib, undan keyin tildagi iste’molda bo’lgan qo’shimcha qo’shiladi

Takrorlanayotgan sinonim affikslarning barchasi «tirik» bo’lsa, ular ta’kid, kuchaytirish kabi uslubiy vazifalarni o’z zimmasiga oladi.

Boshqa tildan kirgan affikslar tushunarli va keng iste’molli bo’lmaganda ham uning tilimizdagi ma’nodoshi qo’llanadi (yor+on+lar kabi).

Pleonazm aksariyat hollarda til evolyutsiyasi bilan bog’liq hodisadir. Bunga o’zbek tilining akademgrammatikasida ayrim izohlar berilgan:

Og’zaki so’zlashuv nutqida ba’zan uchrab qoladigan mashshoqchi, xodimcha kabi so’zlarda «bajaruvchi» ma’nosi ikki marta ifodalangan: ichki fleksiya {arab tilida mashshoq –mashq qiluvchi shaxs, xodim - xizmat qiladigan shaxs) va -cha affiksi orqali.

Bir xil ma’nodagi ikki affiks qo’shma affiks maqomini oladi: yog’ingarchilik, namgarchilik kabi

Otlarning derivatsiyasi.

Derivatsiya tilshunoslikning alohida bo’limidir. U so’z yasalishi, uning diaxron va sinxron turlari, so’z yasash usullari kabi masalalar bilan shug’ullanadi.

So’z yasalishi sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayondir. Biroq uning lisoniy asoslari bor. Shu sababli so’z yasalishi ham lison va nutqqa birday daxldor hodisadir.

So’z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’nolidir:

a) so’z yasash jarayoni atamasi;

b) ushbu jarayonni o’rganuvchi soha.

So’z yasash deganda qanday usul bilan bo’lsa-da, yangi so’z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so’z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so’z paydo bo’lishi mumkin. Deylik, ishbilarmon so’zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so’z yasalishi yo’q. Demak, so’z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so’zlarning leksemalashuvi hodisalarini farqlash lozim.

So’z yasalishi ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo’ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron so’z yasalishini farqlash lozim.

Akademik A.N.Kononovning «Grammatika sovr.uzb. literaturnogo yazo’ka» asarida ot yasalishining besh xil yo’li haqida gapiriladi.

O’zbek tilida otlar asosan affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan ko’plab yasaladi. quyida ot yasovchi affikslar – otlarning affiksatsiya usuli bilan yasalishi bilan qisqacha tanishamiz.

Otlar ikki xil - affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi. Shunga muvofiq, ot yasashning affiksal va kompozitsion qoliplari mavjud. Bu qoliplar, ham o’z o’rnida unumli, unumsiz; mahsuldor va kammahsul turlarga bo’linadi.

Ot yasovchi qoliplarning aksariyati ko’p ma’noli qoliplardir. Quyida ularni ko’rib o’tamiz.

- shunos: tilshunos, adabiyotshunos, tarixshunos.


  • kor: g’allakor, paxtakor, sholikor.

  • kash: aravakash, pillakash, suratkash.

  • xon: kitobxon, jurnalxon, duoxon kabi.

  • do’z: etikdo’z, mahsido’z kabi.

  • gar: zargar, savdogar kabi.

  • dosh: sinfdosh, sifatdosh, ohangdosh kabi bu affiks fe’ldan boshqa deyarli barcha so’z turkumlaridan ot yasaydi

Tilimizda fors-tojik tilidan kirib kelgan anchagina o’rin-joy, predmet oti yasaydigan affikslar ham borki, ular tilda aktiv qo’llaniladi:

  • iston: O’zbekiston, Guliston, qabriston.

  • zor: paxtazor, lolazor kabi.

  • goh: saylgoh, oromgoh kabi.

  • don: kuldon, siyohdon kabi.

  • xona: ishxona, choyxona kabi.

- shunos affiksli ( ot + shunos qolipi asosdan anglashilgan sohani o’rganuvchi mutaxassis oti) qolipi bir ma’noli bo’lib, u quyidagi hosilalarni beradi: adabiyotshunos, tilshunos, tarixshunos, o’lkashunos, musiqashunos kabi.

Ko’z och, agar xud bor esang rahshunos,

Ish ravishin ayla aningdek qiyos,

( 26-bob, 17 sahifa )


Kim ne kishikim, sanga mahkum erur,

Zulmungga bechorau mazlum erur.

( 26-bob, 17 sahifa )

-kor affiksli ikkita qolip mavjud: a) aniq ot + kor qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetni yetishtirish bilan shug’ullanuvchi shaxs oti) (paxtakor, sholikor, g’allakor) va b) mavhum ot + kor qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug’ullanuvchi shaxs oti yasaydi (madadkor, xiyonatkor, gunohkor, tajovuzkor, tashabbuskor, ijodkor, xizmatkor).

Charx to’quz durjiki zarkor erur,

Javfida yuz ming duri shahvor erur.

( 36-bob, 31 sahifa )

Qaysi chibin kisvati zarkordur,

Yeridurur qaydaki murdordur.

( 42-bob, 44 sahifa )

Ham bo’lubon tugmai zarkor anga,

Ham duru gavharg’a namudor anga.

( 54-bob, 56 sahifa )

Har kishi xalq ichra gunahkorroq

Avfu inoyatqa sazovorroq .

( 63-bob, 72 sahifa )

-kash affiksli qolip ham ikki manolidir: a) ot +kash qolipi a) asosdan anglashilgan ish, mashg’ulot bilan shug’ullanuvchi shaxs oti; b) asosdan anglashilgan ishni bajarish odati kuchli bo’lgan shaxs oti; a) zambilkash, kirakash, loykash, paxsakash

Uch qadahi sof ila shah bo’lsa xush,

Loyi dog’i qolsa chekar durdkash.

( 13 bob, 9 sahifa )

Hotami Toyig’a bir ozodavash

Dediki: ,, Ey himmating ozodakash,

( 31-bob, 25 sahifa )

b) J’anjalkash , hazilkash.

Sarvlari sarkashu zangorgun,

Har biri ko’k borgahig’a sutun.

Garchi bo’lur qalb diram ro’ykash,

Andin ayirmoq bo’lur o’t birla g’ash.

( 28-bob, 21 sahifa )

Yoki singar go’shaga muhtoj erur,

Bilki kamonkash anga halloj erur.

( 36-bob, 32 sahifa )

Ulki chekib nag’mai dilkash hazor,

Kul ichida gulhaniyu xoru zor.

( 42-bob, 42 sahifa )

O’t kibi har nechaki sarkash bo’lub,

Xil’at anga hullai zarkash bo’lub.

( 42-bob, 43 sahifa )

Yog’lig’i ul hullai zarrishtakash,

Kim anga jonlar chekibon rishtakash.

( 52-bob, 54 sahifa )

Jilva qilib har guli navbovasi,

G’unchada dilkash ko’runib yovasi.

Guli navbova- yangi yetilgan toza gul.

( 54-bob, 57 sahifa )

Tun yoshidur shuqqai anbarvashin,

Subh chiqorur alami zarkashin.

( 62-bob, 69 sahifa )

Quyida boshqa affiksli qoliplarni misollari bilan sanab o’tamiz.


  • ot + xon qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetni doimiy mutolaa qiluvchi shaxs oti (gazetxon, kitobxon, jurnalxon, duoxon)

  • ot + do’z qolipi asosdan anglashilgan narsa -predmetni tikuvchi shaxs otini bildiradi (etikdo’z, maxsido’z, mo’ynado’z, do’ppido’z),

  • ot + gar qolipi asosdan anglashilgan narsa -predmet bilan bog’liq kasbni qiluvchi shaxs oti yasaydi (zargar, sovungar, savdogar),

Garchi ko’ngul kulbasidek muxtasar,

Ikki jahon anda bo’lub jilvagar.

( 12 bob, 7 sahifa )

Bo’lmasa g’oratgaru tannoz ham,

Chin bila husn o’lsa anga noz ham.

( 14 bob, 10 sahifa )

Vahki manga jilvagar aylar chog’i,

Istabon ehson dog’i, tahsin dog’i.

( 15 bob, 12 sahifa )

Jilvagar ul ko’zguga jon surati,

Dasta bo’lub anga arig’ hay’ati.
Zahr ila yoshil bo’lubon paykari,

Bulbul aning boshida afsungari.

( 18-bob, 15 sahifa )

Ko’rki, fusungar chu uzatti fusun,

Oldi yilon muhrasin aylab zabun.

( 28-bob, 23 sahifa )

Jilvagar o’ldi chu quyosh royati,

Yer tubiga kirdi kecha zulmati.

( 32-bob, 26 sahifa )

Qaysi tarafkim anga borib nazar,

Do’st jamoli bo’lubon jilvagar.

( 38-bob, 36 sahifa )

Bir kun aning qasdig’a bir saydgar

Hodisa domin yoyib erdi magar.

( 41-bob, 41 sahifa )

Balki qovurchoqchi kibi hiylagar,

Ko’rguzibon chodaridin ming suvar.

Qovurchoqchi - qo’g’irchoq o’yini ko’rsatuvchi

( 48-bob, 48 sahifa )

Anda bo’lub jilvagari anjuman,

Har sori yuz lu’bati siymin badan.

( 48-bob, 48 sahifa )

Raxsh uza urg’on egari zarnigor,

Balki jibilgar anga gavhar nigor.

( 52-bob, 54 sahifa )

G’ayb xayolotida yuz ming suvar,

Xotiri ko’zgusidadir jilvagar.

( 60-bob, 65 sahifa )



  • ot + soz qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetni yaratuvchi, tuzatuvchi shaxs oti hosil qiladi (soatsoz, stanoksoz, asbobsoz)

Goh visol ichra bo’lub ayshsoz,

Goh firoq o’tig’a aylab gudoz,

( 17-bob, 14 sahifa )

Gar yel agar suv bo’lubon nag’masoz,

Sone ila har biriga o’zga roz.

(18-bob, 16 sahifa )

Bazmda soqiylar o’lub jilvasoz,

Ahli g’ino har sori daston navoz.

( 26-bob, 18 sahifa )

Azraq uzakim bo’lubon baxyasoz,

Anjumi nahsi falaki naqshboz.

( 28-bob, 19 sahifa )

Zohir etib shayx qoshida niyoz,

Foqalarig’a bo’lubon chorasoz,

( 28-bob, 21 sahifa )

Boshing uza axtari davlat tiroz

Farq uza ,, fe “ nuqtasidek jilvasoz

Boshining ustida davlat yulduzining porlashi xuddi ,,farq“ ( bosh tepasi )dagi ,, f “ harfi nuqtasiday jilvalanuvchidir.

( 30-bob, 22 sahifa )

Vahmni qo’y, hamdamu hamrozim o’l

Ayshu tarab vaqti navosozim o’l.

( 41-bob, 40 sahifa )

Bo’lmoq agar ko’p esa ham bazlsoz,

Bergali or aylamamak bo’lsa oz.

(46-bob, 46 sahifa)

Charx urubon rev ila nayrangsoz,

O’ylaki ko’k xirqa bila tosboz.

( 48-bob, 47 sahifa )



  • ot + paz qolipi asosdan anglashilgan taomni tayyorlovchi shaxs oti yasaydi (oshpaz, somsapaz, mantitaz, kabobpaz).

  • ot + boz qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan ko’p shug’ullanuvchi, unga berilgan shaxs otini yasaydi (majlisboz, arizaboz, maishatboz, safsataboz, va’daboz, guruhboz, kaptarboz, bedanaboz).

Azraq uzakim bo’lubon baxyasoz,

Anjumi nahsi falaki naqshboz.

( 28-bob, 19 sahifa )

Charx urubon rev ila nayrangsoz,

O’ylaki ko’k xirqa bila tosboz. ( 48-bob, 47 sahifa )

Ko’k xirqa -ko’k to’n ; tosboz- tos payola shaklidagi mis idish bo’lib, nayrangboz o’yinchilar tosni to’ntarib qo’yib, tagiga soqqacha bekitib o’yin fokus ko’rsatadilar; bu yera osmonni to’ntarilgan tosga o’xshatib, charx ( falak) ni tosboz (nayrangboz ) deyiladi.

Nargisiga g’amzau noz o’rgatib,

G’amzasini shu’badaboz o’rgatib.

( 48-bob, 48 sahifa)


  • ot + xo’r qolipi asosdan anglashilgan yegulik, ichimlikni doimiy iste’mol qiluvchi shaxs oti hosil qiladi (norinxo’r,mayxo’r, araqxo’r, nafaqaxo’r, choyxo’r).

  • ot + parast qolipi asosdan anglashilgan narsaga e’tiqod qiluvchi shaxs oti yasaydi (butparast, mayparast, shaxsiyatparast, maishatparast),

  • ot+tarosh qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug’ullanuvchi ot yasaydi.

Subha dema, butki yo’nib buttarosh,

Dona yasab, harne qolib reza tosh.

( 28-bob, 19 sahifa )

- ot + go’y qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat, hodisani doim bajarib turadigan shaxs otini yasaydi (maslahatgo’y, duogo’y,xushomadgo’y ,nasihat -go’y).

- ot + dor qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetga ega bo’lgan shaxs oti

yasaydi (bog’dor, quldor, do’kondor),

Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil,

Bazlni Hotamg’a namudor qil.

( 31-bob, 25 sahifa “Hayratul-abror”)

Xalq ishiga gar bu namudor erur,

Bir kishi topmoq ishi dushvor erur.


Bas kishiga umr xushi yor emish,

Umr degan yori vafodor emish.


Yorki, bor anda vafo yor bil,

Umr degan yori vafodor bil.

( 36-bob, 32 sahifa )

Ne chrkkay ko’kka boshin tojdori,

Yo’q ersa bir dur andin yodgori.

( 12-bob, 77 sahifa“Farhod va Shirin“)



- ot + bon qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetga qarovchi shaxs oti hosil qiladi (bog’bon, saroybon, darvozabon),

Bo’ldi raiyat galavu sen shubon,

Ul shajari musmiru sen bog’bon.

( 26-bob, 17 sahifa )

To bilib oxir ani sultoni mulk,

Xayli duo birla nigahboni mulk,

( 28-bob, 21 sahifa )


- ot + furush qolipi asosdan anglashilgan narsa + predmetni sotish bilan shug’ullanuvchn shaxs otini yasaydi (chitfurush, nosfurush, mevafurush),

Jur’a uchun jon beribon durdno’sh

Jom tubin kunga qo’yar mayfurush.

( 30-bob, 23 sahifa )



- ot + dosh qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetga bir xil aloqador bo’lgan shaxs oti (qayg’udosh, musobaqadosh, suhbatdosh, zamondosh),

Kimki bo’lur shararing fosh anga,

Do’zax o’ti bo’lg’usi podosh anga.

( 26-bob, 18 sahifa )



-ot + vachcha qolipi asosdan anglashilgan shaxsga qarashli farzand ma’nosidagi shaxs oti yasaydi (boyvachcha, gadoyvachcha, to’ravachcha, tog’avachcha, xolavachcha, ammavachcha,itvachcha}.

- ham + ot asosdan anglashilgan narsa-predmetga aloqador shaxs oti hosil qiladi (hamshahar, hamsuhbat, hamkurs, hamkasb);

Menki bu may nash’asidin mast men,

Dayri fano ahlig’a hamdast men.
Ul qila olmasa hamovozliq,

Qilsa ayolg’u bila damsozliq.

( 15 bob, 12 sahifa )

Subh safoliq mayidin mast o’lay,

Tong qushiga nolada hamdo’st o’lay

( 18-bob, 14 sahifa )

Yo’qki hamin xilvati ahlig’a bas,

Shayxqa ham ushbu xizr hamnafas.

( 28-bob, 20 sahifa )

Mone o’lub g’ayrati ogohliq,

Xizrg’a ham qilg’ali hamrohliq.

( 28-bob, 21 sahifa )

Yaxshig’a andin g’amu ozor erur,

Bog’da gul hamnafasi xor erur.

( 42-bob, 41 sahifa )

- ot + garchilik asosdan anglashilgan belgi, holat, harakat-hodisaga aloqador bo’lgan otni yasaydi (oliftagarchilik, namgarchilik, isrofgarchilik). -ot + zor qolipi asosdan anglashilgan narsa ko’p bo’ladigan joy oti (olmazor, o’rikzor,bodomzor,gulzor, paxtazor, ajriqzor),

Jilvai avval budur ashjorg’a,

Hayli rayohin bila gulzorg’a,

( 54-bob, 56 sahifa )

- ot + iston qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmetga boy joy otini

bildiradi (O’zbekiston, guliston).

Nazmi savodi aro har doston,

O’ylaki, bir kishvari Hindiston.

( 12 bob, 7 sahifa“Hayratul-abror“)

Qaysi shabistong’aki ul qildi azm,

Bazmi yerida bu dog’i tuzdi bazm.

( 12 bob, 8 sahifa )

Subhi azal qildi chu dehqoni sun,

Odami xokiyni gulistoni sun,

( 17 bob, 13 sahifa )

Esti nasimi bu guliston sari,

Sunbulu sarvu gulu rayhon sari.

( 17 bob, 13 sahifa )

Kim bu gulistonkim erur bir jahon,

Balki jahone gul ichinda nihon,
Sham bo’yi tuz kelib ayvon aro,

Shohidi bazm o’ldi shabiston aro.

( 40-bob, 38 sahifa )

Shabistonda ul sham o’ldi ravshan,

Ki bazmi gullaridin bo’ldi gulshan.

( 14-bob, 79 sahifa “Farhod va Shirin” )

Shunday ot yasash qoliplari borki, ulardan bugungi kunda yangi so’z yasalmaydi. Hosilalarning barchasi lisoniy xarakterga ega.

- ot + goh qolipi asosdan anglashilgan ish-harakat bajarilgan joy oti yasaydi (sayilgoh, ayshgoh, manzilgoh)

Ishq o’ti otashgahi joni aning,

G’am tengizi ashki ravoni aning.

( 12 bob, 8 sahifa “Hayrat ul-abror” )

Jilvagahi gulshani charxi birin,

Obxo’ri chashmi aynul-yaqin.

( 13 bob, 8 sahifa )

Kim bu xaloyiqqa erur sajdagoh,

Ul biri xoliqqa erur jilvagoh.

( 17-bob, 14 sahifa )

Onchaki sultoniy o’lub chishtgoh,

Uyquda sulton bila xaylu sipoh.

( 26-bob, 18 sahifa )

Qaysi Eram, ravzai xuldi barin,

Ravza nekim, jilvagahi huri in.

( 38-bob, 34 sahifa )

Oh ila olamni qaro aylabon,

Xobgahim na’sh aro aylabon.

( 49-bob, 51 sahifa )

Bu nazhatgah mening oromgohim,

Sipehr aylab jabinin xoki rohim.

( 9-bob, 74 sahifa “Farhod va Shirin” )

- ot + don qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmet saqlanadigan predmetni ifodalovchn ot hosil qiladi (qalamdon, tuzdon, kuldon},



- ot + xona qolipi asosdan anglashilgan ish-harakatga mo’ljallangan joy oti

hosil qiladi (ishxona, qabulxona, choyxona, oshxona),

Masjidu mayxona anga yoqmayin,

Dayr bila ka’ba sori boqmayin,

( 28-bob, 21 sahifa )



  • ot + obod qolipi asosdan anglashilgan narsa-predmet obod qilingan joy oti yasaydi (Dehqonobod, Mehnatobod).

  • ot + noma qolipi asosdan anglashilgan narsa - predmetni ifodalovchi ot yasaydi (arznoma, taklifnoma, sayohatnoma).

Bugungi kunda ham hosila berib turgan qoliplar unumli so’z yasash qoliplari deyiladi. Unumli so’z yasash qoliplari hosila berish darajasiga qarab o’z o’rnida ikkiga bo’linadi: mahsuldor unumli so’z yasash qoliplari va kammahsul unumli so’z yasash qoliplari.

-gar, -kash, -mon vositali qoliplar unumli kammahsul qoliplarga misoldir. -chi, -li, -la vositali qoliplar mahsuldor unumli so’z yasash qoliplaridir. So’z yasovchi vositalar orqali har xil grammatik ma’nolar ifodalanishi mumkin. Masalan, -kash yasovchisi hosilasi sifat ham, ham bo’ladi (mehnatkash - ot, dilkash - sifat). Demak, so’z yasovchi vositalar nafaqat yangi so’z hosil qiladi, balki yangidan-yangi grammatik ma’nolarni ham vujudga keltiradi. Bu mustaqil so’zlarda lug’aviy ma’noning grammatik ma’no bilan dialektik aloqasini, ularning o’zaro yaxlitlikda mavjudligini ko’rsatadi.

Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo`lib, tilimizga xos bo`lgan grammatik ma’nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir usuli), bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo`shimchalar yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida, asosan, suffikslar, ya’ni o`zak yoki asosdan keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator [be-], [bo-], [ser-], [no-], [ba-] kabi prefikslar ─ o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan.

Ot so’zlar yasalishidagi singari sifatlar ham affiksatsiya usuli bilan ko’plab yasaladi. Bunda sifat yasovchi vazifasida quyidagi affikslar keladi:

-li: eng sermahsul sifat yasovchi bo’lib, u otlardan ko’plab turli-tuman ma’nolardagi sifatlar yasaydi: diyonatli, do’ppili, maslahatli, uyli, joyli va b.



  • dor: yarador, qarzdor, unumdor.

  • mand: kasalmand, davlatmand, orzumand.

kor: ehtiyotkor, fidokor. Bulardan tashqari -bon, xush-, ba-, be-, no- kabi affikslar ko’plab sifat so’zlar yasashda ishtirok etadi.

- ot + dor qolipi 1) asosdan anglashilgan narsa-predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; aloqador, aybdor, manfaatdor;

2) asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat mahsuldor, nasldor, to’shdor)



- ser + ot qolipi asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat (sersoqol, sersuv, sergo’sht, sersomon).

- be + ot qolipi asosdan anglashilgan narsaning yo’q ekanligini bildiruvchi sifat (bemajol,beg’ubor,bexush)

Zodasidin zoda bo’lub beadad,

Zodag’a ham volid o’lub, ham valid.

( 14 bob, 10 sahifa )

Manga bu bekasliq emas erdi bas,

Kim chiqibon har sari bir hechkas.

(15 bob, 12-sahifa)

Nogoh anga yovusa bir beadab,

Tosh ila o’qdin anga yetgay taab.

( 15 bob, 13 sahifa )

Soldi dimog’ig’a bu xomushluq,

Oh buxori bila behushluq.

(18-bob, 16 sahifa )

Kim ne kishikim, sanga mahkum erur,

Zulmungga bechorau mazlum erur.

( 26-bob, 17 sahifa )

Necha bu behudluq ila yilu oy,

Voy, agar kelmasang o’zungga, voy !

( 26-bob, 19 sahifa )

Kimniki bedoding etibdur asir,

Bo’l anga adl ilgi bila dastgir.

( 28-bob, 19 sahifa )

Holda as’hob dog’i pirdek,

Bemazaliqda borisi birdek.

( 28-bob, 20 sahifa )

Balki bu nobud xayolot anga,

Qaysi xayolotki, zarrot anga.

( 28-bob, 21 sahifa )

Yerda bu iqlim erur dilpazir,

Ko’kda quyosh toramidek benazir.

( 58-bob, 62 sahifa )

- ba + ot qolipi asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi (basavlat, baquvvat, sersavlat).


Yüklə 263,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə